Fuqarolik jamiyati – Фуқаролик жамияти

0

Abu Nasr Forobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” asarida, “Talxis-u navomisi Afl otun” (“Afl otun qonunlari mohiyati”) nomliasarga asoslanib shunday deydi: “Afl otunning aytishicha, eng mushkulish qonunni joriy qilishdir. Qonunga shubha bilan qarash hamda qonunustidan arz qilish esa eng oson ishdir. Xalq qonunlarga ehtiyoj sezishiva ularni o‘rganishi zarur, chunki ular keyinchalik xalqning o‘ziga foydakeltiradi”.

Adolatli jamiyat asosiy yo‘llarini Forobiy quyidagicha bayon etib bergan:

 Fozil (12 xislatni o‘zida aks ettirgan) davlat rahbari va davlata’zolarining bo‘lishi;

 Qonun-qoidalarning mavjudligi va ularga davlat rahbar larining vabar cha aholining bo‘ysunishi;

 Ilm-fanning taraqqiy etishi;

 Insonlarda yaxshi axloq va xulqning shakllanganligi;

 Davlat urush va bosqinchiliklarga qarshi bo‘lmog‘i, mamlakatdatinch lik, barqarorlikning o‘rnatilishi.


Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar

  1. “Fozil odamlar shahri” asarida Abu Nasr Forobiyning adolatlijami yatning asosiy bеlgilari hozirgi zamon jamiyatida mavjudbo‘l sa, bunday jamiyatda yashayotgan fuqarolarni baxtli fuqaro lar dеb atash mumkin bo‘larmidi?
  2. “Fuqarolik jamiyati” atamasini ko‘p marta eshitgansiz. Manashu atama nimani anglatishi haqida o‘ylab ko‘rganmisiz. O‘ylabko‘r gan bo‘lsangiz ushbu atamaning mazmuni haqida o‘z taxmin laringizni bildiring.
  3. “Fuqarolik jamiyati har qanday jamiyat a’zolarining azaliyorzu sidir” dеgan fi kr doimo aytiladi. Mana shu fi krning haqiqatligi ni Abu Nasr Forobiyning yuqoridagi asaridan kеltirilgan parcha dan foydalanib isbotlab bеrishga harakat qiling.

Fuqaro va fuqarolik haqidagi tasavvurlar paydo bo‘lgan davrlardanbosh lab fuqarolarning umumiy uyushmasi sifatida jamiyat tushunchasiyuza ga keldi. Bu tushuncha avvalo, Sharqda, jumladan, qadimgi Bobilda “Ham murapi qonunlari”, qadimgi Turonda “Avesto” siyosiy va huquqiyaxlo qiy ta’limoti bilan bog‘liq otashparastlik, ya’ni zardushtiylik davrida,keyin chalik qadim Ellada va Rimda paydo bo‘ldi.

Fuqarolik jamiyatini tasavvur qilishni osonlashtirish uchun uning asosiybеlgi larini sanab o‘tish maqsadga muvofi qdir. Fuqarolik jamiyatining asosiybеlgi lari quyidagilardan iboratdir:

– turli mulkchilik shakllarining mavjudligi;

– barcha mulkchilik shakllariga bir xilda munosabatda bo‘linishi, ya’nimulkchilik shakllarining qonun doirasida tеngligi;

– erkin mеhnat qilish va kasb tanlash imkoniyati;

– tadbirkorlikka kеng imkoniyatlar yaratilganligi;

– siyosiy erkinliklarning mavjudligi;

– fi krlar xilma-xilligi va axborot erkinligining mavjudligi;

– inson huquq va erkinliklarining kafolatlanganligi;

– o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining rivojlanganligi;

– adolatli huquqiy hokimiyatning mavjudligi;

– huquq ustuvorligining ta’minlanganligi.

Fuqarolik jamiyati – komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog‘liqlikdabo‘l gan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardanibo rat jamiyat.

