Hanbaliylik mazhabi haqida – Ҳанбалийлик мазҳаби ҳақида

0

Hanbaliylik mazhabi haqida – Ҳанбалийлик мазҳаби ҳақида / Ханбалийлик мазхаби хакида


Hanbaliylik mazhabi asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (780–855) Bag‘dod shahrida yashagan.

Hanbaliylik mazhabida Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gaplari keyingi o‘rinlarda turadi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi. Mazkur mazhab izdosh lari bo‘yicha eng kamsonli hisoblanib, asosan, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar davlatlari aholisi orasida tarqalgan.

Sunniylikdagi to‘rtala mazhab bir-biri bilan teng hisoblanadi. Mazhablar an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan farq qiladi.

Keyingi davrda paydo bo‘lgan «soxta salafiylik», «Hizbut tahrir» kabi yo‘nalishlarni fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Chunki ular shar’iy masalalarda o‘z mustaqil yechimlarini bergan tizimga ega emas. Ularga diniy-siyosiy harakat va noqonuniy siyosiy partiyalar sifatida qarash mumkin.


Batafsil >> Islomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar

Previous articleShofe’iylik mazhabi haqida – Шофеъийлик мазҳаби ҳақида
Next articleIslom aqidaviy ta’limotlar – Ислом ақидавий таълимотлар