O‘zbekiston va jahon. Ўзбекистон ва жаҳон. Узбекистон ва жахон. Ўзбекистон давлат мустақиллигининг дунё мамлакатлари томонидан тан олиниши.
O‘zbekiston davlat mustaqilligining dunyo mamlakatlari tomonidan tan olinishi
O‘zbekistonning davlat mustaqilligi dunyo davlatlari tomonidan birin-ketin tan olindi. Mustaqil O‘zbekiston chet davlatlar bilan tenglik asosida hamkorlik qilishni boshladi. O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tanlangan yo‘l haqida bunday degan edi: «O‘zbekiston hech kimdan sadaqa so‘ramaydi, faqat tengma- teng hamkorlikka tayyor».
O‘zbekiston, avvalo, Rossiya Federatsiyasi bilan har tomonlama hamkorlik qilishga katta e’tibor berdi. Ikki davlat o‘rtasida ittifoqchilik munosabatlari haqida shartnoma imzolandi.


Shartnoma har ikki davlat manfaat- lariga birday xizmat qilmoqda. Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistomiing eng yirik savdo hamkori hamdir.
O‘zbekiston Osiyoning Xitoy, Janubiy Koreya, Yaponiya, Malayziya va Singapur kabi eng rivojlangan davlatlari bilan mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘ya oldi. Mamlakatimizda bu davlat – lar ishtirokida tashkil etilgan ko‘plab qo‘shma korxonalar faoliyat ko‘rsat- moqda. Ular bilan savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib bormoqda.
Chunonchi, 2013-yilda O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 5 mlrd. AQSH dollaridan ortdi.
O‘zbekiston Xitoy bilan Osiyoda mustahkam tinchlik va xavfsizlikni ta’minlash borasida ham yaqindan hamkorlik qilmoqda.
Islom Karimovning 2014-yilda Xitoyda, Xitoy rahbarining O‘zbekistonda bo‘lishi har ikki davlat o‘rtasidagi alo- qalarni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Janubiy Koreya Respublikasi ham O‘zbekistonning Osiyodagi yirik hamkorlaridan biri hisoblanadi.
Janubiy Koreya bilan hamkorlik O‘zbekistonning dunyoda yengil avtomobil ishlab chiqaruvchi davlatga aylanishida muhim rol o‘ynadi. Janubiy Koreyaning «DAEWOO» kompaniyasi bilan hamkorlikda Asaka shahrida avtomobil zavodi qurildi.
1996-yil 26-mart kuni birinchi avtomobil ishlab chiqarildi. Shu tariqa O‘zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-davlatga aylandi. O‘zbekiston Yaponiya bilan ham o‘zaro manfaatli hamkorlik qilib kehnoqda. Mamlakatimizda o‘ndan ortiq O‘zbekiston — Yaponiya qo‘shma korxonasi faoliyat kohsatmoqda.
O‘zbekiston dunyoning eng qudratli davlati AQSH bilan, uning qator kom- paniya va korporatsiyatari, jumladan, «Jeneral Motors» korporatsiyasi bilan hamkorlik qilmoqda. Bu korporatsiya bilan hamkorlikda «Asaka» zavodida turli modellardagi zamonaviy yengil avto- mobillar, Toshkent viloyatida esa ular uchun dvigatel (motor) ishlab chiqa- rilmoqda.

O‘zbekiston mintaqaviy tashkilotlar a’zosi
O‘zbekiston mintaqaviy tash- kilotlar bilan ham hamkorlik qiladi. Ular ichida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) alohida o‘rin tutadi. 1991-yilda tashkil etilgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tashkilotiga Rossiya Federatsiyasi, Ukraina, Belarus, O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Armaniston va Moldova davlatlari a’zo. Warning bari sobiq Sovet Ittifoqi tarkibidagi respublikalar edi.
MDHni tuzishdan ko‘zlangan asosiy maqsad — unga a’zo davlatlar o‘rtasida uzoq yillar davomida qaror topgan iqtisodiy aloqalarni saqlab qolish edi. Bunga ko‘p jihatdan erishildi ham. Ayni paytda MDH sobiq Sovet Ittifoqi hududida fuqarolar urushi yuz berishining oldini oldi. A’zo davlatlarning o‘z mustaqilliklarini mustahkamlashda bir- biriga ko‘maklashishiga erishdi.
O‘zbekiston a’zo bo‘lgan yana bir mintaqaviy tashkilot — Shanxay Hamkorlik Tashkilotidir (ShHT). Bu tashkilot Xitoyning Shanxay shahrida Xitoy, Rossiya Federatsiyasi, Qozog‘iston, Tojikiston, Qir- g‘iziston va 0‘zbekiston davlatlari tomonidan tuzildi.
Tashkilotga a’zo davlatlar terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmni «uch у о vuz kuch» deb hisoblaydilar.
Atamalar mazmunini bilib oling
Ayirmachilik — davlat hududining bir qismini ajratib olib, u yerda yangi davlat tuzish uchun kurash.[1]
Kompaniya — savdo yoki sanoat sohasida faoliyat yurituvchi ishbilarmonlar birlashmasi.1
Korporatsiya — rivojlangan yirik hissadorlik jamiyati.[2] [3]
Mintaqa — Yer yuzining biror qismi.
Terrorchilik — o‘z maqsadiga erishish yo‘lida raqiblarni qo‘rqitish, yo‘q qilish, alioli o‘rtasida vahima keltirib chiqarish maqsadida qilinadigan zo‘ravonlik harakati.[4]
Ekstremizm — o‘z maqsadiga erishish yo‘lida eng keskin choralarni qollashga tarafdorlik.[5]
Savol va topshiriqlar
- O‘zbekiston va Rossiya Federatsiyasi munosabatlari О‘zbekistonning boshqa davlatlar bilan munosabatlaridan qaysi jihatlari bilan farq qiladi?
- О‘zbekistonning Osiyodagi asosiy savdo-iqtisodiy hamkorlari bo‘lgan davlatlar bilan munosabatlariga old ma ’lumotlarni qayd eting.
- О‘zbekistonning AQSH bilan hamkorligi haqida nimalarni bilib oldingiz?
- Mustaqil Davlatlar Hamdo ‘stligi qanday maqsadda tuzilgan ?
- Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy vazifalari nimalardan iborat?
[1] OTIL. – T.: «УзМЭ». 2006. 1-jild. 53-bet.
[2] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2006. 2-jild. 396-bet.
[3] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2006. 2-jild. 408-bet.
[4] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2008. 4-jild. 76-bet.
[5] O‘TIL. – T.: «УзМЭ». 2008. 8-jild. 28-bet.