Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati

0

Kibermakonda din va axborot iste’moli madaniyati. Кибермаконда дин ва ахборот истеъмоли маданияти.


Faollashtirish uchun savol va topshiriqlar

  1. «Kimki axborotga ega bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi» degan fikrni siz qanday tushunasiz?
  2. Internetdagi rasmiy va norasmiy ma’lumotlar deganda nimani tushunasiz? Norasmiy ma’lumotlarga qanchalik ishonasiz?
  3. Yolg‘on xabar tarqatish, birovning tinchligini buzish milliy qadriyatlarimizda qanday baholanadi?
  4. Sizning mobil telefoningizga yoki elektron pochtangizga noma’lum shaxslar tomonidan yuborilgan xabarga munosabatingiz qanday?


Kibermakon

Bugungi kunda Internet orqali sodir etilayotgan jinoyatlar ko‘plab kuzatilmoqda. Ular kibermakonda o‘zlari uchun «in qurib» olib, global miqyosda ijtimoiy-iqtisodiy va mafkuraviy tahdidlarning vujudga kelishiga sababchi bo‘lmoqda.


Kishining barcha eshitganlarini gapi raverishi uning yol g‘on chiligiga yetarli dalildir.

Hadis


«Kibermakon»          tushunchasi         birinchi      marotaba 1982-yilda iste’molga kiritilgan. Kibermakon «kibernetika» va «makon» so‘zlarining birlashmasidan iborat.

Kibernetikaning texnik asosini elektron hisoblash mashinalari — kompyuterlar tashkil qiladi. Kibermakon axborot uzatish va qabul qilish orqali turli jarayonlarni boshqarish va ularga ta’sir o‘tkazishning eng qulay vositasiga aylandi.

Kibernetika (yunoncha, boshqarish san’ati)axborotni qabul qilish, uni qayta ishlash hamda undan turli jarayonlarni boshqarishda foydalanish bilan shug‘ullanadigan fan.

Axborot — tasavvurning shakliga qaramasdan, shaxslar, voqealar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumot.


Bugungi kunda global xavf bo‘lgan terrorchilik Internet olamiga ham kirib borib, kiberterrorchilik atamasi yuzaga keldi.

Kiberterrorchilar axborot texnologiyalaridan foydalanib, siyosiy, diniy va mafkuraviy ta’sir o‘tkazishga harakat qiladilar. Bu jarayonda, ko‘pincha, xakerlar xizmatidan foydalaniladi.

Xakerlar dunyoning ko‘plab mamlakatlarida davlat idoralari, moliya tizimlari, xalqaro tashkilotlarning ma’lumot zaxiralariga hujumlar uyushtirib, tartibsizliklarni keltirib chiqaradilar.


Informatsiya — (lot. informatio — tushuntirish, ma’lum kilish) — kibernetikaning asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, ko‘rsatkichlar, ma’lumotlar, xabarlarning majmuyi va h. k.


Kiberterrorchilar o‘smir yoshlarning qiziqishiga qarab, ularni turli videolavhalar va fotosuratlarni tomosha qilishga jalb etadilar. Bu bilan esa milliy va umuminsoniy qadriyatlarga putur yetkazishga harakat qiladilar. Natijada manqurt insonlar shakllantirish orqali davlatlarda tinchlik va barqarorlik muhitini izdan chiqaradilar.

Kiberterrorchilar o‘z maqsadlarini amalga oshirishda diniy omildan foydalanib, insonlarning qalblarini egallashga harakat qiladilar. Bunda diniy tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qilish orqali ma’lum bir hududda mutaas sib lik kayfiyatini shakllantirish asosiy maqsad hisoblanadi.


Axborot

Globallashuv sharoitida ma’lumotlarning zamonaviy vositalar orqali tezlik bilan tarqatilishi kuzatilmoqda. Internet tizimi orqali tarqatilayotgan xabar va ma’lumotlarga turli siyosiy taqiqlar, davlat chegaralari to‘siq bo‘la olmasligi katta moddiy va ma’naviy xavfning kelib chiqishiga sabab bo‘layotganini bir qancha davlatlar misolida ko‘rishimiz mumkin.


Axborot iste’moli madaniyati — inson ma’naviyatini izdan chiqarishga qaratilgan axborotlarga qarshi ma’naviy-ruhiy kuchdir.


Norasmiy xabarlarda buzg‘unchi g‘oyalar targ‘iboti va terrorga chaqiriqlar juda ko‘p uchraydi. Shuning uchun ham bugungi kunda har bir shaxsda axborot iste’moli madaniyatini yuksaltirish hayot zaruratiga aylandi.

Informatsion tahdid — axborot ta’sirining real tahdidi.

Zero, zamonaviy ilmiy-texnikaviy inqilob jamiyat hayotining moddiy asoslarini tartibga soldi. Xalqlarning turmush darajasini ular yashaydigan hudud yoki undagi yer resurslari emas, balki axborot, intellektual yoki ma’naviy salohiyat belgilab bera boshladi.

