Umurtqasiz hayvonlar

0

Umurtqasiz hayvonlarda ichki skelet rivojlanmagan. Ular quyi- dagi tiplarga bo’linadi.


Sodda hayvonlar

Sodda hayvonlar tanasi bitta hujayradan iborat. Hujayrasida hazm qiluvchi va qisqaruvchi vakuola mavjud. Suvda erigan kislorod bilan nafas oladi. Asosan, ikkiga bo’linish usulida ko’payadi. Amyobaning tanasi o’zgaruvchan. Evglena yashil rangda bo’lishi va fotosintez qilishi bilan o’simliklarga o’xshaydi, xivchinlari yordamida hayvonlarga o’xshab erkin harakatlanadi. Tufelkaning ko’rinishi tufli tagcharmiga o’xshaydi (56-rasm).

56-rasm. Sodda hayvonlar: amyoba (a), evglena (b), tufelka (c).
a b c
56-rasm. Sodda hayvonlar: amyoba (a), evglena (b), tufelka (c).

Bo’shliqichlilar

Bo’shliqichlilarning tanasi tashqi – ektoderma va ichki – endo- derma qavatidan iborat. Hazm qilish jarayoni ikki bosqichda – tana bo’shlig’ida va hujayralar ichida amalga oshadi. Nerv sistemasi sodda tuzilganligi sababli taassurotlarga sekin javob qaytaradi. Masalan, gidraga nina tekkizilsa, anchadan keyin tanasini qisqartirib oladi. Regeneratsiya xususiyati yaxshi rivojlangan. Otiluvchi hujayralari yordamida o’ljasini tutadi va o’zini himoya qiladi. Aktiniyalar o’troq yashaydi, paypaslagichlari ko’p bo’lishi bilan gidradan farq qiladi. Meduzalar reaktiv harakat qiladi (57-rasm).

57-rasm. Bo’shliqichlilar gidra (a), aktiniya (b), meduza (c).
a b c
57-rasm. Bo’shliqichlilar: gidra (a), aktiniya (b), meduza (c).

Yassi chuvalchanglar

Yassi chuvalchanglar tanasining orqa qismi o’rtadan chetga tomon yassilashib boradi, ikki tomonlama simmetriyaga ega. Tana bo’shlig’i bo’lmaydi. Hazm tizimi og’iz, halqum va ichakdan iborat. Ayrim parazit vakillarida hazm tizimi yo’qolib ketgan, chunki ular tayyor oziqni so’rib oladi. Oq planariya chuchuk suvda erkin yashaydi. Jigar qurti va qoramol tasmasimon chuvalchangi boshqa organizm tanasida parazitlik qiladi (58-rasm).

58-rasm. Yassi chuvalchanglar: a-oq planariya, b-jigar qurti, c-qoramol tasmasimon chuvalchangi.
a b c
58-rasm. Yassi chuvalchanglar: a-oq planariya, b-jigar qurti, c-qoramol tasmasimon chuvalchangi.

To’garak chuvalchanglar

To’garak chuvalchanglar ko’ndalang kesmasi yumaloq shakl- da. Tashqi tomondan pishiq qobiq – kutikula bilan qoplangan. Su- yuqlik bilan to’lgan tana bo’shlig’iga ega. Askarida odamning ichki organlarida, rishta oyoq terisida, bo’rtma nematoda esa o’simlikda parazitlik qiladi (59-rasm).

59-rasm. To’garak chuvalchanglar: a-odam askaridasi, b-oyoqdagi rishta, c-kartoshkadagi bo’rtma nematoda


Halqali chuvalchanglar

Halqali chuvalchanglar tanasi bo’g’imlarga bo’lingan. Halqali chuvalchanglarda qon aylanish sistemasi mavjud. Yomg’ir chuval- changi o’simlik chirindilari bilan oziqlanib, tuproq hosil bo’lishida ishtirok etadi. Chuvalchang qazigan in tuproqqa havo kirishini ta’minlaydi.

