Madaniy o’simliklarning vegetativ ko’payishi

0

Madaniy o’simliklarning vegetativ ko’payishi. Маданий ўсимликларнинг вегетатив кўпайиши.


O‘simliklarni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirishni odamlar juda qadim zamonlarda bilgan va hozirgacha undan foydalanib keladi. Dehqonlar va bog‘b onlar bunday ko‘paytirish usuliga katta e’tibor beradilar. Juda ko‘p madaniy o‘simliklar tugunagi, novdasi va bargl aridan ko‘payt iriladi. Masalan, anjir, anor, tok, terak, qo raqat, malina, jiyda, atirgul hamda issiqxona larda o‘stiril adigan gull arning aksar iyat qismi qalamchasidan ko‘pay tiriladi. Tok qalamchalari kuzda tok kesish vaqtida tayy orlanadi.

Ular 45–50 sm uzunlikda bo‘ladi. Tayyor qalamchalarni bog‘-bog‘ qilib nam chuqurga ko‘mib qo‘yil adi. Bahor kelishi bilan ularni olib dalalarga ekiladi (62-rasm).

62-rasm. Vegetativ ko‘paytirish: 1–qalamchadan ko‘paytirish; 2–bargdan ko‘paytirish.
62-rasm. Vegetativ ko‘paytirish: 1–qalamchadan ko‘paytirish; 2–bargdan ko‘paytirish.

Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan boshqa o‘simliklar ham shu usulda ko‘paytiriladi. Oddiy sharoitda vegetativ yo‘l bilan ko‘paymay digan o‘simliklar ham keyingi yillarda maxsus issiqxonalarda qalamchasidan o‘stirilmoqda. Buning uchun qalamchalarning pastki uchini ma’lum vaqtgacha maxsus biologik faol kimyoviy eritmaga botirib qo‘yib, keyin issiqxonalardagi qumli nam tup roqqa ekiladi.

Payvandlash deganda, bir o‘simlikning ma’lum qismini ikkinchi o‘simlikka turli usullar bilan o‘rnatish tushuniladi. Payvandlashning juda ko‘p usullari bor (kurtak, iskana va nay cha).

Iskana payvand, asosan, erta bahorda, daraxtlarda shira harakati yurishidan oldin (fevral oyining oxiridan aprel oyigacha) qilinadi. Payvand uchun maqsadga muvofi q navdan (payvand ustdan) yillik novdalar shira harakati boshlanmasdan oldin kesib olinib, maxsus salqin joylarda saqlanadi.

Payvand qilish muddati kelishi bilan qalamchalar kattaroq yoshdagi daraxtlarning shoxlariga yoki tanasiga (yoshroq tuplarga) o‘rnatiladi. Payvand uchun olingan novdalarda 2–3 tadan kurtak qoldirilib kesiladi va pastki qismi ponaga o‘xshatib kesiladi. Payvandtag tekis arr alanib, pona orqali 2 yoki 4 ga ajratiladi. Tayyor qalamchalar payvandtagdagi yoriqlarga po‘stlog‘i po‘stlog‘iga tegadigan qilib mahkam o‘rnatiladi. Shundan so‘ng ponalar olib tashlanadi va qalamcha o‘rnatilgan joyga maxsus mumsimon modda suriladi yoki mustahkam chiptalar bilan boylab qo‘yiladi (63-rasm).

63-rasm. Iskana payvand: 1–qalamcha o‘rnatish uchun yorilgan poya; 2–yorilgan poyaga o‘rnatish uchun tayyorlangan qalamchalar; 3–qalamchalar o‘rnatilgan poya; 4–bog‘langan qalamchalar.

Payvandlardan eng ko‘p tarqalgani kurtak payvanddir. Payv andlash uchun kesib olinadigan kurtakli qalamcha payvandust deyiladi. Payvand qilish uchun o‘stirilgan urug‘ko‘chat pay vandtag deyiladi. Payvandlash uchun kurtaklari tinim davrida bo‘lgan bir yillik, quyoshda toblangan novdalar kesib olinadi (64-rasm).

