Islomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar

0

Islomdagi mazhablar va aqidaviy ta’limotlar. Исломдаги мазҳаблар ва ақидавий таълимотлар. Исломдаги мазхаблар ва акидавий таълимотлар.


Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar

  1. Bugungi kunda musulmon aholisi ko‘pligi bo‘yicha birinchi o‘rinda qaysi davlat turishini bilasizmi?
  2. Islom ta’limoti, xususan, oyat va hadislarda ilm olish haqida aytilgan qanday so‘zlarni bilasiz?
  3. Eng ezgu odatlardan bo‘lgan salomlashish odobining islom ta’limotiga aloqasi bormi?
  4. Nima deb o‘ylaysiz, jamiyat uchun tinchlikning o‘rni qanday? Islom dinida bu borada nima deyiladi?

Islom dini ta’limoti va bayramlari

Islom dini ta’limotiga ko‘ra, Alloh barcha jonli va jonsiz narsalarning, butun koinotning yaratuvchisi hisoblanadi. U hech kimga o‘xshamaydi va hech narsani u bilan tenglashtirish mumkin emas. Insonlar Alloh yaratgan maxluqotlarning eng buyugidir. Alloh odamzotni to‘g‘ri yo‘lga boshlash uchun o‘z elchilari — payg‘ambarlarni yuborib turgan. Manbalarda payg‘ambarlarning soni 124 ming nafar bo‘lgani qayd etiladi.

Qur’oni karim Коран Қуръон
Qur’oni karim

Muhammad (ﷺ) avvalgi payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, sof e’tiqodni tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) deb tan olinadi.

Islom dinining asosiy bayramlari — bu hijriy yil hisobida Shavvol oyining birinchi kunida nishonlanadigan Ramazon hayiti hamda undan 70 kundan so‘ng ni shonlanadigan Qurbon hayitidir. Ikki hayit ham O‘zbekistonda rasman bayram deb e’lon qilingan.

Toshkentlik buyuk olim Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy (291–365-h.y.) fiqh, hadis, lug‘at va adabiyot bo‘yicha o‘z davrining mashhur olimlaridan edi. Qabrlari Toshkentdagi Hastimom (Hazrati Imom) dahasida joylashgan.

Bu kunlarda qariyalar, qarindoshlarni ziyorat qilish, bolalarga hayitlik sovg‘alar, shirinliklar berish urf hisoblanadi. Hayit bayrami insonlar orasida mehr-muhabbat, muruvvat tuyg‘ularining shakllanishiga yordam beradi. Masalan, Ramazon hayitidagi fitr sadaqasi, Qurbon hayitida qo‘y yoki qoramol so‘yib, muhtojlarga tarqatilishida Islom dinining insonparvarlik mohiyati namoyon bo‘ladi. Bu kunda musulmonlar chiroyli kiyimlarni kiyib, xushbo‘y atirlarni sepib, masjidga boradilar va hayit namozini ado etadilar.

Toshkentdagi «Minor» masjidi
Toshkentdagi «Minor» masjidi

Islomdagi mazhablar

VII asrning ikkinchi yarmida islomda ilk bo‘linishlar boshlandi. Xalifa Ali davriga kelib turli g‘arazli kuchlar ta’sirida bu jarayon kuchaydi. Natijada xorijiylik, shialik va sunniylik deb ataluvchi yo‘nalishlar vujudga keldi.

«Men ming nafar shayxni topdim va ulardan hadis yozib oldim. Bu besh shayxdan faqihrog‘ini, taqvolirog‘ini, olimrog‘ini topmadim. Ularning eng birinchisi Abu Hanifadir».

Yazid ibn Horun

Bugungi kunda musulmonlarning aksari sunniylik yo‘nalishidadir. VIII–IX asrlarga kelib esa sunniylik doirasida huquqiy maktablar (mazhablar) — hanafiylik, molikiylik, shofe’iylik va hanbaliylik hamda ikki aqidaviy ta’limot — ash’ariylik va moturidiylik yuzaga kelgan.

Mazhablar shariat bilimdoni (faqih) tomonidan Qur’on va sunnat asosida ishlab chiqilgan yo‘ldir. Ular o‘z asoschilari nomi bilan atalgan. Masalan, Abu Hanifa asos solgan mazhab — hanafiylik, Molik ibn Anas asos solgan mazhab — molikiylik deb atalgan. Mavjud mazhablar asosiy masalalarda bir-birini inkor etmaydi.

