Barg. Barglarning tashqi tuzilishi

0

Барг. Баргларнинг ташқи тузилиши.


Barg – novdaning bir qismi bo‘lib, o‘simliklardagi muhim hayotiy jarayonlar (fotosintez) asosida organik moddalar hosil qiluvchi, suvni bug‘latuvchi va nafas oluvchi asosiy vegetativ organi.

45-rasm. Olma bargi: 1–barg yaprog‘i; 2–barg bandi; 3–barg tomirlari; 4–yon bargchalari.
45-rasm. Olma bargi: 1–barg yaprog‘i; 2–barg bandi; 3–barg tomirlari; 4–yon bargchalari.

Barg, asosan ikki qismdan: barg yaprogi va barg bandidan tashkil topgan (45-rasm). Ayrim o‘simliklar barg bandining pastki qismida yon bargchalar ham bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi. Bunday barglar bandsiz barg deyiladi. Barglar poyaga yoki novdaga, odatda, barg bandi bilan bi rikadi. Bandsiz barglar poyaga yap rog‘ining pastki (ostki) qismi bilan birikadi (46-rasm).

46-rasm. Lolaning bandsiz bargi
46-rasm. Lolaning bandsiz bargi

Bandli barglar ta biatda ko‘p tarqalgan. Masalan, olma, o‘rik, nok, terak, yong‘oq, anjir, tok, bodring, qovun kabi mevali va poliz ekinlari, manzarali o‘simliklarning bargi bandli; lola, shirach, guls afsar, bug‘doy, makkajo‘xori, arpa, sholi kabi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi.

Ko‘pchilik o‘simliklarning bargi va bargchalari aniq ko‘rinib turadigan va ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan tomirli bo‘ladi. Odatda, ular bargning orqa tomonida yaxshi ko‘rinadi. Tomirlar barg bandidan bargga o‘tib shoxlanadi. Shu tomirlar tufayli barg mustahkam bo‘ladi.

O‘simliklar turiga qarab, tomirlar turlicha shoxl anad i. Ular o‘simliklarni bir-biridan farq qilishda muhim rol o‘y naydi. Masalan, ikki urug‘pallali o‘simliklar bilan bir urug‘ pallali o‘simliklarni bir-biridan farq qilishd a, asosan, ularning tomiriga e’tib or berilad i. Ikki urug‘pallali o‘siml iklarning bargi, odatda patsimon va panjasimon (to‘rsimon) tomirlangan. Ularni, ayniqsa, ter ak, chinor, olma, o‘rik, nok, tut, g‘o‘za ka bi o‘sim liklar bargida yaxshi ko‘rish mumkin (47-rasm).

47-rasm. Tutning panjasimon tomirlangan bargi
47-rasm. Tutning panjasimon tomirlangan bargi

Bir urug‘pallali o‘sim liklardan bug‘doy, arpa, makka jo‘xori, oq jo‘xori, g‘umay va boshqalar bargining tomiri barglar chetiga parallel yoki yoy simon joylashgan. Bunday tomirlanish parallel yoki yoysimon tomirlanish deb ataladi (48-rasm).

48-rasm. Parallel va yoysimon tomirlangan barglar: 1–parallel tomirlar; 2–yoysimon tomirlar

Poyadan kelayotgan suv va unda erigan oziq moddalar tomirlar bo‘ylab barglarga keladi va barglarda hosil bo‘lgan foto sintez natijasida hosil bo‘lgan or ganik moddalar poyaga o‘tadi.

O‘simliklar bargi orqali nafas oladi va bunda suvni bug‘latadi. Barglarda fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo‘ladi.

 


  1. Barg qanday qismlardan tashkil topgan?
  2. Qanday barglar bandsiz barg deyiladi? Bandsiz bargli o‘simliklarga misol keltiring.
  3. Panjasimon tomirlangan barglarni tushuntiring va ularga misol keltiring.
  4. Qaysi o‘simliklarning bargi parallel yoki yoysimon tomirlangan bo‘ladi?
  5. O‘simliklarning turlarini farq qilishda barg tomirlari qanday rol o‘ynaydi? Misol keltiring.
Previous articleTugunak va ildizpoyalar
Next articleOddiy va murakkab barglar. Barglarning shakllari