O‘lmas Umarbekov hayoti va ijodi

0

Ўлмас Умарбеков ҳаёти ва ижоди. Улмас Умарбеков хаёти ва ижоди. O‘lmas Umarbekov hayoti va ijodi. Ulmas.


O‘lmas Umarbekov rasmlari
O‘lmas Umarbekov

O‘lmas Umarbekov (1934 –1994).

Taniqli o‘zbek yozuvchisi O‘lmas Umarbekov 1934-yilning 25-yanvarida Toshkent shahrida tug‘ilgan. Millatimiz hayotida chuqur iz qoldirgan jadid Abdulla Avloniy asos solgan 40-maktabda o‘qigan. Maktabni oltin medal bilan bitirgan O‘lmas o‘sha vaqtdagi O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zbekiston Milliy universiteti) ning fi lologiya fakultetiga o‘qishga kirgan.

O‘zbekiston xalq yozuvchisi (1992), XX asr o‘zbek ada biyoti taraqqiyotiga munosib ulush qo‘shgan adib O‘lmas Umarbekov serqirra iste’dod sohibi edi. Talabalik yillarida yoq xabar, maqola, lavha va ocherklar yozgan bo‘lajak adib nafaqat badiiy asarlari, balki ijtimoiysiyosiy faoliyati bilan ham xalqimiz hayotida muhim iz qoldirgan.

Oliy o‘quv yurtini tugatmay turib, 1956-yilda Respublika radiosida muharrir sifatida ish boshlagan O‘. Umarbekov 1971-yilgacha bosh muharrir lavozimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1971–1974-yillarda O‘zbe kiston kompartiyasi Markaziy qo‘mitasida sektor mudiri, 1974–1981-yillarda «O‘z bekfi lm» kinostudiyasi direk tori, 1982–1986-yillarda Madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari, 1987–1989-yillarda O‘zbekiston Yozuvchilar uyush masi raisi, 1989–1991-yillarda Respublika Bosh vaziri ning o‘rinbosari kabi o‘ta mas’ul lavo zimlarda mehnat qildi.

Taniqli yozuvchi, davlat va jamoat arbobi O‘lmas Umarbekov uzoq davom etgan og‘ir kasallikdan so‘ng 1994-yilning 10-noyabrida vafot etdi.

O‘lmas Umarbekov badiiy ijodni hikoyachilikdan boshlag an. Yosh yozuvchining «Xatingni kutaman» (1956) nomli birinchi asariyoq «Yilning eng yaxshi hikoyasi» deb tan olinib, maxsus mukofot bilan siylandi. «Hikoyalar» (1959), «Qishlog‘imiz kishilari» (1960), «Yulduzlar» (1962), «Charos» (1962), «Bolgar qo‘shiqlari» (1966), «Ko‘prik» (1968), «Oltin yaproqlar» (1970), «Qiyomat qarz» (1976), «Yer yonganda» (1993) singari o‘ndan ortiq to‘plamda uning yuzl ab hikoyalari bosildi.

O‘. Umarbekov insonni anglashga, uning ruhiy dunyosiga kirishga va odamning o‘y-tuyg‘ularini ichdan turib tasvirlashga intilgani bois uning hikoyalarida samimiyat kuchli. U odam, uning o‘ylari, kechinmalari, orzu va armonlari ha qida qalam suradi. O‘lmas Umarbekov hikoyalarining qahramonlari − oddiy odamlar. Hikoyalarda yozuvchi ning sinchkov nigohi, tasvirlana yotgan narsa-yu hodisalarni miridan sirigacha bilishi, kerakli bayon maromi va ifoda ohangini yanglishmay topa olishi sezilib turadi.

O‘lmas Umarbekov mohir qissanavis sifatida ham e’tibor qozongan. Adibning: «Sevgim, sevgilim» (1963), «Kimning tashvishi yo‘q» (1965), «Urush farzandi» (1972), «Damir Usmonovning ikki bahori» (1978), «Cho‘li Iroq» (1971), «Yoz yomg‘iri» (1973), «Oq qaldirg‘och» (1974) kabi qissalari milliy nasr rivojida salmoqli o‘rin tutgan asarlardir.

