Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodi

0

Jaloliddin Rumiy (1207, Balx – 1273) – O‘rta Osiyolik buyuk shoir, olim. Otasi Bahoviddin o‘sha davrning etuk olimlaridan bo‘lgan. Jaloliddin Rumiy yoshligidayoq otasi bilan Kichik Osiyo (Kuniya)ga kelib o‘qigan va shu erda mudarrislik qilgan. Fors, arab, turkiy tillarda ijod qilgan.

Uning she’riyatiga E. E. Bertels: «Jaloliddin lirikasi bu sohada bashariyat erishgan eng buyuk yutukdardan biridir. Agar u G‘arbda kengroq ma’lum bo‘lganida, uning nomi jahon adabiyotining Shekspir, Gete, Pushkin kabi gigantlari qatoriga o‘tishi shubhasiz edi», – deb yuksak baho bergan.

Jaloliddin Rumiyning she’riy ijodi Fariduddin Attor (1151 – 1221) ning ta’sirida shakllangan. Fariduddin Attor Nishopurda Jaloliddin Rumiy bilan uchrashib suhbatlashgan va o‘zining «Asrornoma» asarining bir nusxasini Jaloliddin Rumiyga tuhfa qilgan. Uning Shams Tabriziyga bagishlab yozgan she’riy devoni o‘sha zamonda «Devoni Shams Tabriziy» nomi bilan mashhur bo‘lgan.

Devon 30000 baytdan iborat. Jaloliddin Rumiyning 27000 baytdan iborat «Masnaviyi Rumiy»si qariyb o‘n yil davomida yozilgan bo‘lib, Alisher Navoiy tili bilan aytganda «qoyili masnaviyi ma’naviy, g‘avvosi bahri yaqin» ligi bilan ajralib turadi. Shoir o‘z masnaviysida xalq hikoyalari asosida mazmunli yumorga, badiiyatga boy jonli novellalar yaratgan.

Asarda har bir hikoya ketidan uning talqini beriladi. Ko‘proq hayvonot olamidan olib yozilgan bu hikoyalar mistik mavhum tushunchalarni emas, balki real g‘oyalarni ilgari suradi, hayotiy voqea va hodisalarga ishora qiladi. Shoirning she’rlari musiqiyligi, soddaligi bilan xalq qo‘shiqlariga yaqin.

Jaloliddin Rumiy faqat shoirgina bo‘lib qolmay, mashhur faylasuf hamdir. U «Mavlaviy» nomli tasavvuf maktabiga asos solgan. Shoir o‘zining «Masnaviyi ma’naviy» va «Fihi mo fihi» asarlari bilan ozod fikrlash va nazariy tafakkurning taraqqiyoti masalasiga muhim hissa qo‘shdi. Mazkur asarlardagi har bir hikoya, afsina, masal va latifalar falsafiy g‘oyani ilgari suradi. Bu g‘oyalar keyingi davrlardagi ko‘pchilik mutafakkirlarning dunyoqarashiga yo‘l ochdi. Jaloliddin Rumiy ijodida zulmni qoralash va adolatni tarannum etish asosiy o‘rinni egallaydi.

Jaloliddin Rumiy inson irodasini ozodlikning birdan – bir vositasi deb hisolab, axloq printsip iva kategoriyalarini shu asosida hal qiladi. Uning qayd qilishicha, inson 5’z xulqini idora qilishda ozoddir. Ya’ni yomon xulqdan uzoqlashib, yaxshi xulqqa intiladi. Jaloliddin Rumiy falsafasidagi diniy-mistik qobiq orasidan inson shaxsiyatiga hurmat, kishilar birodarligi, xalq va millatlar haqidagi gumanistik g‘oya unib chiqadi.

Biroq Jaloliddin Rumiy asarlarida zulmga qarshi nafrat sezilmaydi. Lekin shunga qaramay Jaloliddin Rumiy o‘z zamonining zabardast mutafakkirlaridan bo‘lgan. Shoir she’riyatining asosiy g‘oyasi -insonga muhabbatdan iborat.

Previous articleSo‘fiy psixologiyasi yoki hol
Next articleAbu Abdullo Rudakiy hayoti va ijodi