Moturidiya ta’limotiga – Мотуридия таълимотига.
Moturidiya ta’limotiga movarounnahrlik olim, buyuk ajdodimiz Abu Mansur Moturidiy (870–944) asos solgan.
Moturidiy sof diniy aqida doirasidan chiqmagan holda aql-idrokni ulug‘laydi va mantiqan asoslangan bilimning ahamiyatini alohida ta’kidlaydi.
Moturidiyga ko‘ra, inson hayotiy imtihonlar uchun yaratilgan. Shu bilan bir vaqtda unga ushbu sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tish va to‘g‘ri yo‘lni topish uchun keng imkoniyatlar ham berilgan. Inson o‘z xatti-harakatlarini tanlashda ixtiyorlidir.

Buyuk alloma o‘z qarashlari bilan hanafiylik ta’limotining Markaziy Osiyo xalqlari an’analari, urf-odatlari bilan chambarchas bog‘liqligini ko‘rsatib berdi.
Moturidiya ta’limoti XI–XII asrlarda keng miqyosda rivojlangan. Ushbu davrlarda ta’limot nafaqat Movarounnahrda, barki Xuroson, Iroq, Misr va Shom o‘lkalariga ham tarqala boshlagan.
Kalom ilmining sultoniga nisbatan hurmat-ehtirom, ixlos ramzi sifatida O‘zbekistonda 2000-yili Imom Moturidiy tavalludining 1130 yilligi keng nishonlandi, u kishi mangu orom topgan Chokardiza qabristonidagi maqbara qayta tiklandi.
Eng e’tiborlisi, islom olamining aksariyat mintaqalarida, Suriya, Iroq, Turkiya, Pokiston, Hindiston, Shimoliy Afrika kabi mamlakatlarda moturidiylik ta’limoti hozir ham oliy, o‘rta va diniy o‘quv yurtlarida mustaqil fan sifatida o‘qitib kelinadi.