Kanakunjut – Канакунжут
Kanakunjut bo‘yi 2–3 metr keladigan bir yillik o‘t (51-rasm). Bargi yirik panjasimon.

Palmaga o‘xshab tez o‘suvchi manzarali o‘simlik sifatida o‘stiriladi. Uning urug‘ida zaharli moddalar ko‘p uchraydi. Bu o‘simlikdan zaharlangan odamda ich ketishi, ko‘ngil aynishi, darmonsizlik kabi holatlar kuzatiladi.
Urug‘i tarkibida zahardan tashqari, 40–50% moy mavjud bo‘lib, tabobatda undan soch va terini parvarishlashda foydalaniladi. Kanakunjut moyi surtib yurilsa, soch va kipriklarning mustahkamligi ortadi.
Batafsil >> O‘zbekistonda keng tarqalgan dorivor va zaharli o‘simliklar