Informatsion xavf — ma’lum bir siyosiy va ijtimoiy kuchlarning shaxs, jamiyat va davlat manfaatlariga real informatsion ta’siri.


Ijodiy faoliyat

Berilgan matnni o‘qing va ularning mazmunini axborot iste’moli madaniyati tushunchasi bilan izohlashga harakat qiling.

Ey mo‘minlar! Agar sizlarga biror fosiq kimsa xabar keltirsa, sizlar (haqiqiy ahvolni) bilmagan holingizda biror qavmga aziyat yetkazib qo‘yib, (keyin) qilgan ishlaringizga pushaymon bo‘lmasligingiz uchun (u xabarni) aniqlab (tekshirib) ko‘ringiz!

Qur’oni karim. Hujurot, 6-oyat.

Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega. Har kim o‘zi istagan axborotni izlash, olish va uni tarqatish huquqiga ega, amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.

O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 29-modda


Inson ongi uchun kurash

Inson ongini yot va begona g‘oyalar bilan zaharlash, ba’zan uning tanlagan sog‘lom hayot yo‘lidan og‘ib ketishiga olib keluvchi axborotlar aynan norasmiy manbalar tomonidan tarqatiladi.

Axborot xurujlari natijasida turli davlatlar chegaralari daxlsizligining buzilishigacha borilayotgani bugungi kunda mafkura poligonlari yadro poligonlaridan ham ko‘proq kuchga ega ekanligini isbotlamoqda. Axborot urushining asosiy maqsadi shaxs yoki mamlakatning tinchligiga tahdid solgan holda, bosim o‘tkazishdan iborat.


Axborot iste’moli madaniyati — ezgulik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi ma’lumotlarni axborot dunyosidan saralab olishdagi bilimlar, qobiliyat va malakani o‘zida ifoda etadi.

Virtual muloqot

Virtual muloqot vositalari har xil turdagi fayllar va xabarlarni almashish maqsadida tuzilgan.

Hozirgi kunda virtual muloqot vositalari orqali yuborilayotgan ma’lumotlar faqat boshqalarni hayron qoldirishga asoslanadi va uning to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri ekani ahamiyatsizdir. Bunda, ko‘pincha, asossiz ma’lumot tarqatilib, ushbu holatni yuzlab, minglab odamlar o‘zlaricha muhokama qilishadi.


Ijodiy faoliyat

Mazkur holatni tahlil qiling.

Anchadan beri bir­biri bilan ko‘rishmagan Adham va Akbar ismli do‘stlar uchrashib qolishdi. Adham do‘stiga shu yaqin o‘rtada shinamgina milliy taomlar oshxonasi bor, Wi­Fi ham tekin, deb do‘stini birgalikda tushlik qilish ga taklif etdi. Ularni orasta kiyingan oshxona xodimi kutib oldi. Adham oshxona xodimidan Wi­Fi yoqib berishni so‘radi. Telefonlar jahon axborot tarmog‘iga ulandi. Buyurtirilgan taom kel tirildi. Har ikkala do‘st taom ustida telefonlariga jo‘natilgan rasmlarni ko‘rish, latifalarni o‘qish bilan band bo‘lib o‘tirishdi. Ular tamaddi qilib bo‘lib, ko‘chaga chiqishar ekan, telefon raqamlarini yozib olishdi va bir­birlariga telegram orqali xabar yozib turishga ahdlashishdi.


Axborot quroli, konkret, maxsus tanlangan muhim obyekt yoki undagi zarur qismni ishdan chiqarish ga qaratilgan yuqori aniqlikka ega harbiy vositalardan farqli o‘laroq, butun harbiy, iqtisodiy yoki sotsial tizimni ishdan chiqarish xususiyatiga ega. V. Slipchenko


Sog‘lom aql egalari Internet qulayliklaridan o‘z bilimlarini oshirish yo‘lida oqilona foydalanadilar. Lekin ba’zi yoshlar ushbu tarmoqdagi yovuzlikka, ma’naviy tanazzulga sabab bo‘ladigan saytlarda «sayr qilib», o‘zlari va atrofdagilarning ongini zaharlaydilar.


Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
  1. Axborot tahdidi deganda nimani tushunasiz?
  2. Axborotni to‘g‘ri qabul qilish uchun qanday amallar bajarish kerak?
  3. Norasmiy axborotlar nimasi bilan xavfli?
  4. Sizning hayotingizga qanday informatsion tahdid yoki informatsion xavf ta’sir ko‘rsatishi mumkin? Javobingizni asoslang.
  5. Telegram orqali «ishlaringiz yaxshi bo‘lishini xohlasangiz ushbu xabarni o‘nta odamga yuboring, aks holda…» degan xabar oldingiz. Bu xabar va topshiriqqa munosabatingiz qanday bo‘ladi?
Previous articleEkstremizm nima? Экстремизм нима?
Next articleKibernetika nima? Кибернетика нима?