Tasmasimon chuvalchanglar sinfi

0

Тасмасимон чувалчанглар синфи. Қорамол тасмасимон чувал чанги.


Tasmasimon chuvalchanglar sinfi.  Tasmasimon chuvalchanglar –  tanasi kutikula bilan qoplangan; shakli uzun yassi tasmaga o‘xshash parazit hayvonlar. Asosiy vakili qoramol tasmasimon chuvalchangi hisoblanadi.

Qoramol tasmasimon chuval changi voyaga yetgan davrida odamning ingichka ichagida, lichinkasi qora mol muskuli, jigari va boshqa organlarida parazitlik qiladi. Gavdasining uzunligi 8–10 m bo‘lib, kichkina bosh, ingichka bo‘yin hamda bo‘g‘imlarga bo‘lingan tana bo‘limlaridan iborat (19-rasm).

19-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi:A – boshchasi; B – germafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘donlar
19-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangi:
A – boshchasi; B – germafrodit bo‘g‘im; D – tuxumga to‘lgan bo‘g‘im: 1 – so‘rg‘ich; 2 – bo‘yin; 3 – bachadon; 4 – tuxumdon; 5 – urug‘donlar

Boshida doira shakldagi to‘rtta so‘rg‘ichlari bor. Tanasi juda ko‘p (1 000 taga cha) bo‘g‘imlarga bo‘lingan, hazm qilish organlari rivojlanmagan. Chuvalchang odam ichagida hazm bo‘la boshlagan oziqni tana yuzasi orqali shimib oladi.

Jinsiy sistemasi, ko‘payishi va rivojlanishi. Jinsiy organlari tana sining hamma bo‘g‘imlarida ko‘p marta takrorlanib turadi. Har bir bo‘g‘imda bir juft tuxumdon, bitta bachadon va juda ko‘p urug‘donlar bo‘ladi. Bachadoni tuxumlarga to‘lgach, bir necha bo‘g‘imlari tananing keyingi qismidan uzilib, ichak bo‘shlig‘iga tushadi va axlat bilan tashqi muhitga chiqib ketadi. Tuxumlari yem-xashak yoki suv orqali qoramollarga yuqadi (20-rasm).

20-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:1 – tuxumlar; 2 – qoramol ichagidagi lichinka; 3 – go‘shtdagi finna; 4 – ichakdagi parazit boshchasi; 5 – parazit tanasi
20-rasm. Qoramol tasmasimon chuvalchangining rivojlanishi:
1 – tuxumlar; 2 – qoramol ichagidagi lichinka; 3 – go‘shtdagi finna; 4 – ichakdagi parazit boshchasi; 5 – parazit tanasi

Tuxumdan chiqqan lichinkalar ichak devori orqali qonga o‘tadi va qon orqali jigar, muskul va boshqa organlarga borib o‘rnashib qoladi. Lichinkalar organlarda yupqa pardaga o‘ralib, pufaklik davriga o‘tadi. Suyuqlik bilan to‘lgan pufakcha finna de yiladi. Finnali go‘shtni yaxshi pishirilmasdan iste’mol qilgan odam uni o‘ziga yuqtiradi.  Odam – qoramol tasmasimon chuvalchangining asosiy xo‘jayini, qoramollar esa oraliq xo‘jayini hisoblanadi.

Yassi chuvalchanglarning kelib chiqishi. Yassi chuvalchanglar orasida eng qadimgisi ichaksiz kiprikli chuvalchanglar hisoblanadi. Ular tuzilishi bo‘shliqichlilarning lichinkasiga o‘xshash bo‘ladi. Keyinchalik kiprikli chuvalchanglarning parazit yashashga moslashishi tufayli tuzilishi soddalashib borgan va ulardan so‘rg‘ichlilar hamda  tasmasimon chuvalchanglar kelib chiqqan.


Batafsil >> Yassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari

Previous articleYassi chuvalchanglar tipi: so‘rg‘ichlilar va tasmasimon chuvalchanglar sinflari
Next articleHayvonot dunyosi