Psixologiyaga umumiy tarzda baho bersak – bu inson faoliyatni ob’ektiv reallik sifatida aks ettirish qonunlari haqidagi fandir. Fandagi va amaliyotdagi differensial – integratsion jarayonlar psixologiyaning ko‘plab yo‘nalishlarini paydo bo‘lishiga olib keladi. Bularning har biri o‘zining mummolarini echadi, ularning alohida vazifalari, metodlari va tushuntirib beruvchi tamoillari mavjud. Eng asosiysi fanning mustaqil yo‘nalishlari paydo bo‘lib ularning o‘ziga xos predmeti mavjudligidir.
Kasb psixologiyasining predmeti – bu shaxsni kasbni egallashi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘ziga xos tomonlari, qonuniyatlari, mexanizmlari xisoblanadi. Bundan kelib chiqib aytish mumkinki, kasb psixologiyasi – bu amaliy psixologiyaning alohida yo‘nalishi bo‘lib, shaxsni kasb tanlashining qonuniyatlarini shakllanishini, kasb tanlashni, bu kasbni egallashni, kasb mutaxassisini shakllanishi, baholanishini va shu kasbni egasi bo‘lishini, shuningdek kasbiy destrukturani o‘rganuvchi fan hisoblanadi.
Kasb psixologiyasining ob’ekti bu shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir, bu ta’sirning natijalarini o‘rganish hisoblanadi. Inson o‘z hayoti davomida kasb tanlar ekan, bu ikki jarayon o‘rtasida o‘zaro ta’sir sodir bo‘ladi. Bu o‘zaro ta’sirdan insonda qoniqish yoki qoniqmaslik jarayoni paydo bo‘ladi. Qoniqish insonni o‘z hayotini yaxshi qurishiga, undan o‘ziga xos foyda ko‘rishga olib keladi. Qoniqmaslik esa insonni o‘z kasbni o‘zgartirishga, boshqa kasbga o‘tishiga olib keladi. Inson ruhiyatidagi qoniqmaslik insonni ko‘plab kasbni almashtirishga, tanlagan kasbidan qoniqmaslikka olib keladi.
Kasb psixologiyasining ob’ekti bo‘lgan shaxs va kasb o‘rtasidagi o‘zaro munosabat shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlar va individual – psixologik jarayonlarga va kasbga xos bo‘lgan xususiyatlarga ham bog‘liq bo‘ladi. SHuni aytish joyizki kasbga xos bo‘lgan psixologik o‘ziga xos tomonlar ham mavjuddir. Deylik tikuvchilik kasbi uning o‘ziga mos bo‘lgan xususiyatlari mavjuddir. Bu kasb egasi materiallarni yaxshi bilishi, uni sifati va tikilish usullari, estetik va dizayn bilan bog‘liq nozik tomonlarini xar doim sezib turadi. Demak tikuvchining psixologik xususiyati bu uning nozik tabligi, odamlarning ruhiyati bilan bog‘liq didini yaxshi sezgan holda ishini bajarishi kerakligini ko‘rsatadi. Tikuvchi insonni go‘zal kiyimlar bilan bezatishga intiladi. Bu materialni tayyorlab beruvchi boshqa kasb egalari ham o‘zlariga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarga ega bo‘ladilar. Albatta, ko‘rinib turibdiki shaxs va kasb o‘rtasidagi me’yoriy munosabat amalga oshirilayotgan ishlarni sifatini tashkil etadi.
Kasb psixologiyasini psixologiya fanining mustaqil yo‘nalish ekanligini ko‘rsatish uchun mehnat psixologiyasini, injinerlik psixologiyasini, pedagogik va yosh davrlar psixologiyasini predmeti va ob’ektini farqini ko‘ramiz.
Psixologiya yo‘nalishlari | Izlanish predmeti | O‘rganish ob’ekti |
Mehnat psixologiyasi Injenerlik psixologiyasi Pedagogik psixologiya Yosh davrlari psixologiyasi Kasb psixologiyasi | Mehnat faoliyatini qonuniyatini va xususiyatini o‘rganadi Texnika va insonni o‘zaro ta’sirini psixologik qonuniyatlaririni o‘rganadi. Ta’lim va tarbiyaning psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi Shaxsni ontogenezdagi psixologik rivojlanishi qonuniyatlarini o‘rganadi Shaxsni kasb egasi bo‘lib borishining psixologik qonuniyatlarini o‘rganadi | Mehnat faoliyati: uning psixofiziologik va bajarilish xarakteristikasi “Inson – mashina” tizimi Tarbiyalanuvchilar Shaxsni ontogenezdagi psixologik rivojlanishi Shaxsni “Inson – kasb” tizimidagi rivojlanishini o‘rganadi |
Kasb psixologiyasi bu fanlar predmeti va o‘rganish ob’ekti bilan farqlanishi bilan birga ularni olib borayotgan tadqiqotlari yutuqlariga ham suyanadi. Kasb psixologiyasi o‘zining predmetini o‘rganishi orqali insonlarni kasb tanlashlariga yo‘nalishlar berish mehnat psixologiyasiga, injinerlik psixologiyasiga o‘z yordamini beradi.
Kasb psixologiyasining o‘rganish predmeti shaxsga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlardan kelib chiqib kasbga insonni qiziqishini, bu kasbni egallash balan bog‘liq bo‘lgan ehtiyojlar va manfaatlarni, maqsad va intilishlarini o‘ganadi. Xar bir inson o‘ziga yarasha individual ekanligini undagi psixologik xususiyatlar o‘ziga xos jarayon ekanligini o‘rganib boradi. Deylik ayrim yoshlar kasbni tez o‘rgansa ayrimlari unchalik diqqat qilmaganligi, e’tiborsizligi tufayli kasbni o‘rgana olmasligini ko‘rish mumkin. Ayrim yoshlar nazariy jihatidan tez o‘zlashtirsalar ayrimlari amaliyotda tez va yaxshi o‘zlashtirib boradilar. Kasb tanlashda xam ayrimlar o‘z maqsadlarini yaxshi anglamaganligi tufayli kasb tanlay olmaydi. Ayrimlarga qaysi kasb bo‘lsa ham barbir, ular kasblarni yaxshi bilmaydilar.