Bugungi kunda dunyodagi taxminan 1,7 milliard musulmon aholining 92,5 foizini sunniylar tashkil etib, ular mazhablar bo‘yicha quyidagi nisbatda bo‘linadilar: hanafiylar — 49%, shofe’iy­ lar — 25%, molikiylar — 17%, hanbaliy lar — 1,5%.

Istehson (ar. yaxshi deb bilish) — islom huquqida ikki masaladan yengilroq tomonni tanlashga aytiladi.


Hanafiylik mazhabi

Hanafiylik mazhabi asoschisi Abu Hanifa nomi bilan mashhur Nu’mon ibn Sobit Kufiy (699–767) hisoblanadi.

Ushbu mazhab o‘z mohiyati, ta’limoti va qo‘llagan uslubi bilan jamiyatda yuz berib turadigan har qanday savolga javob topa oladi. Bu shundan kelib chiqadiki, hanafiy mazhabi yangi vujudga kelgan diniy masalaning yechimi Qur’on va hadisda mavjud bo‘lmasa, qiyos va uning eng muhim turi bo‘lmish istehsonga tayanib ish olib boradi. Abu Hanifa og‘ir vaziyatlarda odamlar uchun qulay sharoit yaratib berib, qiyinchiliklarini oson qilishga uringan. Abu Hanifa erkinlik tamoyilining homiysi edi, tijorat va boshqa sohalarda inson huquqi va erkinliklarini himoya qilib keldi.

 Masalan, turmush qurishda erkak va ayolga teng huquq berilib, oqil va balog‘atga yetgan qiz va ayollarni hech kim ularning roziligisiz nikoh qilishga majburlay olmaydi, nikoh shartnomasi qizning valiysi (ota, buva, amaki, aka, uka) bo‘lmasa ham uning o‘z so‘zi bilan bog‘lanadi.

Bugungi kunda Markaziy Osiyo musulmonlarining aksari hanafiylik mazhabiga ergashadi. Ayni damda maz kur maktab Hindiston, Pokiston, Afg‘oniston, Iroq, Suriya, Turkiya va qator Afrika mamlakatlarida keng tarqalgan.


Molikiylik mazhabi

Molikiylik mazhabi asoschisi, imom Abu Abdulloh Molik ibn Anas 711-yilda tavallud topgan. Mazkur mazhabda birinchi manba Qur’oni karim, ikkinchi         manba hadis hisoblanadi. Molikiylik mazhabida shar’iy masalalarda Madina hayoti va odatlari ko‘p hollarda ustun turgan.

Molikiylik Marokash, Jazoir, Tunis, Bangladesh kabi mamlakatlarda asosiy mazhab hisoblanadi.

2017­yil iyunida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Imom Moturidiy majmuasida «Kalom ilmi maktabi»ni, moturidiylik ta’limotining yirik vakili Abul Mu’in Nasafiy ziyoratgohida esa «Aqoid maktabi»ni tashkil etish ishlari boshlandi.


Shofe’iylik mazhabi

Shofe’iylik mazhabi asoschisi Abu Abdulloh Muhammad ibn Idris Shofe’ (767–804) Falastinning G‘azo shahrida tugilib, 804-yili Misrda vafot etgan.

Shofe’iylik mazhabi fiqhiy hukm chiqarishda Qur’on, sunnat, ijmo va qiyosga suyanadi. Ular hanafiylar va molikiylarda mavjud bo‘lgan istehsonni rad qiladilar.

Shofe’iylik, asosan, Indoneziya, Malayziya, Misr, Sudan, Keniya, Mali, Liviya kabi davlatlarda tarqalgan.


Hanbaliylik mazhabi

Hanbaliylik mazhabi asoschisi imom Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal (780–855) Bag‘dod shahrida yashagan.

Hanbaliylik mazhabida Qur’on va sunnat asosiy manba hisoblanadi. Ijmo va sahobalarning gaplari keyingi o‘rinlarda turadi. Qiyosni boshqa iloj qolmagandagina ishlatishga ruxsat beriladi. Mazkur mazhab izdosh lari bo‘yicha eng kamsonli hisoblanib, asosan, Saudiya Arabistoni, Yaman, BAA, Quvayt, Qatar davlatlari aholisi orasida tarqalgan.

