Barglarning nafas olishi

0

Barglarning nafas olishi. Баргларнинг нафас олиши.


Yashil barglar hujayrasida fotosintez jarayonida organik moddalar hosil bo‘lishi bilan bir qatorda nafas olish jarayoni ham boradi. Demak, o‘simliklarning boshqa organlari qatori barglari ham nafas oladi. Bunda ular xuddi hayvonlar kabi havodan kislorod olib, karbonat angidrid gazini ajratib chiqaradi.

O‘simliklarning nafas olish jarayoni uning oziqlanishidan keskin farq qiladi. Nafas olishda barglarda organik moddalar hos il bo‘lmay, aksincha, ular parchalanadi. Yana bir muhim farqi, nafas olish uchun yorug‘lik talab etilmaydi. O‘simliklar kecha-kunduz uzluksiz nafas oladi.

Kunduzi barglar hujayrasida organik moddalarning hosil bo‘lishi va hujayralarning nafas olish jarayoni bir vaqtda o‘tadi. Lekin bu jarayonlarning har ikkalasi ham bizga sezilmaydi. O‘tgan darslarda barglar hujayrasida organik moddalar hosil bo‘lishida kislorod ajralib chiqishini aytgan edik.

O‘simliklar ana shu oziq moddalar hosil qilish jarayonida ajratib chiqargan kislorodning bir qismidan o‘zi nafas olishda foy dalanadi va karbonat angidrid gazi ajratib chiqaradi. O‘siml iklarning nafas olishini tajriba qilib ko‘rish mumkin. Buning uchun og‘zi shisha plastinka bilan mahkam berkiladigan ikkita shisha stakan oling va ularga yangi kesib olingan bargli novdalarni soling.

Har ikkala stakan ichiga yonib turgan cho‘pni tushiring, cho‘plar o‘chmaydi, demak, stakan ichi dagi havoda kislorod bor. Har ikkala stakanning og‘zini shisha plastinka bilan zich berkit ing. Stakanlarning birini yorug‘lik yaxshi tushib turadigan joyga, ikkinchisini esa qorong‘i joyga qo‘ying.

58-rasm. O‘simliklarning kislorod ajratishini ko‘rsatuvchi tajriba: a–yorug‘likda; b–qorong‘ilikda.
58-rasm. O‘simliklarning kislorod ajratishini ko‘rsatuvchi tajriba: a–yorug‘likda; b–qorong‘ilikda.

Bir necha soatdan keyin unga yonib turgan cho‘pni tushirib, har qaysi stakan ichi dagi havoning tarkibini teks hiring. Tajribalardan xulosa chiqaring va yozib oling (58-rasm).

Osimlik – bir butun orga nizm. Uning hamma tirik hujayralari nafas oladi va o‘sib rivoj lanadi.


  1. O‘simliklar nafas olganda qanday gaz yutadi-yu, qanday gaz ajratib chiqaradi?
  2. O‘simliklar nafas olishi uchun yorug‘lik zarurmi?
  3. O‘simliklar kunduzi ham nafas oladimi?

Maktab hovlisidagi, o‘z hovlingizdagi yoki xonadagi o‘simliklardan olib, ularning nafas olishini aks ettiruv chi tajribani o‘tkazing va natijasini yozib oling.

Previous articleBarglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi
Next articleBarglarning suv bug‘latishi