Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi

0

Daryo qisqichbaqasining ichki tuzilishi. Дарё қисқичбақасининг ички тузилиши. Дарё кискичбакасининг ички тузилиши.


Muskullari va tana bo‘shlig‘i

Daryo qisqichbaqasining muskullari alohida muskul boylamlaridan iborat. Muskullar organlar atrofida to‘p-to‘p bo‘lib joylashgan. Xitin qoplag‘ichi keng tana bo‘shlig‘ini o‘rab turadi. Ichki organlar ana shu bo‘shliqda joylashgan.

Hazm qilish sistemasi

Qisqichbaqaning og‘zi boshining ostida joylashgan. Oziq og‘iz, qisqa halqum va qizilo‘ngach orqali ikki bo‘lmali oshqozonga o‘tadi (36-rasm). Oziq avval katta oshqozonda maydalangach, keyin kichik oshqozonga tushadi.

36-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi: 1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 5 – halqum usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez
36-rasm. Daryo qisqichbaqasining hazm qilish, jinsiy va nerv sistemasi: 1 – og‘iz; 2 – katta oshqozon; 3 – kichik oshqozon; 4 – ichak; 5 – halqum usti nerv tuguni; 6 – halqum osti nerv tuguni; 7 – qorin nerv zanjiri; 8 – jinsiy bez

U yerdan oziq suzilib o‘tgach, ichakka va undan jigar naylariga tushib hazm bo‘ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldiqlari dum suzgichining o‘rtasida joylashgan anal teshigi orqali chiqariladi.

Qon aylanish va nafas olish sistemalari

Boshko‘krakning orqa tomonida qonni haydab beruvchi oqish yurak joylashgan (37rasm). Qon aylanish sistemasi ochiq. Qon yurakdan chiqqan tomirlar orqali tana bo‘shlig‘iga o‘tib, to‘qimalarga oziq moddalar va kislorod olib boradi. U yerdan qon tomirlarga yig‘ilib, jabralarga boradi. Bu yerda kislorod suvdan qonga o‘tadi; qonda to‘planib qolgan karbonat angidrid jabralar orqali suvga chiqadi. Kislorod bilan to‘yingan qon yurak devoridagi uch juft teshikchalar orqali uning bo‘shlig‘iga o‘tadi.

37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi: 1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri
37-rasm. Daryo qisqichbaqasining ayirish, qon aylanish va nafas olish sistemasi: 1 – ayirish bezi; 2 – jabralar; 3 – yurak; 4 – orqa qon tomiri; 5 – qorin qon tomiri

Ayirish sistemasi

Ayirish sistemasi bosh tomonda joylashgan bir juft yashil bezlar va ularning naychalaridan iborat. Ularning tuzilishi yomg‘ir chuvalchanginikiga o‘xshash. Bu bezlarning pufaksimon kengaygan uchi tana bo‘shlig‘ida joylashgan, naychalari esa kalta mo‘ylovlarning asosida tashqariga ochiladi. Yashil bezlar qonda erigan zararli almashinuv mahsulo tlarini organizmdan chiqarib yuboradi.

Nerv sistemasi

Yomg‘ir chuvalchanginiki singari halqum usti va halqum osti nerv tugunla ri, halqum atrofi nerv halqasi va qorin nerv zanjiridan iborat. Halqum usti nerv tugunidan ko‘z va mo‘ylovlarga, halqumosti tugunidan jag‘larga, qorin nerv tugunlaridan esa barcha organlarga nervlar chiqadi.

Sezgi organlari

Qisqichbaqaning bir juft murakkab ko‘zlari harakatchan poyachalarning ustida joylashgan. Har bir ko‘z juda ko‘p mayda ko‘zchalardan tashkil topgan. Har qaysi ko‘zcha atrof-muhitning faqat kichik bir qismini ko‘radi. Hamma ko‘zchalar birgalikda yaxlit tasvirni hosil qiladi. Bunday ko‘rish ko‘pchilik bo‘g‘imoyoqlilar uchun xos bo‘lib, mozaik ko‘rish deyiladi.

Daryo qisqichbaqasi mo‘ylovlari va oyoqlari sirtida joylashgan tukchalar hid bilish hamda tuyg‘u organlari hisoblanadi. Kalta mo‘ylovlarining asosida eshitish va muvozanat saqlash organlari joylashgan.

Qisqichbaqasimonlarning xilma-xilligi va ahamiyati

Qisqichbaqasimonlarning 30 000 dan ortiq turi ma’lum. Ularning ko‘pchiligi dengiz va okeanlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda hayot kechiradi. Suvda muallaq yashovchi mayda qisqich baqasimonlar plankton deyiladi. Chuchuk suvlarda plankton qisqichbaqasimonlardan dafniya va siklop ko‘p uchraydi (38-rasm). Ular baliqchilik xo‘jaliklarida va akvariumda baliq boqish uchun maxsus ko‘paytiriladi.

38-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar
38-rasm. Har xil qisqichbaqasimonlar

Ko‘pchilik dengiz qisqichbaqasimonlari (krablar, omarlar, langustlar, krevetkalar) go‘shti uchun ovlanadi. Qisqichbaqasimonlar baliqlar, tishsiz kitlar va boshqa dengiz hayvonlarining asosiy ozig‘i hisoblanadi.

Qisqichbaqasimonlarning ayrim vakillari quruqlikda yashashga moslashgan. O‘zbekistonning cho‘l mintaqalarida zaxkash (eshak qurt) keng tarqalgan. Ular tuproqda in qurishi va o‘simlik qol diqlari bi lan oziqlanishi tufayli tuproqni yumshatib, uni chirin di moddalarga boyitadi.


  1. Daryo qisqichbaqasi muskullari qanday tuzilgan?
  2. Qisqichbaqa organizmida oziq qanday hazm bo‘ladi?
  3. Qisqichbaqaning qon aylanish sistemasi qanday tuzilgan?
  4. Qisqichbaqa qanday hafas oladi?
  5. Qisqichbaqaning ayirish sistemasi qanday tuzilgan?
  6. Qisqichbaqaning qaysi sezgi organlari rivojlangan?
  7. Qisqichbaqasimonlarning qaysi turlari chuchuk suvlarda tarqalgan?
  8. Qisqichbaqasimonlar qanday ahamiyatga ega?

Lugat daftaringizga yozib oling.

Katta oshqozon, kichik oshqozon, yashil bezlar, murakkab ko‘z, mozaik ko‘rish, plankton, dafniya, siklop, krab, omar, langust, krevetka, zaxkash.

?! sistemasi yomg‘ir chuvalchangining yopiq (tutash) qon aylanish sistemasidan

Previous articleBo‘g‘imoyoqlilar tipi. Daryo qisqichbaqasining tashqi tuzilishi va ko‘payishi
Next articleO‘rgimchaksimonlar sinfi. Butli o‘rgimchakning tuzilishi va hayot kechirishi