Yovvoyi o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi

0

Ёввойи ўсимликларнинг вегетатив кўпайиши. Ўсимликларнинг вегетатив кўпайиши.


Osimliklarning vegetativ ko’payishi

Gulli o‘simliklarning vegetativ organlariga ildiz, poya va barglar kiradi. Siz bu organlar bilan yuqorida tanishgansiz. Vegetativ organlar o‘simliklarning oziqlanishida katta rol o‘ynaydi. Ularning yana bir xususiyati shundaki, ayrim o‘simliklar shu organlari ishtirokida ko‘payadi.

O‘simliklarning ildiz, ildizpoya, tugunak, piyozbosh, novda va bargdan ko‘payishiga vegetativ kopayish deyiladi.


Yovvoyi o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi

Respublikamizda tabiiy holda o‘sadig an ba’zi o‘simliklar urug‘dan tashqari, vegetativ organlaridan ham ko‘payadi. Siz ajriq, g‘umay, salomalaykum, bug‘d oyiq kabi o‘simliklarning ildizpoya sidan ko‘ payishini yaxshi bilasiz.

Shuningdek, lola, boychechak, gladiolus va nargisga o‘xshash piyozboshdan ko‘payadigan o‘simliklar ham bor. Bu piyozboshlar tuproq orasida mayda piyozboshchalar hosil qiladi. Kel gusi yili ulardan yangi o‘simliklar o‘sib chi qadi (61-rasm).

61-rasm. Lolaning piyozchalari

Ayrim qoraqat, terak, na’matak, olvoli, shirinmiya, yantoq kabi o‘simliklarning ildizidagi kurtaklardan yangi novdalar hosil bo‘ladi. Bu novdalar ildiz bach kisi deyiladi. Kelgusida shu bachkilardan yangi, mustaqil o‘simliklar yetiladi. Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan bitta terak daraxti atrofi da yer os tidan o‘sib chiqadigan bachkilar hisobiga o‘nlab yangi daraxt tuplari hosil bo‘ladi.

Tabiatda daraxt va butalar ma’lum vaqtdan so‘ng qariydi va ularning o‘rnini bachkilardan chiqqan yangi daraxtlar egallaydi. Shunday qilib, o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘payishda davom etadi.

Tabiatda turli hodisalar bo‘lib turadi. Masalan, ba’zan yer surilishi yoki suv toshqini natijasida o‘simliklarning shox- shabbasi (masalan, tollar) sernam tuproq ostida qolib, ulardagi kurtaklardan yangi novda o‘sib chiqadi.

Shunday qilib, o‘simliklar vegetativ yo‘l bilan ko‘payib, tabiatda o‘z turini saqlab qoladi. Agar ular vegetativ yo‘l bilan ko‘paymaganda edi, urug‘idan yaxshi ko‘paymaydigan o‘simliklar tabiatda juda ham kamayib, hatto yo‘qolib ketgan bo‘lardi.


  1. O‘simliklar vegetativ yo‘l bilan qanday ko‘p ayadi?
  2. Lola, gladiolus, nargis kabi o‘simliklar qanday ko‘payadi?
  3. Ildiz bachkisi deganda nimani tushunasiz?
  4. Sizningcha qaysi o‘simlikni bargidan, qaysi birini novdasidan ko‘paytirish mumkin?
Previous articleBarglarning suv bug‘latishi
Next articleMadaniy o’simliklarning vegetativ ko’payishi