Abu Abdullo Rudakiy hayoti va ijodi

0

Fors-tojik adabiyotining asoschisi Abu Abdullo Ja’far binni Muhammad Rudakiy Samarkand yaqinidagi Panjrudak qishlog‘ida tug‘ilgan. Uning taxallusi shu qishloq nomidan olingan bo‘lib, rud degan cholgu asbobi bilan bog‘liqligi to‘g‘risidagi fikrlar haqiqatdan yiroq.

U alohida qobi-liyat sohibi bo‘lib, «sakkiz yoshida Qur’onni xatm qilib, qorilikka o‘tgan va she’r ham ijod qila boshlagan. Chiroyli ovozi tufayli ashula aytish va ud asbobini chalishga kirishib, bu san’atda mahorat ko‘rsatdi».Esh iste’dod-ning ovozasini eshitgan Nasr ibn Ahmad uni Buxoroga — somoniylar saro-yiga da’vat qiladi.

Uning iste’dodi Buxoroda nash’u namo topadi. Rudakiyning basirligi to‘g‘-risida manbalardaturli fikrlar yuradi: bir xillari shoirning onadan ko‘r tug‘ilgan-ligini ta’kidlasalar, ikkinchilari Buxoro amiri qarmatlikda ayblab, uning ko‘ziga mil tortganligi haqida ma’lumot beradilar.

Shoirning tabiat manzaralarini hayratlanarli darajada yorqin tasvir-laganidan kelib chiqib, ko‘pchilik uning tug‘ma ko‘r bo‘lganligiga ishonmaydi. 1956 yili shoir kalla suyagini tekshirib ko‘rgan antropolog-haykaltarosh M. Gerasimov ko‘z kosasida qolgan izlardan shoirning ko‘zi kuydirilib ko‘r qilinganligini aniqladi. Adabiy-tarixiy manbalar shoir merosini 700 mingdan 1 million 300 ming misragacha ko‘rsatishadi.

Ba’zilar esa undan yuz jild meros qolgan deyishadi. Afsuski, bizga qadar bu muazzam merosning juda oz qismi etib kelgan. 1956 yili Rudakiyning 1100 yilligi munosabati bilan uning parokanda she’rlari bir erga jam-langanda 1840 misrani tashkil etgan edi. 1957 yili shoir she’rlari zabardast mutarjim va forsiy adabiyot bilimdoni Munirxon Muinzoda tarjimasida o‘zbek tilida ham bosilib chiqadi.

Rudakiy va uning safdoshlari forsiy she’riyatda bir necha asr hukmronlik qilgan Xuroson (yoki Turkiston) uslubiga asos solib, uni rivojlantirganlar.

Davlatshoh Samarqandiyning yozishicha, «ustod Rudakiy advor va musiqiy fanida tamom quvvatga ega edi… uning ilmlar va ko‘p fanlardan voqifligi bordir.

She’riyat turlaridan qasida va masnaviyni (ham) yaxshi aytar erdi. Ustod Rudakiy xosu avom oldidabaland martabaga erishgan». Ko‘pgina mashhur so‘z ustalarining yakdillik bilan e’tirof etishlaricha, Sharkda biror shoir Rudakiychalik shon-shuhratta burkanma-gan, ayni paytda, Rudakiychalik molu davlatga ham ega bo‘lmagan.

Afsuski, forsiy she’riyatning ustodi, Odam Atosi deb ulug‘langan shoir keksalikda qishlogiga qaytib, ko‘r, qashshoq va kasal holida vafot etadi. Rudakiyni ruboiy janrining yozma adabiyotdagi kashshofi xam deydilar. Chunki janrning barcha talablariga javob beradigan ilk ruboiylar Rudakiy qalamiga mansub. U o‘z ruboiylarida ishq mavzuini keng va chuqur yoritib berdi. Albatta, shoir ruboiylarida falsafiy fikrlar va zamondan shikoyat motivlari ham ko‘zga tashlanib turadi.

Previous articleJaloliddin Rumiy hayoti va ijodi
Next articleXusrav Dehlaviy hayoti va ijodi