Payvandlash uchun dastlab payvandtag po‘stlog‘i o‘tkir pichoq bi lan «T» harfi shaklida kesiladi. Kesilgan joy po‘stl og‘i asta-sek in keriladi. Ulanadigan kurtak biroz po‘st loq va yog‘ochligi bilan birga kesib olinadi va payvandtagdagi ochil gan po‘stloq orasiga joylanadi, so‘ngra 64-rasmda ko‘rsatilgan idek, yuqoridan pastga qarab chipta bilan o‘rab bog‘lanadi. Pay vand qilingan kur taklarning tutgan-tutmaganligi 6–10 kunda bilinadi. Kurtagidan payvandlash, asosan, avgust oyida o‘tkaziladi.

64-rasm. Kurtak payvand: 1– kurtagi kesib olinadigan payvandust; 2–barg qo‘ltig‘idan kesib olinadigan kurtak; 3– atrofdagi po‘stlog‘i va barg bandi bilan kesib olingan kurtak; 4– kurtakni o‘rnatish uchun po‘stlog‘i «T» shaklida kesilgan payvandtag; 5– po‘stloq orasiga kurtakning o‘rnatilishi; 6– po‘stloq orasiga o‘rnatilgan kurtak; 7– chipta bilan bog‘langan kurtak; 8– kurtakdan ko‘kargan novda payvandtagga bog‘langan.
64-rasm. Kurtak payvand: 1– kurtagi kesib olinadigan payvandust; 2–barg qo‘ltig‘idan kesib olinadigan kurtak; 3– atrofdagi po‘stlog‘i va barg bandi bilan kesib olingan kurtak; 4– kurtakni o‘rnatish uchun po‘stlog‘i «T» shaklida kesilgan payvandtag; 5– po‘stloq orasiga kurtakning o‘rnatilishi; 6– po‘stloq orasiga o‘rnatilgan kurtak; 7– chipta bilan bog‘langan kurtak; 8– kurtakdan ko‘kargan novda payvandtagga bog‘langan.

Vegetativ yo‘l bilan ko‘payadigan o‘simliklardan yana biri qulupnaydir. U, asosan, poyasidan ko‘payadi. Bitta asosiy tupdagi poyalarning sudralib o‘sishi hisobiga bir necha tup qulupnay hosil bo‘ladi. Asosiy tupdan o‘sib chiqqan sudraluvchi yosh poyasi jingalak deyiladi.

Yozda qulay sharoitda jingalakdagi kurtaklardan barg va ildizchali kichik o‘simlik tupi rivojlanadi. Avgust oyida yoki kelgusi yil bahorida yosh nihollar boshqa joyga olib o‘tkaziladi. Bunday o‘simliklar gultuvaklarda va ochiq yerda o‘stiriladigan manzarali o‘simliklar orasida ham ko‘p uch raydi.

Bundan tashqari, ayrim o‘simliklarning tugunagi va piyozboshi kesib yoki bo‘laklarga bo‘lib ekiladi. Ba’zi madaniy o‘siml iklar parxish yo‘li bilan ko‘paytiriladi (tok, atirgul, qoraqat). Bunda o‘simliklar novdasining ma’lum qismi asosiy poyadan ajratilmagan holda tuproqqa ko‘miladi. Ko‘milgan novda ildiz hosil qilgandan keyin asosiy poyadan ajratiladi.

Shunday qilib, tez va yuqori hosil olish, yaxshi sifatli navlarni saqlab qolish hamda ko‘paytirish maqsadida madaniy o‘sim liklar vegetativ yo‘l bilan ko‘paytiriladi.


  1. Tok, anjir, anor, jiyda va terakni qalamchasidan ko‘paytirish uchun nima qilish kerak?
  2. Qalamchalar o‘sib chiqishi uchun qanday sharoit zarur?
  3. Kurtak payvand qanday qilinadi?
Previous articleYovvoyi o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi
Next articleDin va «ommaviy madaniyat»