Joy planidan foydalanish

0

Joy planini o‘qish. Hayotda joy planlaridan foydalanishga to‘g£ri keladi. Harbiylar, quruvchilar, yo‘lsozlar, sayyohlar ishida joyning planlari, ayniqsa, ko‘p kerak bo‘ladi.

Joy planini o‘qishni o‘zingiz yashaydigan joy planiga qarab o‘rganganingiz ma’qul. Agar siz, shaharda yashasangiz, shu shahar planidan, qishloqda yashasangiz, qishloq xo‘jalik yerlari planidan foydalaning.

Buning uchun siz, joyga o‘sha joy plani bilan chiqasiz va planni kompas yordamida ufq tomonlariga oriyentirlaysiz. Keyin plandan o‘zingiz turgan joyni topasiz. Agar siz yo‘lda turgan bo‘lsangiz, plandan avval yo‘lni va sizga ko‘rinib turgan biror predmet (masalan, ko‘prik, daraxt, chorraha)ni va o‘zingiz turgan joyni topasiz. Endi plan yordamida shu atrofdagi predmetlargacha bo‘lgan masofalarni aniqlashingiz mumkin. Siz turgan joydan ko‘rinmaydigan, lekin planda tasvirlangan joylarga borish uchun qayoqqa qarab yurish va qancha masofani o‘tish kerakligini ham topib olasiz.

Joy planida azimutni aniqlash. Siz, paromdan Jilg‘asuvdagi to‘g‘onga borishingiz zarur, deylik (23-rasm). Buning uchun qanday azimut bo‘yicha yurishingiz kerak? Bu azimutni plandan transportir yordamida aniqlasa bo‘ladi.

Рис. 23. План местности (масштаб: в 1 см — 50 м)
23-rasmdan foydalanib, quyidagi savollarga javob bering.

23-rasmdagi transportir chizg‘ichdan ko‘rinib turibdiki, bu azimut 145° ekan. Qancha yurish kerakligini chizg‘ich yordamida aniqlang. Buning uchun paromdan to‘g‘ongacha necha santimetr ekanini o‘lchaysiz va masshtabdagi masofaga ko‘pay- tirasiz. Planda bu masofa 10 sm. Masshtab: 1 santimetr = 50 metr. Binobarin, 10 x 50 = 500 metr.

Endi amaliy mashg‘ulotlarni bajaramiz. Agar joyning planlarida yer yuzasining notekisliklari gorizontallar bilan tasvirlangan bo‘lsa, quyidagi amaliy ishlarni bajarish mumkin. 23-rasmdagi joy planida mutlaq balandligi 1160 metr bo‘lgan tepani, uning sharqiy yonbag‘ri tik, janubi-g‘arbiy yonbag‘ri esa qiya ekanini ko‘rib turibsiz.

Yana bir misol. Shu joy planidan shamol tegirmoni yonidan qara- ganda Qorasuvdagi parom ko‘rinadimi, yo‘qmi ekani aniqlanishi kerak. Tegirmon turgan joy Qorasuv sathidan 23 m balandda joylash- gan. Shu bilan birga yonbag‘ir tegirmondan paromga tomon pasayib boradi (1160 dan 1137 metrgacha). Agar kuzatuvchi tepaning sharq tomonida 1150 m balandlikda tursa, u paromni ko‘rmaydi, chunki, uni tepalik to‘sib turadi. Paromni ko‘rish uchun kuzatuvchi tepalik- ning ustiga — 1160 metrli belgiga chiqishi kerak bo‘ladi.


  1. Shamol tegirmoni Jilg‘asuvga qurilgan to‘g‘onning qaysi tomo- nida joylashgan?
  2. Joyning planida tasvirlangan tepaning Qorasuv sathidan nisbiy balandligi qancha?
  3. Qamishli ko‘l Kattaqishloqning qaysi tomonida joylashgan?
  4. Shamol tegirmoni Jilg‘asuvda qurilgan to‘g‘ondan qancha masofada joylashgan? Masshtab 1 sm da 50 metr.
Previous articleAbdulla Qahhor hayoti va ijodi
Next articleGeografik xarita