Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar

0

Заҳириддин Муҳаммад Бобур ҳақида Қитъалар Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar Захириддин Мухаммад Бобур хакида китъалар


Qit’alar

Ey alarkim, bu Hind kishvaridin
Bordingiz anglab o’zga ranju alam.
Kobulu xush havosini sog’inib,
Hinddin garm bordingiz ul dam.
Ko’rdingiz — toptingiz ekin anda
Ishratu aysh birla nozu niam?
Biz dog’i o’lmaduk’, bihamdilloh,
Garchi ko’p ranj edi-yu, behad g’am.
Hazzi nafsiy, mashak’k’ati badaniy,
Sizdin o’tti-yu, o’tti bizdin ham.

Davron g’ami bila sitamini unutgurur
Ul sabzchehra yor xayoli aladdavom.
Hijronida xayol eta olmon, bu turfakim,
Vaslida ham xayol agar bo’lsa, borcha xom.
Vasfida xomlik agar o’lsa, ne g’amdurur,
Chun daf’ etar xayoli g’amu g’ussani tamom.
Chun yori rozdor k’ilurman seni xayol,
Asror fosh aylama zinhor, vassalom!

Bobur niyozu madhini etkurgil, ey sabo,
Ul shahzoda Nosir olijanobk’a.
Bo’l oyu yil farog’atu xushboshlig’ bila
Bo’lguncha mohu sol oyu oftobk’a.
Hijron cho’lida jahd bila po’yalar urub,
Istab ziloli vasl, etishtim sarobk’a.
Chun xost mundok’ erdiki, hajringni chekkamen,
Bexost raj’at aylamisham Andarobk’a.

Eyki, targ’ib k’ilursen chog’ir ichmakka meni,
Sozu xonanda bila sok’iyu saxbo bormu?
Bovujudiki, o’tubtur chog’ir ichmak vak’ti,
Majlis asbobini, bilmonki, muhayyo bormu?

Noumid bo’ldum, ey Mo’g’ul, sendin,
To eshitgimki, Andijon bording.
Aytg’on so’zga keldim, ammo, sen
YAxshi kelding demay, yamon bording.

K’olmadi hurmat ahli olamda,
Olamu olam ahdidin yuv ilik!
Boburo, ikki podsholig’din
YAxshirok’ bu zamonda bir beklik.

Muyassar o’lsa agar yor vasli g’urbatta,
Vatanni ne k’ilayu o’z diyor nega kerak?
Yibordi yor manga yodgor deb xatini,
Manga habib kerak, yodgor nega kerak?!

Ne sud andin poy dar gillig’im,
Chu al do’stlardin ul oy yub emish.
O’zin forig’u bizni k’ilgon asir-
Kim, ermish bu yanglig’ ul Ayyub emish.

Tamomi husn eli sog’u hushyor ekanda,
Durushtu tund agar bo’lsalar, bilingki, eridur.
Chog’ir kerakki, ichib, bazm bo’lsa, barcha yigitlar,
Chog’ir ketur, bori xublar chog’irga tushkularidur.

Ne k’ilayin sening bila, ey til,
Jihatingdin mening ichim k’ondur!
Necha yaxshi desang bu hazl ila she’r,
Birisi fahshu biri yolg’ondur.
Gar desang kuymayin bu jurm bila,
Jilavingni bu arsadin yondur!

Ul sarvning harimig’a gar etsang, ey sabo,
Bergil bu hajr xastasidin yod ko’ngliga.
Rahm aylabon sog’inmadi Boburni, bor umid,
Solgoy Xudoy rahmni Fo’lod ko’ngliga.

Bu viloyatka muk’ayyad bo’lmag’il,
Kel, Xuroson jonibig’a azm k’il!
Gar borur bo’lsang, erurmen hamrahing,
V-ar turarsen, men borurmen jazm k’il!

Yo’k’turur nozingdin ozore manga,
Noz agar k’ilsang manga matlubdur.
Xoh ko’rsat lutfu xohi javr k’il,
Har ne vok’e’ bo’lsa sendin xubdur.

K’ilmasa ul oy nazar manga, ne tong?
Tengri tole’ chun manga yorotmadi.
O’k’i yorar erdi ko’nglum dardini,
Netayin, ko’nglum uchun yor otmadi.

Kobulu G’azni eliga aytingiz:
Bizga er emdi Xushobu Beradur.
K’ay sorig’a borg’asizkim, mulku mol
Bizga munda Hak’ taolo beradur.

Kimki, mubtal etar ul yotishini,
Sindururlar boshini yo tishini.
Negakim, o’z ishini tark etibon,
Harzagard o’lub, etar yot ishini.

Xurosong’a o’n oy tortib cherik, Kobul sori yonduk,
K’ish ichra Chixchiron birlakim, ul yo’l vahmi jon oldi.
Bu fursatta kishi o’tmoydurur hargiz bu dobondin,
Biz o’ttuk, lek elning ilik-oyog’in sovuk’ choldi.
Necha kun k’or tepib, muz yostonib, tashvish ila k’o’nduk,
Sovuk’u k’or asru behd uchun el ko’ngul soldi.
Jebayu otlari elning k’oldi aksar yo’l yomon uchun
Bu yurushta ziyon ko’b bo’ldi, bore yaxshi ot k’oldi.

Eyki, debsen lutf etib, lutfi itobomez ila:
«Ko’nglung istar yorlar birla xamisha shod bo’l!»
Mendinu kimdin yana bordur nik’ori xotiring?
«Mendinu kimdinki ko’nglung istamas, ozod bo’l!»

Firok’ing o’lturur oxir meni dilxastani beshak,
Meni o’ltur visolingda, ne ya’ni andok’ o’lturmok.
Necha nosih. nasihat degayu, men ham ne k’ilg’aymen?
Azalda chunki bordur bu ko’ngulga ko’rguluk emgok.

Tarik’i fak’r suluk axlig’a ne xush yo’ldur,
Vale bu yo’lda keraklikturur rafik’i shafik’.
Tarik’i fak’r agar istasang, beri kelkim,
Suluk ahli demish: «alrafik’u summa tarik’».

Otani chunki k’ibla debturlar,
K’ibla yanglig’ anga nazar k’ilg’il.
Ota og’ritma, ey otam, zinhor,
Ota ozoridin xazar k’ilg’il.

Bilur jahon elikim mehmon ziyofatidin,
Mening tarik’im emas ijtinob k’ilmog’lik’.
K’avo xush erdi-yu, ahbob dog’i k’o’ymadilar:
Zarurat o’ldi chog’ir irtikob k’ilmog’lik’.


  1. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida g’azallari va ruboyilari
  2. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar
  3. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida qit’alar
  4. Zahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar
  5. Zahiriddin Muhammad Bobur Masnaviylari
  6. Zahiriddin Muhammad Bobur Fardlar
Previous articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida ruboiylar
Next articleZahiriddin Muhammad Bobur haqida to’rtliklar