Adibning «Sevgim, sevgilim» qissasi ko‘p bahslarga sabab bo‘lgan. Adolatsiz tuzum mamlakatning eng chekkasida yashayotgan siyosatdan yiroq oddiy kishilar taqdirida ham fojiali iz qoldirishi mumkinligi asarda ta’sirli aks ettiriladi. Siyosiy vaziyat qanday bo‘lsa-da, odam insonlarga bo‘lgan ishon chini yo‘qotmasligi lozimligi, olomonning qutqusiga uchgan, odamga emas, to‘daga xos tarzda o‘ylay boshlagan kishi o‘ziga ham, o‘zgalarga ham falokatlar yog‘dirishi qissada ta’sirchan aks ettirilgan. Shu asardan boshlab milliy adabiyo timizga fojia tasviri qayta kirib keldi.

O‘lmas Umarbekov qissa janrining yangi qirralarini kashf etdi. Jumladan, o‘sha paytga qadar o‘zbek adabiyotida deyarli qo‘l urilmagan detektiv yo‘nalishidagi «Yoz yomg‘iri» qissasi sujet to‘qimasining murakkabligi, voqealar ta’sirining favqulodda keskinligi, ifoda maromining shiddatkorligi bilan e’tiborni tortadi. Yoshgina go‘zal ayolning sirli o‘limi sabab larini ochish, fojia manbalarini o‘rganish, qotillarni aniq lash barobarida asar qahramonlarining ma’naviy qiyofa lari oydinlasha boradi.

Adibning «Urush farzandi» qissasi ham voqealar rivojining sirliligi, personajlar xatti-harakatlarining kutilmaganligi, ayni vaqtda, chuqur hayotiy asoslarga egaligi, tasvirning samimiyligi bilan e’tibor tortadi.

O‘lmas Umarbekov «Odam bo‘lish qiyin» hamda «Fotima va Zuhra» nomli ikki roman ham yaratgan. «Odam bo‘lish qiyin» romanida Gulchehra va Abdulla singari yosh larning tuyg‘ulari dastlab g‘uborsizligi bilan kishini rom etadi. Ammo hayot shu qadar murakkabki, bir qarashda g‘uborsizday tuyulgan tuyg‘ularni namoyon etgan odamlar tabiati zamirida no poklik dog‘lari yashiringan bo‘ladi. Tajri basiz va g‘o‘r ikki yoshning pokiza tuyg‘ulari hayot tash vishlariga qorishib qahramonlarni tanazzulga tortib, sevishgan qalblarni fojia sari yetaklaydi. Manfaatni insoniylikdan yuqori qo‘yish odamni ma’naviy qabohat sari yetaklashi fojiaviy timsollar misolida yorqin ko‘rsatib beriladi.

Adibning ikkinchi romani «Fotima va Zuhra»da milliy ma’naviyatimizdagi bir kemtiklik sarguzasht yo‘sinida aks ettiril adi. Asarda obro‘-e’tiborli, halol o‘qituvchi Abdullajonning oilasi taqdiri misolida ezgulik va yovuzlik o‘rtasidagi omonsiz kurash ko‘rsatib beriladi. Erka o‘g‘il Hamidulla ning jino yatchilar to‘dasiga qo‘shilib qolishi, ko‘knori iste’mol qilishi, qimor o‘yini oqibatida singlisi Fotimani boy berishi ketma-ket fojialarga yo‘l ochadi.

«Sud» (1970), «Komissiya» (1971), «Qiyomat qarz» (1974), «Shoshma, quyosh» (1978), «Kuzning birinchi kuni» (1979), «Arizasiga ko‘ra» (1981), «Oqar suv» (1982), «Kurort» (1984), «Yer yonganda» (1993) singari asarlari adib O‘lmas Umarbekov ijodining yana bir qirrasini namoyon etadi. Shuningdek, O‘. Umarbekov «Sevgi afso nasi» (1972), «Changalzor qonuni» (1973), «Ikki soldat haqida qissa» (1973), «Yigit va qiz» (1974), «Yuksak qorliklardagi uchrashuv» (1975), «O‘zgalar uchun» (1977) va boshqa bir qator kinosenariylari bilan milliy kinomatografi ya taraqqiyotiga sezilarli ta’sir ko‘rsatgan ijodkor hamdir. Adib kinofi lmlari hamda «Komissiya», «Qiyomat qarz», «Kuzning birinchi kuni», «Arizasiga ko‘ra» kabi sahna asarlari tomoshabinlar e’tiborini qozondi va bir qator chet tillarga tarjima qilinib, jahonga yuz tutdi.

Qiyomat Qarz asari >>

Previous articleRoman va uning turlari (adabiyot)
Next articleQiyomat Qarz asari