O‘simlik to‘qimalari

0

O‘tgan darslarda Siz xilma-xil hujayralar bilan batafsil tanishdingiz. Bular orasida chiqib kelishi, shakli o‘xshash, muayyan bir vazifani (funksiyani) bajaradigan hujayralar ham bor. Bunday hujayralar to‘plami to‘qima deyilishini bilib oldingiz. To‘qima o‘simlik organining asosini tashkil etadi. O‘simliklarda bir yoki bir nechta vazifani bajaruvchi qismi organ deyiladi.

O‘simlik to‘qimasi haqidagi dastlabki ma’lumot XVII asrda Malpigi va Gryu asarlarida bayon etilgan. O‘simlik hujayralari bir xil bo‘lsa oddiy to‘qimali, har xil hujayra­lardan tashkil topgan bo‘lsa, murakkab to‘qimali o‘simlik deyiladi. 1682-yili ingliz tabiatshunosi N. Gryu to‘qima tushunchasini fanga olib kirdi. To‘qimalar joylashishi va ba- jaradigan vazifasiga ko‘ra xilma-xil bo‘ladi (25-rasm).

25-rasm. O‘simlik to‘qimalari. 1-hosil qiluvchi to‘qima: a-ichki; b-yon; 2-asosiy to‘qima: a-assimilyatsiyalovchi; b-g‘amlovchi; 3-o‘tkazuvchi to‘qima: a-naylar; b-elaksimon naylar; 4-qoplovchi to‘qima: a-epiderma; b-po‘kak; 5-mexanik to‘qima: a-yog‘ochlik tolalar; b-lub tolalar
25-rasm. O‘simlik to‘qimalari. 1-hosil qiluvchi to‘qima: a-ichki; b-yon; 2-asosiy to‘qima: a-assimilyatsiyalovchi; b-g‘amlovchi; 3-o‘tkazuvchi to‘qima: a-naylar; b-elaksimon naylar; 4-qoplovchi to‘qima: a-epiderma; b-po‘kak; 5-mexanik to‘qima: a-yog‘ochlik tolalar; b-lub tolalar

Qator morfo-biologik belgi va xususiyatlariga qa- rab o‘simliklarda quyidagi to‘qimalar bo‘ladi: hosil qiluvchi to‘qima, qoplovchi to‘qima, asosiy to‘qima, ajratuvchi to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima. Ba’zan bular- ga yana boshqa to‘qimalarni ham qo‘shib o‘rganiladi, masalan, assimilyatsiyalovchi to‘qima, g‘amlovchi to‘ qima, mexanik to‘qima va boshqalar.

Hosil qiluvchi to‘qima (meristema). Bu to‘qima o‘simlik hayoti bilan uzviy bog‘liq. O‘simlik hujayrasi shu to‘qima yordamida bo‘linib ko‘payadi va yangi to‘qima hamda or- ganlar hosil bo‘ladi. Natijaida o‘simlik o‘sishda davom etadi. Hayvonlarda bu to‘qima bo‘lmaydi. Meristema to‘qimasi o‘simlikning turli qismlarida joylashadi. Bu to‘qima hujay­ralari yupqa va egiluvchan bo‘ladi. Ular o‘simlikning eniga va bo‘yiga o‘sishiga yordam beradi.

Asosiy to‘qima. Bu to‘qimaning eng muhim vazifasi fotosintez jarayonini, ya’ni o‘simliklarda moddalar almashi- nuvini amalga oshirishdan iborat. Uning tarkibiga assimilya- tsiyalovchi, suv saqlovchi va g‘amlovchi to‘qimalar kiradi. Mazkur to‘qima yadro va bir qavat xlorof ill donachalaridan iborat. Shuning uchun ham bu to‘qimalar xlorofilli parenxima yoki xlorenximalar deb ham yuritiladi.

Xlorenxima yunoncha xloros – yashil, enxima – to‘ldirilgan degan ma’noni bildiradi. Ular yashil barg, yashil novdalarda epiderma hujayralari ostida joylashgan.

G‘amlovchi to‘qima. Bu to‘qimada fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan oziq moddalar, kraxmal, oqsil, karbon suvlar, vitaminlar, yog‘lar to‘planadi va uzoq muddat saqlanadi. Ular o‘simlikning deyarli barcha organlarida bo‘ladi. Jumladan, urug‘larda to‘planib, murtak rivojlanishi uchun sarflanadi. Cho‘ldagi ba’zi o‘simliklarda, masalan, sarsazan, buzoq- bosh, qizil sho‘ra, baliqko‘z va boshqalarda shiraga boy hu­jayralar bo‘lib, ularda asosan suv saqlanadi. Suv saqlovchi hujayralar o‘simliklarning barg va novdalarida bo‘ladi. Zarurat bo‘lganda o‘simlik shu suvdan foydalanadi.

