Tovarning shtrix kodi nima? QR-kod nima?

0

# Savol

Tovarning shtrix kodi nima? QR-kod nima? Товарнинг штрих коди нима? QR-код нима?

# Javob

Tovarning shtrix kodi — tovar haqidagi ma’lumotlarni tovar yor- lig’ida ifodalovchi chiziqchalar dastasi va raqamlar ketma-ketligidan iborat maxsus belgi.

DavlatlarKodlarDavlatlarKodlar
AQSH, Kanada00 – 09Turkiya869
Fransiya30 – 37Rossiya460
Germaniya400 – 440O’zbekiston46 – 47
Yaponiya49Buyuk Britaniya50

Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi QR-kod nomli oq kvadrat ichiga joylashgan qora kvadratlar tasviridan iborat kodning vujudga kelishiga olib keldi. Bunday tasvirni so’nggi paytlarda: kassa cheklarida, pattalarda, muzey va metrolarda, restoran taomnomalarida, tovar yorliqlarida va boshqa narsalarda uchratish mumkin.

QR ingliz tilida qisqartirilgan inglizcha jumla — Quick Response (tez javob qaytarmoq) ni anglatadi.

QR-kod — bu tegishli dasturiy ta’minoti bo’lgan mobil telefondagi kamera orqali tezda tanib olinadigan ma’lumotni taqdim qiluvchi ikki o’lchamli shtrix-koddir.

QR-kod oddiy shtrix kodga qaraganda ancha ko’p ma’lumotni yetkaza oladi. U maxsus dastur orqali skaner yordamida kiritiladi va uni oddiy mobil telefon yordamida ham o’qish mumkin.


Batafsil >> 15-§. Iste’molchilarning huquqlari va majburiyatlari

Previous articleReklama nima? Реклама нима?
Next article17-§. Talab va talab qonuni