Samarqand shahri haqida. Самарқанд шаҳри ҳақида. Самарканд шахри хакида.

Samarqand O‘zbekistonning eng qadimgi shahridir.
| Yodda tuting! 2007-yilda Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Samarqand shahri Vatanimizning yuksak mukofoti — «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlandi.[1] |
Sug‘d yozma manbalarida shahar Smarakand nomi bilan qayd etilgan. Qa- dimgi Yunoniston tarixchilari esa Sa- marqandni Marokand nomi bilan yozib qoldirganlar. Marokand dastlab atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a- qo‘rg‘on edi.
Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug‘d davlatining poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik chet ellik bosqin- chilarning hujumi natijasida shahar bir necha bor vayron etildi.
Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning eng mashhur va go‘- zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir.
Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar» qatoriga qo‘shildi.
| Yodda tuting! Samarqand nihoyatda go‘zal shaharga aylantirilganligi uchun «Dunyo- ning husni» deb ham uluglangan. |
Samarqandda 70 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan «Jahon madaniy merosi» ro‘yxatiga kiritildi.
Davlatimiz mustaqilligi yillarida O‘zbekistonning eng qadimgi shahri bo‘lgan Samarqandning qiyofasi yanada go‘zallashdi.