Qoplovchi to‘qimaning chiqib kelishi o‘simliklarni suvli muhitdan quruqlikka moslashishidan boshlangan. Qop­lovchi to‘qima organlarni qurib qolishdan va tashqi muhitning noqulay sharoitlaridan, mexanik shikastlanishlardan himoya qiladi. Bular ham ontogenez davrida meristema to‘qimadan vujudga keladi. Bu to‘qima 3 ga bo‘linadi: epiderma, periderma va po‘stloq. Epiderma gazlar almashinishida, kasal hujayralar­ning sog‘ to‘qimaga kirmasligi hamda o‘simlikni tashqi muhit­dan saqlashda qatnashadi. Bu to‘qima ham poya va ildizlarda uchraydi. O‘simlik qarigan sari periderma o‘rniga po‘stlog‘i o‘lik to‘qimalar paydo bo‘ladi.

O‘tkazuvchi to‘qima. Bu to‘qima o‘simlik tanasidagi ozi- qa moddalarning harakatlanishini ta’minlaydi. O‘simliklarda suv va unda erigan moddalar pastdan yuqoriga, ya’ni ildizdan tanaga qarab ko‘tariladi. Fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar esa ildiz tomonga qarab harakatlanadi. Bu ikki jarayon o‘tkazuvchi to‘qimalar – ksilema vafloema nay- lari orqali sodir bo‘ladi. Bu jarayon cho‘ldagi o‘simliklarda uzluksiz davom etadi va ularning hayotini ta’minlab turadi.

Mexanik to‘qima. U o‘simlikka tayanch (mustahkamlik) beruvchi, qalin qobiqli, cho‘ziq, tirik (kollenxima) va o‘lik hujayralardan iborat to‘qima hisoblanadi. Mexanik to‘qimaga poya va ildizning po‘stloq hamda yog‘ochlik tolalari kiradi.

Boshqacha qilib aytganda, mexanik to‘qima: tirik (kollenxima), o‘lik (sklerenxima) va sklereid to‘qimalardan iborat. Kollenxima tirik, yosh poya va barg bandlarida bo‘ladi. Uning hujayralari bo‘yiga cho‘zilib, o‘sish vaqtida epiderma ostida joylashgan birlamchi po‘stloqning paren- xima hujayrasida yuzaga keladi. Shuning uchun o‘simlik cho‘zilib o‘sish Xususiyatiga Ega. Kollenxima asosan uch xil bo‘ladi: burchaksimon, plastinkasimon va g‘ovaksimon. Bular bir-biridan hujayralarining bo‘shliq hosil qilishiga qarab farq qiladi.

Sklerenxima – qattiq (mustahkam) to‘qimalar tuzilishi ji- hatidan kollenximadan farq qiladi. Poyaning po‘stloq qismida joylashgan sklerenxima lub tolalari deyiladi. Kambiydan hosil bo‘lgan sklerenxima libriform deb ataladi. Sklerenxima 2ga bo‘linadi: 1) lub tolalari; 2) sklereid, ya’ni tosh hujayralar. Shunday qilib, hosil bo‘lishiga ko‘ra kollenxima to‘qimalari o‘simliklarga mustahkamlik berib turadi.

Ajratuvchi to‘qima tuzilishi va ixtisoslashgan tarkibi har xil bo‘lgan hujayralardan hosil bo‘ladi. Bu hujayra vakuol- larida efir moylari, kauchuk, balzam va smolalar to‘planadi. Xulosa qilib aytganda, o‘simliklardagi ortiqcha moddalar bu to‘qimalar orqali tashqariga chiqarib turiladi.

  1. To‘qima deb nimaga aytiladi?
  2. To‘qimalar necha xil bo‘ladi?
  3. Qaysi to‘qima orqali fotosintez jarayoni amalga oshadi?
  4. Daraxtlar qaysi to‘qima hisobiga bo‘yiga va eniga o‘sadi?
  5. Qaysi to‘qima daraxt shox-shabbalariga mustah­kamlik beradi?

>>>

Hujayra va uning tarkibiy qismlari

Previous articleHujayralarning hayotiy faoliyati
Next articleIldiz