Barglarning suv bug‘latishi

0

Barglarning suv bug‘latishi. Баргларнинг сув буғлатиши.


O‘simliklar hayotidagi muhim jarayonlardan yana biri suv bug‘latishdir. Suv bug‘lanishi tufayli ildiz orqali suv va mineral tuzlarning so‘rilishi tezlashadi. Bu modd alar poya bo‘ylab harakat qiladi. Suv bug‘l atish o‘simlik organlarini qizib ket ishdan saqlaydi. Buni tajribada oson teks hirib ko‘rish mumkin.

Masalan, gultu vakda o‘sib turgan o‘simliklardan birining bargli novdasini kolbaga solib, og‘zi paxta bilan berkitilsa, oradan bir necha soat o‘tgach kolba devorida suv tomchilari hosil bo‘lganini ko‘rish mumkin (59-rasm). Bu o‘simliklar bargidan bug‘ shaklida ajral gan suvdir.

59-rasm. Bargning suv bug4latishi
59-rasm. Bargning suv bug4latishi

Suv barglardagi og‘izchalar orqali bug‘lanib chiqadi. Bir tup o‘simlikdagi barglar qancha suv bug‘latishini hisoblab chiqish mumkin. Buning uchun o‘sim likning bargli novdachasi suvli shisha idishga solinadi va suv bug‘lanib ketmasligi uchun uning yuziga ozroq moy tomiziladi. Tarozining bir pallasiga shisha idish, ikkinchi pallasiga qadoqtosh qo‘yib, pallalar muvo zan atga keltiriladi.

Barglar suvni bug‘latganligi uchun shisha idishdagi suv kamayadi. Natijada, shisha idishli tarozi pallasi asta-sekin ko‘tariladi. Oradan bir sutka o‘tgandan keyin tarozi pallalari qadoqtoshlar yordamida yana muvozanatga keltiriladi va bir sutkada qancha suv bug‘ langanligi aniqlanadi. O‘simliklar turiga va qayerda o‘sishiga qarab tuproqdan oladigan suvni turli darajada bug‘latadi. Issiq va quruq sharoitda o‘sadigan o‘simliklar suvni nisbatan kam bug‘latadi. Chunki ayrim cho‘l o‘siml iklarining barglari juda maydalashib ketgan (saksovulda) yoki shaklini o‘zgartirib, tikanga (kaktusl arda) aylangan (60-rasm).

60-rasm. Barglari tikanga aylangan kaktus.
60-rasm. Barglari tikanga aylangan kaktus.

Boshqa bir tur o‘simliklar esa tuklar bilan qalin qoplanganligi uchun suvni kam bug‘latadi. Ayrim cho‘l o‘simliklari (shuvoq, qora boyalich va boshqalar) suv kam bug‘lanishi uchun yoz oylarida barglarini to‘kib yuboradi.

Olimlarning aniqlashicha, bir tup g‘o‘za yoz davomida o‘z vaznidan 500–600 hissa ko‘p suv bug‘latadi. Bir tup mak kajo‘xori yoz davomida bug‘l atgan  suv 200 l ga to‘g‘ri keladi. Bir tup o‘rta yoshdagi (30–40 yill ik) shirinmiya (qiz ilmiya) yoz davomida 500–600 l suv bug‘ latadi.

Shuni alohida qayd qilish kerakki, o‘simliklar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘lgan suv bug‘lanishi jarayoni barglardagi og‘izchalar orqali amalga oshadi.


  1. Barglarning suv bug‘latishi qanday ahamiyatga ega?
  2. Xonada o‘stiriladigan o‘simliklarning bargi nima uchun yuvib va artib turiladi?
  3. Hamma o‘simliklar ham bir xilda suv bug‘latadimi?
  4. Barglar qanday sharoitda suvni ko‘p bug‘latadi?
  5. Nega ko‘chatlar salqinda ekiladi?
Previous articleBarglarning nafas olishi
Next articleYovvoyi o‘simliklarning vegetativ ko‘payishi