Fuqarolik jamiyati uning a’zolari bo‘lmish fuqarolarning o‘zlari to -mo nidan boshqarilib turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyat. Bun dayja mi yat o‘zini-o‘zi yuksak darajada tashkil etishi bilan ajralib turadi. Fu qaro lik jamiyatiga dav lat jamiyatning nazoratida bo‘lishi kerak, chunki davlatfuqarolik ja mi yatining “yollanma xizmatkori”dir. Bunday jamiyat nafaqato‘zining si yo siy, madaniy hayotini, balki iqtisodiy, ijtimoiy hayotini hamo‘zi bosh qa rib turadi.

Hamma jamiyatlar ham fuqarolik jamiyati emas. Fuqarolik jamiyatiyuk sak darajadagi ijtimoiy rivojlanish belgisi desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Fuqarolik jamiyatini to‘laqonli ravishda tasavvur qilish uchun uningxu su siyatlarini bilish katta ahamiyatga egadir. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari iqtisodiy, ijtimoiy siyosiy va ma’naviy sohalarda yaqqol o‘zifo da sini topadi.

Fuqarolik jamiyatining xususiyatlari quyidagilarda namoyon bo‘ladi:

Iqtisodiy sohada: nodavlat notijorat tashkilotlarning, shirkatlarning, aksiyadorlik kompaniyalarining, korporatsiyalarning, firmalarningmavjudligi va ularning muvaffaqiyatli faoliyat ko‘r sa tish lari uchun barchasharoitlarning yaratilganligi.

Ijtimoiy-siyosiy sohada: fuqarolar, oilalar, siyosiy partiyalar, jamoattashkilotlari, ijtimoiy harakatlar, o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, nodavlatommaviy axborot vositalari, ijtimoiy qarama-qarshiliklarni qonundoirasida yеchish imkoniyatlari, aholi fi krini o‘rganish, shakllantirish vaifoda etish uchun shart-sha ro itlarning mavjudligi.

Ma’naviy sohada: so‘z va fi kr erkinligi, vijdon erkinligi, ijodiyuyushmalarning mustaqilligi, ilmiy uyushmalarning mustaqilligi,ma’naviy tahdidlardan himoyalanganlikning ta’minlanganligi.

Hozirgi zamonda fuqarolik jamiyati sharoitidagi hayot huquqqa asoslan gan hayot bo‘lmog‘i shartdir. Chunki, fuqarolik jamiyatida huquq yuksakdara jada taraqqiy etgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyati sharoitida shaxsning boshqa shaxs bilan yoki davlat bilan o‘zaro munosa batlari huquqiy normalarga asoslangan bo‘lishi, ya’ni ushbu munosabatlarhuqu qiy maydonda amalga oshirilishi talab etiladi.

Fuqarolik jamiyati, davlatning tazyiqisiz, qonun doirasida vujudgakel gan muayyan kishilik jamiyatining ixtiyoriy o‘zini-o‘zi boshqarishideb tu shu niladi. Aynan fuqarolik jamiyatini rivojlantirish respublikamizdaamalga oshiri layotgan islohotlarning bosh maqsadidir.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining quyidagi belgilari mavjud:

  1. Siyosiy partiyalar va ijtimoiy-siyosiy harakatlar.
  2. Jamoat tuzilmalari.
  3. Nodavlat notijorat tashkilotlar.
  4. Ta’lim-tarbiya muassasalari.
  5. Diniytashkilotlar.
  6. Milliy-madaniy markazlar.
  7. Jamoatchilik fikrini o‘rganishtashkilotlari.
  8. Oila hamda uning manfaatlarini aks ettiruvchi maxsustashkilotlar.
  9. Fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari.
  10. Ommaviyaxborot vositalari.
  11. Demokratik saylov tizimi.

Bugungi kunga kelib mamlakatimizda fuqarolik institutlarining roliva ahamiyatini kuchaytirishga, fuqarolarning eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga qaratilgan qonun hujjatlari qabul qilinganiva qilinayotgani, minglab nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyatko‘rsatib kelayotgani, jumladan, siyosiy partiyalar, kasaba uyushmalari, O‘zbekiston xotin-qizlar qo‘mi tasi, “Sog‘lom avlod uchun”, “Nuroniy”jamg‘armalari, “Ijod” fondi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqining faoliyatimamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojlanayotganligining yaqqol isbotidir. 2018- yil 1- iyul holatiga ko‘ra, mamlakatimizda Adliya vazirliginingro‘yxatidan o‘tgan fuqarolik jamiyati institutlari soni 9.478 tani tashkil etadi.