Nereida ikki yon tomonda joylashgan uzun tuklarga ega. Bu tuklar suv tubida harakatlanishga yordam beradigan dast- labki oyoqlar hisoblanadi. Tibbiyot zulugidan qon tomir kasalliklari- ni davolashda foydalaniladi. Zuluk og’zidan ajralgan suyuqlik qonni suyultirib beradi (60-rasm).

60-rasm. Halqali chuvalchanglar: a-yomg’ir chuvalchangi, b-nereida, c-zuluk.
60-rasm. Halqali chuvalchanglar: a-yomg’ir chuvalchangi, b-nereida, c-zuluk.

Mollyuskalar

Mollyuskalar ko’pchilik vakillari 3 qavatli chig’anoqqa ega. Chig’anoq tashqi – organik, o’rta – ohakli, ichki – kamalak rang- da tovlanuvchi qismlardan iborat. Terisi shilimshiq bilan qoplan- gan bo’lib, harakatlanishiga yordam beradi. Ko’pchilik shilliqqurt- lar o’simlikning yashil qismini yeb zarar keltiradi. Baqachanoqlar suv tubida yashab suvdagi organik moddalar bilan oziqlanadi. Shu yo’l bilan suvni organik qoldiqlardan tozalaydi. Sakkizoyoq- ning paypaslagichlari so’rg’ichlar bilan ta’minlangan. So’rg’ichlar hisobiga sirg’anchiq baliqlarni ham osonlik bilan ushlab qoladi. Sakkizoyoqlar o’zidan siyoh chiqarib, dushmanini chalg’itadi.


Bo’g’imoyoqlilar

Bo’g’imoyoqlilarning tanasi va oyoqlari bo’g’imlarga bo’lingan. Tashqi skeleti xitindan iborat. Qisqichbaqasimonlar, o’rgimchak- simonlar va hasharotlar sinflariga bo’linadi. Daryo qisqichbaqasi chuchuk suvda yashaydi, qisqichlari yordamida o’ljasini tutadi va dushmanidan himoyalanadi. Nobud bo’lgan hayvonlarning qoldiq- larini yeb sanitarlik vazifasini bajaradi. Butli o’rgimchak o’ljasini ovlash uchun tutqich to’r to’qiydi. Tutqich to’ri ikki xil ipdan to’qilgan bo’lib, aylanasimon yopishqoq qismiga hasharotlar ilinib qoladi, yopishmaydigan uzunasiga joylashgan ipidan o’zi hara- katlanadi.

Xonqizi yorqin qizil rangda qora xollari bor hasharot. Bu rang ogohlantiruvchi rang bo’lib, qushlarni «sassiq suyuqligim bor, menga tegma» deb ogohlantiradi. Xonqizi o’simlik zararkunandasi bo’lgan shira bitlarini yeb, foyda keltiradi (62-rasm).

62-rasm. Bo’g’imoyoqlilar: a-daryo qisqichbaqasi, b-butli o’rgimchak, c-xonqizi.
a b c
62-rasm. Bo’g’imoyoqlilar: a-daryo qisqichbaqasi, b-butli o’rgimchak, c-xonqizi.

Umurtqasiz hayvonlar keng tarqalgan organizmlardir. Ular- ni daryo va dengizlarda, tuproq ostida, tashlandiq yerlarda, odam yashaydigan xonadonlarda, havoda uchib yurgan holatda ko’rishimiz mumkin. Rivojlanish jarayonida umurtqasiz hayvonlar yashash muhitiga moslashib borgan.


  • regeneratsiya
  • meduza
  • rishta
  • sakkizoyoq

Savollar

  1. Regeneratsiya nima?
  2. Qaysi tip vakillari parazit usulda oziqlanadi?
  3. Qaysi organizmdan boshlab qon aylanish sistemasi vujudga
  4. kelgan?
  5. Sakkizoyoq qaysi tipga kiradi?
  6. Tashqi skeleti xitin bo’lgan organizmlarni aniqlang.
  7. Qaysi hayvon tutqich to’ri yordamida ozuqasini tutadi?
Previous articleHayvonot dunyosi
Next articleBo’shliqichlilar – Бўшлиқичлилар