Ali Qushchi Samarqandiy

0

Ali Kushchi Samarkandiy. Ali Qushchi (1403-1474). Mavlono Aloiddin Ali Ibn Muhammad Qushchi Samarqandiy – mashhur astronom, Ulug‘bekning qobiliyatli shogirdi, zabardast olim, o‘tkir mutafakkir edi. U Amir Temur qarorgohi boshlig‘ining o‘g‘li bo‘lgan. Samarqandda Qozizoda Rumiydan tahsil olgan Ali Qushchi keyinchalik Karmanada bilim olgan.

1428 yilda ishga tushirilgan va o‘z davrida jahondagi eng mukammal sanalgan Ulug‘bek rasadxonasida ilmiy kuzatishlar olib borgan Ali Qushchi o‘zi ham astronomiya va matematikaga oid asarlar yozgan. Xususan Ulug‘bekning nomini mashhur qilgan «Zichi jadidi Kuragoniy» asarining yuzaga kelishida Ali Qushchining munosib hissasi bor. U Ulugbekdan so‘ng Samarkanddan ketishga majbur bo‘ladi va turk sultoni Muhammad II saroyida ishlay boshlaydi. Istambuldagi oliy maktabning bosh mudarrisi bo‘lgan Ali Qushchi shu davrda ko‘p asarlar yaratadi.

Ali Qushchining ilmiy-tabiiy va falsafiy karashlari muhim ahamiyatga egadir. Ali Qushchi va umuman Ulug‘bek maktabi namoyanlri O‘rta Osiyoda tabiiy-ilmiy va materialistik fikrlar tarixida o‘ziga xos o‘rin tutadilar. Ali Kushchining 16-17 asrlarda o‘rta va Yaqin Sharq mamlakatlarida matematika fanining rivojlanishida ta’sir ko‘rsatgan «Arifmetikaga oid risola», «Kasr sonlar haqida risola», «Al Muhammadiy risolasi» kabi asarlari bor.

Sharq olimlari orasida zamondoshlari va o‘zidan oldin o‘tgan olimlarning kitoblariga sharh yozish rasm bo‘lgan.

Ali Qushchi Ulug‘bekning «Zichi Kuragoniy»iga, Nasiriddin Tusiy asarlariga bitgan sharhlari ham uning ilmiy merosi sifatida fanda qadrlidir.

Olim arab, fors tillarini mukammal bilgan. U «Al Muhammadiy risolasi»ni avval forschada yozib, keyin uni arabchaga tarjima qilgan.

Ali Qushchi falsafa, huquq adabiyot, tarixga oid kitoblarga ham ko‘p sharhlar bitgan. Ali Qushchi o‘z zamonasining hamma fanlari bo‘yicha qalam tebratgan ulug‘ olim edi.

Previous articleAbdurahmon Jomiy hayoti va ijodi
Next articleMuhammad Ibn Muso Al Xorazmiy