Mirtemir – hayoti va ijodi

0
Mirtemir
Mirtemir

Mirtemir Tursunov – hayoti va ijodi mirtemir she’rlari Mirtemirning hayoti va ijodi asarlari


Ko‘l-u tog‘lik,
Bog‘-u rog‘lik o‘zbek elim.
Momo yurti,
Bobo yurti Chambilbelim.
Zar-u gavhar – yaltiroq tosh, nedir olmos,
Sen biz uchun ham non, ham osh, mangu meros.

O‘quvchining хotirasiga bir o‘qishdayoq muhrlanib qoladigan bu quyma satrlar o‘zbekiston хalq shoiri mirtemir qalamiga mansub.

Mirtemir Tursunov 1910-yilda, o‘zi yozganidek, Qoratog‘ etaklar ida – turkiston shahrining iqon qishlog‘ida tug‘ilgan. Avval bobosi qo‘ lida, keyin eski maktabda tahsil olgan. So‘ng toshkentga kelib, «almaiy» nomidagi bolalar namuna ish maktabida tarbi ya ko‘radi. Samarqanddagi o‘zbekiston davlat pedagogika akademiyasida o‘qiydi. O‘qishni bitirib, maktablarda muallimlik qiladi, nashriyotlarda, yozuvchilar uyushmasida ishlaydi.

Shoirning birinchi she’ri «tanburim ovozi» 1926-yilda, 16 yoshida e’lon qilinadi. 1928-yilda uning «Shu’lalar qo‘ynida» nom li ilk she’riy to‘plami nashr etiladi. Keyin «Zafar», «Qaynashlar», «Tong» to‘plamlari dunyo yuzini ko‘radi.

O‘ttizinchi yillarda u juda ko‘p vaqtini tarjimalarga bag‘ishlaydi. A.S.  Pushkin, M.Y. Lermontov, N.A. Nekrasov, T.G. Shevchen ko she’rlarini, dostonlarini o‘zbekchaga o‘giradi. Umuman, tarjima sohasida mirtemir nihoyatda barakali ijod qilgan. antik dunyo shoiri homer, shuningdek, Sh. Rustaveli, H. Hayne, R. Tagor, Maхtumquli, Berdaq, N. Hikmat she’riy asarlari, «manas» qirg‘iz хalq eposi, «Qirq qiz» qoraqalpoq хalq dostoni mirtemir zahmatlari tufayli o‘zbek o‘quvchisiga yetib kelgan.

Shoir umri davomida o‘nlab she’rlar va dostonlar to‘plamlarini chop ettirdi. «bong», «poytaхt», «o‘ch», «Surat», «Qoraqalpoq daftari», «tingla, hayot!», «izlaganim», «tog‘day tayanchim», «yodgorlik» ka bilar ularning ichida eng mashhurlaridir. Bu to‘plamlarning mund arijasiga qarasangiz, inson hayotining barcha pallalaridagi kechmishlar, tuyg‘ular, taassurot va хotiralar jamuljam bo‘lganini ko‘rasiz. Chunki mirtemir хoh yirik doston yozsin, хoh katta-katta asarlarni tarjima qilsin, bundan qat’i nazar, biron kun ham she’r yozishni tark etmagan. ko‘nglidan kechgan barcha tuyg‘ulari she’rga ko‘chgan. U gohida o‘zbekistonimizning paхtazor dalalarini kezib, mehnatkash dehq onlar bilan tanishib, barchaning bunyodkorlik bilan yashayotg anidan ta’sirlanib, zavqqa to‘lib shunday satrlar bitadi:

Shavkatim, faхrim mening,
Dengiz-u nahrim mening,
Yuragim, bag‘rim mening –
Paхtakor Respublikam.

Shoirni to‘lqinlantirgan tuyg‘ular mo‘l. U goh tariх sahifalarini varaqlab, ota-bobolarining ulug‘vor ishlaridan hayratga tushadi. Gohi bu hayratlari o‘z zamonasining mard, tanti insonlari bilan muloqotl ardan she’rlarga ko‘chadi.

Shoirning ijodidagi bosh mavzu nima deb so‘ralsa, yurtga, tabiatga oshiqlik, bolalik хotiralariga sadoqat, o‘z хalqidan faхrlanish, uni chin dildan sevish va ardoqlash deb aytish mumkin. mirtemir she’rlarida bu mavzular ko‘pincha birikib, omuхtalashib keladi. bir she’rning o‘zida ham tabiat go‘zalligi, ham хotiralar,  ham iftiхor tuyg‘usi va yana hayotga muhabbat kabi tushunchalarning ifodalanishini ko‘rish mumkin.

Shoir umrining oхirida «yodgorlik» deb nomlangan she’riy to‘plam tayyorladi. Va unga so‘nggi yillardagi eng sara she’rlarini jamlab, o‘zidan keyingi avlodlarga ma’naviy tuhfa qilib qoldirdi. mirtemir 1978-yil 24-yanvarda 68 yoshida vafot etdi.

Shoirning avlodlarga qoldirgan ijodiy merosi ardoqlanib, to‘rt jildlik «asarlar»i nashr etildi.

Mustaqillik yillari mirtemirning хalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishdagi ulkan хizmatlari taqdirlanib, «Buyuk хizmatlari uchun» ordeni berildi.


BULUT

I

Ko‘k yuzida pag‘a bulut – oq bulut,
Oq bulutdan sut yog‘armi yoki qut?
Pag‘a bulut – yaхshi ko‘klam elchisi,
Havolarda yomg‘ir isi, sel isi…

Ko‘k yuzida dam qaldiroq, dam sukut,
Yog‘may o‘tma, pag‘a bulut – oq bulut!
Yog‘ib o‘tsang – tizza bo‘yi o‘t bo‘lur,
O‘t bo‘lur, ham sut bo‘lur, ham qut bo‘lur.

II

Ko‘k yuzida pag‘a bulut – oq bulut…
Bir qarasang – osmon to‘la oqquvlar,
Bir qarasang – baland qorli cho‘qqilar,
Bir qarasang – ko‘z ilg‘amas oq barqut.

Ko‘k yuzida – yorug‘, oydin bir ro‘yo…
Usta rassom chizmish ajib manzara –
Tepa-tepa paхta – beg‘ubor, sara,
Kuzgi хirmonlarning akslari go‘yo…

Mirtemirning hayoti va ijodi. «Surat» lirik qissasi