Hayvonot dunyosi. Ҳайвонот дунёси. Ҳайвонларнинг ўзига хос хусусиятлари. Ҳайвонларнинг аҳамияти. Ҳайвонлар систематикаси.
Hayvonlarning o’ziga xos xususiyatlari
Hayvonlarning o’ziga xos xususiyatlari. Hayvonot dunyosi o’simliklardan farqlanib:
- erkin harakatlana oladi;
- asosan, geterotrof oziqlanadi;
- ko’pchiligida asab tizimi taraqqiy etgan bo’ladi.
Hayvon organizmi organlar sistemasidan tashkil topgan. Ma- salan: hazm qilish, nafas olish, qon aylanish, ayirish sistemasi. Organlar sistemasi organlardan iborat. Masalan: yurak, buyrak, o’pka, jigar. Organlar to’qimalardan tuzilgan. Hayvonlarda to’rt xil: qoplovchi, biriktiruvchi, nerv va muskul to’qimalari bor. To’qimalar hujayralardan tarkib topgan.
Hayvonlarning ahamiyati
Hayvonlarning ahamiyati.
Hayvonlarning tabiatdagi ahamiyati quyidagilardan iborat:
- oziq zanjirida ishtirok etadi;
- tabiat sanitarlari hisoblanadi (yomg’ir chuvalchangi, go’ng qo’ng’izi);
- suvni organik qoldiqlardan tozalovchi biofiltr organizm (ikki pallali mollyuskalar) vazifasini bajaradi;
- urug’ va mevalarning tarqalishiga yordam beradi (yumron- qoziq, olmaxon, qushlar);
- o’simliklarni changlatadi (asalari, kapalak).
- Inson faoliyatidagi ahamiyati:
- oziq-ovqat (go’sht, tuxum);
- sanoat xomashyosi (jun, pat);
- transport vositasi (ot, eshak);
- qo’riqchi (it);
- dorivor (ilon zahari, bo’rsiq yog’i);
- kasallik tarqatuvchi (pashsha, chivin);
- kasallik qo’zg’atuvchi (leyshmaniya, triponosoma).
Hayvonlar sistematikasi
Hayvonlar sistematikasi. Hayvonot dunyosi xilma-xil bo’lib, 2,5 mln ga yaqin turni o’z ichiga oladi. Ularni farqlashda hayvon- lar sistematikasidan foydalaniladi. Hayvonot dunyosi umurtqasining mavjudligiga ko’ra, umurtqali va umurtqasiz hayvonlarga bo’linadi. Umurtqa ichki organlar uchun tayanch vazifasini bajaradi.
Umurt- qalilarga bitta tip xordalilar tipi kiradi. Xordalilar tipi esa baliqlar, suvda hamda quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, qush- lar va sut emizuvchilar sinflariga bo’linadi. Umurtqasiz hayvonlarga sodda hayvonlar tipi, bo’shliqichlilar tipi, yassi chuvalchanglar tipi, to’garak chuvalchanglar tipi, halqali chuvalchanglar tipi, mollyuskalar tipi va bo’g’imoyoqlilar tipi kiradi.
Hayvonlarni sistematikaga solishda quyidagi sistematik birliklardan foydalaniladi:
TUR►URUG ►OILA TURKUM ►SINF ►TIP►DUNYO
Hayvonlar sistematikasida tuzilishi o’xshash organizmlar bitta turga kiradi. O’xshash turlar birlashib urug’ni, urug’lar birlashib oilani, oila turkumni, turkumlar sinfni, sinflar esa tipni, tiplar hay- vonot dunyosini tashkil qiladi (55-rasm).

Qo’ng’ir ayiq va ilvirsning sistematik o’rni quyidagicha bo’ladi:
Qo’ng’ir ayiqning sistematik o’rni | Ilvirsning sistematik o’rni |
Dunyo: Hayvonot Tip: Xordalilar Sinf: Sut emizuvchilar Turkum: Yirtqichlar Oila: Ayiqsimonlar Urug’: Ayiq Tur: Qo’ng’ir ayiq | Dunyo: Hayvonot Tip: Xordalilar Sinf: Sut emizuvchilar Turkum: Yirtqichlar Oila: Mushuksimonlar Urug’: Bars Tur: Ilvirs |
- fauna
- sistematika
- qo’ng’ir ayiq
Savollar
- Fauna floradan qaysi belgilariga ko’ra farq qiladi?
- Hayvonlar tabiatda va inson hayotida qanday ahamiyatga ega?
- Umurtqasiz hayvonlar qanday tiplarni o’z ichiga oladi?
- Umurtqali hayvonlar qanday sinflardan iborat?
- Sistematik birliklarni ketma-ketlikda aytib bering.