Sunniylikdagi to‘rtala mazhab bir-biri bilan teng hisoblanadi. Mazhablar an’anaviy diniy huquq doirasidan chiqmagani holda, shariat masalalarida yengilroq yoki qattiqroq hukm chiqarishlari bilan farq qiladi.

Keyingi davrda paydo bo‘lgan «soxta salafiylik», «Hizbut tahrir» kabi yo‘nalishlarni fiqhiy mazhablarga tenglashtirib bo‘lmaydi. Chunki ular shar’iy masalalarda o‘z mustaqil yechimlarini bergan tizimga ega emas. Ularga diniy-siyosiy harakat va noqonuniy siyosiy partiyalar sifatida qarash mumkin.


Aqidaviy ta’limotlar

Donishmand — baqqol ning do‘koniga o‘xshaydi:borini indamaygina ko‘rsatadi­ qo‘yadi, nodon esa lashkar nog‘orasining o‘zi: ovozi baland­u, ichi bo‘m­bo‘sh va g‘arib.

Sa’diy Sheroziy

Islom dinida Alloh taolo, uning sifatlari, insonlarning taqdiri, qiyomat, jannat va do‘zax, gunoh va savob kabi aqidaviy masalalarni o‘rganuvchi fan «kalom ilmi» deb ataladi. Milodiy VIII–IX asrlarda musulmonlar orasida yunon falsafasidan ta’sirlangan, Qur’on oyatlari va hadis larni noto‘g‘ri tushungan toifalar paydo bo‘ldi.

Ular goh Allohni insonga o‘xshash tasvirlar, goh uning xususiyatlarini inkor etar, payg‘ambarlar, Qur’oni karim sha’niga noloyiq fikrlarni bildirar edilar. Mana shunday sharoitda sunniylik yo‘nalishi olimlari ayrim oqimlarning buzg‘unchi g‘oyalariga bir qator raddiyalar berganlar. Natijada moturidiya va ash’ariya ta’limotlari yuzaga kelgan. Sunniylik doirasida mazkur ikki yo‘nalish ham to‘g‘ri hisoblanadi.


Moturidiya ta’limotiga

Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim, buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos solgan.

Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.

Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar ham berilgan. Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir.

Abu Mansur Moturidiy maqbarasi
Abu Mansur Moturidiy maqbarasi

Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limotining Markaziy Osiyo xalqlari an’analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.

Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan. Ushbu davrlarda ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson, Iroq, Misr va Shom o‘lkalariga ham tarqala boshlagan.

Kalom ilmining sultoniga nisbatan hurmat-ehtirom, ixlos ramzi sifatida O‘zbekistonda 2000-yili Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi, u kishi mangu orom topgan Chokardiza qabristonidagi maqbara qayta tiklandi.

Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti hozir ham oliy, o‘rta va diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.


Ash’ariya ta’limoti

Ash’ariya ta’limoti. Ushbu ta’limotga basralik Abul Hasan Ash’ariy (873–936) asos solgan. Imom Ash’ariy umrining yarmini adashgan oqimlarga qarshi kurashga bag‘ishlagan.

Ash’ariy Muhammad ibn Jarir Tabariy, Ibrohim ibn Ahmad Marvaziy, Mahmud ibn Dovud Isbahoniy, Abdulloh ibn Ahmad ibn Hanbal, Abu Mansur Moturidiy kabi olimlar bilan bir davrda yashagan.

Ash’ariya ta’limoti ham sunniylik aqidasiga muvofiq ta’limot hisoblanadi. Ushbu ta’limot ham, asosan, mo‘taziliya, qadariya, jabariya kabi adashgan guruhlarning aqidaviy g‘oyalariga qarshi turgan. Ash’ariya ta’limoti, asosan, Iroqda, so‘ngra saljuqiylar hukmronligi davrida Xurosonda rivojlangan.

Qadimiy Bog‘dod. Abul Hasan Ash’ariy butun umrini shu shaharda o‘tkazgan.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar

  1. Sunniylik nechta fiqhiy mazhabdan iborat?
  2. Kalom ilmi nimani o‘rganadi?
  3. Mazhablarning yangi paydo bo‘lgan firqalardan farqi nimada?
  4. Sunniylikdagi to‘rt mazhabning tarqalish hududlarini xaritada ko‘rsatib bering.
Previous articleO‘zbekistonda islom manbalarining o‘rganilishi
Next articleIslom dini ta’limoti va bayramlari