Kurtak (Kurtak – bu boshlang’ich novda)

0

Kurtak – bu boshlang’ich novda. Vegetativ kurtak o’sim- liklarning boshlang’ich bargli novdasidir. Generativ kurtak esa boshlang’ich to’pgul yoki guldir. Har qanday novda kurtakdan hosil bo’ladi. Kurtaklar, odatda, barglar qo’ltig’ida bittadan yoki bir nechtadan joylashadi. O’simliklarning turiga qarab kurtaklar mayda, yirik va turli shaklda bo’ladi. Terak, chinor, soxta kashtan, nastarin kabilarning kurtagi yirik; tut, tol, qayrag’och, o’rik, olma va boshqalarning kurtagi nisbatan mayda bo’ladi. Ana shunday kurtaklarga qarab o’simliklar turini aniqlash mumkin. Kurtaklar novdada ketma-ket, qarama-qarshi halqa hosil qilib joylashadi. Shuningdek, ular novdaning uchida ham joylashadi. Novdaning uchida joylashgan kurtaklar uchki kurtak, yonida joylashganlari yon kurtak deb ataladi. Shuningdek, yana qo’shimcha kurtaklar ham bo’ladi.

Quyida ko’pchilikka tanish manzarali o’simlik – terakning kurtaklari bilan tanishamiz. Ular novdada ketma-ket joylasha­di, eng uchidagi kurtak yirik, pastdagilari maydaroq bo’ladi.

Terakning kurtaklari tashqi tomondan pishiq qobiq (tangacha barg) bilan o’ralgan. Bu qobiq ularni, ayniqsa, qishning qattiq sovug’idan, kasallik tug’diruvchi bakteriya, zamburug’lardan saqlaydi. Kurtaklar uzunasiga kesib qaralsa, qobig’i ostida joylashgan boshlang’ich poyani va zich bo’lib joylashgan boshlang’ich barglarni ko’rish mumkin (36-rasm).

36-rasm. Kurtakning uzunasiga kesilgani: 1—boshlang’ich poya; 2—boshlang’ich barg; 3—qobiq.

Olimlarning ta’kidlashicha, kurtaklar qishki tinim davrini o’tsa, yaxshi o’sadi. Tajribadan shu narsa ma’lumki, kech kuzda barglar to’kilgandan keyin daraxt va butalar- ning shoxlaridan kesib olib suvga solib qo’yilsa, kurtaklar ko’p vaqtgacha bo’rtmay turaveradi. Agar shoxchalar yanvarning ikkinchi yarmi va fevralda suvga solib qo’yilsa, kurtaklari tez o’sa boshlaydi.

O’zbekiston sharoitida daraxt kurtaklari janubiy hudud- larda (Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida) shimoliy hududlardagiga qaraganda oldinroq (yanvar oyidan) bo’rtadi. Kurtaklarning bo’rtib, yangi barg yoki gul chiqarishi ma’lum bir vaqt ichida o’tadi. Bu davr faza deyiladi.

Yuqorida aytilganidek, kurtaklar gul va barg hosil qiladigan turga bo’linadi. Gul hosil qiladigan kurtaklar, odatda, barg hosil qiladigan kurtaklardan yirikroq bo’ladi. Masalan, o’rik, bodom, olxo’ri va atirgulda.

O’zbekistonda bahor kelishi bilan o’simliklarning juda ko’pchiligida(terak, chinor, tut, jiyda, atirgul vana’matakda) barg kurtaklaridan barg, gul kurtaklaridan gul chiqadi. 0’rik, bodom, olxo’ri, olcha, shaftoli kabilarda dastlab gul kurtaklaridan gul ochilib, so’ngra barg kurtaklaridan barg chiqadi.


  1. Kurtaklar nega boshlang’ich novda deyiladi?
  2. Kurtaklar o’sganda qanday o’zgarish yuz beradi?
  3. H amma daraxt vabutalarda ham dastlab gul, so’ngra barg yozi I adi mi?
  4. Erta bahorda bi ri nchi bo’ I i b qaysi daraxt va butal ar gullaydi?
Previous articlePoya. Novda
Next articleTarbiyasi qiyin o’quvchilarning hillari