O‘zbekistonda fuqarolarining o‘zini-o‘zi boshqarish tuzilmalari mavjudbo‘lib, bunda mahalla alohida ahamiyatga ega. Yashash joyidagi milliyo‘zi ni-o‘zi boshqarishning o‘ziga xos modeli bo‘lgan mahalla, xalqimizningas riy an’analari va urf-odatlariga tayanib, muhim tashkiliy-iqtisodiy va tarbi yaviy funksiyalarni bajaradi.

Mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan inson huquqlari bo‘yichatash kilotlar ham fuqarolik jamiyati institutlariga misol bo‘la oladi. Ularquyi dagilardir: Ombudsman; Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz; “Ijtimoiy fi kr” jamoatchilik markaziva boshqalar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “Mamlakatni demokratikyangilash jarayonida fuqarolik jamiyati institutlarining rolini tubdan oshirishchora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni asosida O‘zbekiston Respublikasi huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashiningtuzilishi “uchinchi sektor” deb nom olgan fuqarolik jamiyati institutlariniqo‘llab-quvvatlash va mamlakatimizda fuqarolik jamiyati rivojini yangibosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.

So‘nggi yillarda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlanti rishga qaratilgan qator qonunchilik hujjatlari qabul qilindi. Bu qonunchilik hujjatlarining qabul qilinishi:

– fuqarolik jamiyati institutlarini tashkil qilish va rivojlantirish;

– ularning mustaqilligini va to‘laqonli faoliyat ko‘rsatishi uchunqo nun chilik sharoitini yaratish; ularning moddiy-texnikaviy ta’minotiniyo‘lga qo‘yish;

– ularning ijtimoiy faolligini kuchaytirish;

– ularning davlat va hokimiyat tuzilmalari faoliyati ustidan ta’sirchanna zo ratini amalga oshirishdagi rolini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Huquqning ustuvorligi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish ning muhim elementidir.

Bag‘rikenglik va hamkorlikda ish olib borish o‘zbek xalqining mentaliteti ga xosdir. Umid bildirish mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatinirivojlantirish da ayni mana shu xususiyatlar yetakchilik qiladi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining taraqqiy topishini quyidagi asosiy yo‘na lishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofi qdir:

1) Mulkni davlat tasarrufi dan chiqarish;

2) Ko‘ppartiyaviylik tizimini rivojlantirish;

3) Ishlab chiqarishni yuksaltirish;

4) Maqbul ijtimoiy dasturlar ishlab chiqish.

O‘zbekistonda yoshlar fuqarolik jamiyati ijtimoiy negizining o‘zaginitash kil etishi lozim.

Fuqarolik jamiyati sharoitida davlat va shaxs huquqning teng subyektlarisifa ti da faoliyat yuritadilar. Bu esa, o‘z navbatida huquqiy demokratik davlatsharoitidagina yuz berishi mumkin bo‘lgan holatdir.

Bundan xulosa qilish mumkinki, fuqarolik jamiyatida davlat tomonidanmuay yan kafolatlar tizimi tashkil etilishi lozim. Hozirgi paytda O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonun, farmon va farmoyishlar tizimiana shunday tizimlarga misol bo‘la oladi.


Hikmatlar xazinasidan!

Adolat – oxiratda najot, dunyoda saodat boshi.

(Ali ibn Abu Tolib)


Mustahkamlash va takrorlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Fuqarolik jamiyatini qanday ta’rifl ash mumkin?
  2. Fuqarolik jamiyati qanday belgilari bilan ajralib turadi?
  3. Fuqarolik jamiyatining xususiyatlarini sanab bering.
  4. Fuqarolik jamiyati sharoitida davlatning roli qanday bo‘ladi?
  5. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday belgilari mavjud?
  6. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining qanday institutlari mavjud?
  7. 7. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish borasida qanday ishlaramalga oshirilmoqda?
Previous articleDavlat mexanizmi nima?
Next articleFuqarolik jamiyati nima?