Tugunak va ildizpoyalar

0

Тугунак ва илдизпоялар. Илдизпоя.


Tugunak

Tugunak va ildizpoyalar ham o‘simliklarning shakli o‘zgargan yerosti novdasidir. Tugunak o‘simliklarga hammamizga tanish bo‘lgan kartoshka, shoyigul, batat kabilar, ildizpoyali o‘sim liklarga esa g‘umay, qamish, aj riq, yalpiz, gulsafsar va shirin miyaga o‘xshash turlar kiradi.

Ulardan eng ko‘p tarqalgani kartoshka bilan tanishamiz. Kart oshkaning tugunaklari uning yerostidagi organlarida hosil bo‘ladi. Demak, kartoshka sha k li o‘zgargan yerosti novda ekan (43-rasm).

43-rasm. Kartoshka tugunagi

U, asosan, yumaloq shaklda bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda oziq moddalar (ayniqsa, kraxmal) saqlaydi, ichki tuzilishi jiha tidan novdaga o‘xshaydi. Tu gunaklaridagi chuqurchalarda – ko‘zchalarida kurtaklar joylashganligi bilan boshqa yerosti novdalardan farq qiladi.

Tugunaklar issiq, sernam sharoitda tez ko‘kara boshlaydi.

Tugunakdagi kurtaklardan yangi novda o‘sib chiqadi. Kur taklarning ko‘p qismi tugunakning uchiga yaqinroq joylashadi. Shuning uchun kartoshka, odatda, uchki kurtaklardan o‘sa boshlaydi.

Agar kartoshka tugunagi kesib ko‘rilsa, uning ichki tuzilishi poyanikidan farq qilmasligini ko‘rish mumkin.

Kartoshka tugunagida kraxmal borligini aniqlash uchun kesilgan tugunakka bir tomchi kuchsiz yod eritmasi tomizilsa, u asta-sekin ko‘karadi. Kraxmal boshqa o‘simlikdagi singari barglarda hosil bo‘lib, o‘sha yerda shakarga aylanadi va po‘stloqning elaksimon naychalari orqali tugunakka keladi. Bu yerda u qaytadan kraxmalga aylanadi va to‘planadi.

Bahorda kartoshka tugunaklari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytadan shakarga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shakar eritmasi bilan oziq lanadi va o‘sadi.

So‘nggi yillarda kartoshkani ko‘zchalaridan ekib, hosil olish ga katta e’tibor berilmoqda.

Kartoshkaning inson hayo tidagi ahamiyati benihoya katta, u asosan oziq-ovqat sifatida ishlatiladi.


Ildizpoya

Ildizpoya. Ildizpoyalarda qo‘shimcha ildiz, shakli o‘zgargan barg va kurtaklar bo‘ladi. Bu kurtaklardan qulay sharoitda yangi yerusti poya o‘sib chiqadi. Bunday o‘simliklarni ariq bo‘ylarida, zax yerlarda, o‘simliklar orasi da, xususan, paxtazorlarda ko‘pl ab uchratish mumkin.

44-rasm. Ildizpoyalar: g‘umay

Ildizpoyalarda ham kraxmal va boshqa oziq moddalar to‘pl anadi. Ildizpoyali o‘simliklardan g‘umay bilan tanishamiz (44-rasm). U ko‘p yillik yo‘g‘on ildizpoyali o‘t. Poyasi 50–150 sm baland likda. Barglari qalami nashtar simon. Ildizpoyasi va urug‘idan ko‘payadi. G‘umay sug‘oriladigan ekinlarga katta zarar kel tiradigan o‘simliklardan hisoblanadi. Uni yo‘qotish uchun kuzda yerni chuqur haydab, ildizpoyani terib tashlash kabi choralar ko‘riladi.

Ildizpoya o‘simlikning vegetativ ko‘payishi uchun xizmat qiladi. Ildizpoyalarda ham ko‘p miqdorda oziq moddalar to‘plan adi. Shuni ham aytish kerakki, ildizpoyada novdaga xos qo‘shimcha ildizlar, shakli o‘zgargan barg va kurtaklar bo‘ladi.

Shunday qilib, tugunak va ildizpoya yerosti novdalari shaklining o‘zgarishidan hosil bo‘ladi.


  1. Kartoshka tugunagi nima?
  2. Kartoshkaning tugunagida moddalar qanday to‘pla-nadi?
  3. Kartoshka «ko‘zcha»laridan ko‘payadimi?
  4. Ildizpoya nima?
  5. Ildizpoya shakli o‘zgargan novda ekanligini qanday isbotlash mumkin?
  6. Ildizpoyali begona o‘tlarga qarshi qanday kura shish mumkin?
Previous articleShakli o‘zgargan yerosti novdalar
Next articleBarg. Barglarning tashqi tuzilishi