Kimyo fani va uning vazifalari. Fan sifatida rivojlanish tarixi

0

Kimyo fani va uning vazifalari. Fan sifatida rivojlanish tarixi. Kimyoning asosiy tushuncha va qonunlari. Кимё фани ва унинг вазифалари. Фан сифатида ривожланиш тарихи. Кимёнинг асосий тушунча ва қонунлари.

Kimyo nima? Kimyo moddalar, moddalarning xossalari va ularning bir-biriga aylan ishini o‘rganadigan fandir.

Kimyo tabiatdagi barcha mavjudotlar turli ko‘rinishdagi kimyoviy moddalardan tarkib topganligiga asoslangan holda, ularning bir turdan boshqa turga o‘zgarish qonuniyatlarini, shuningdek, moddalarning xossalarini o‘rganuvchi fan hisob lanadi.

Kimyo fanining predmeti barcha tabiiy va sintetik moddalardir.

Tabiatdagi yer, suv, havo, osmon jismlari, jonli va jonsiz barcha mavjudotlar, kundalik turmushda foydalaniladigan uy-ro‘zg‘or buyumlari, oziq-ovqat mahsulotlari, umuman, atrofimizdagi butun borliq kimyoviy moddalardan tark ib topgan. Moddalar esa hozirgi vaqtda ma’lum bo‘lgan 118 ta kim yoviy elementning u yoki bu tarzda o‘zaro birikishi natijasida hosil bo‘lgan birikmalardir. Kimyo fani butun borliqdagi kimyoviy o‘zgarishlar natijasida hosil bo‘ladigan moddalarning xossalarini o‘rganadi, ulardan foydalanish yo‘llarini aniqlaydi va insoniyat uchun muhim bo‘lgan moddalarni topishda bevosita ishtirok etadi. Tabiatda mavjud bo‘lmagan, sintetik yo‘llar bilan hosil qilingan polietilen, plastmassalar, dori vositalari, kapron, neylon kabi tolalar, avtomobil va boshqa texnik vositalarning ko‘plab ehtiyot qismlari sintetik kimyoviy moddalardir.

Tabiiy va sintetik kimyoviy moddalardan kimyoviy usullar yordamida inson organizmi uchun sun’iy organlar, dori-darmonlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar, turmush uchun zarur bo‘lgan turli-tuman anjomlar, qurilish materiallari va boshqalar tayyorlashda keng foydalanilmoqda. Bularning barchasi moddalarning fizik va kimyoviy xossalarini o‘rganish orqali amalga oshiriladi.

Shuning uchun moddalarning kimyoviy va fizik xossalarini o‘rganish kimyo fanining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Hayotni kimyo fanisiz tasavvur qilish mumkin bo‘lmaganligi tufayli, atrofimizda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning mohiyatini tushunish uchun moddalarni va ularning kimyoviy o‘zgarishlari qonuniyatlarini bilish talab etiladi.

Kimyoviy moddalar va ulardagi o‘zgarishlardan insoniyat o‘z ehtiyoj lari uchun qadimdan foydalanib kelgan. Xitoy, Misr, Markaziy Osiyoda qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga qarshi kurashda, turli xil bo‘yoqlar ishlab chiqarishda, me’moriy obidalarni barpo etishda, kiyim-kechaklar tayyorlashda kimyoviy moddalar va hodisalardan keng foydalanganlar.

Jahonga tanilgan buyuk ajdodlarimiz Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Bakr Muhammad ibn Zakariyo ar-Roziy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino VIII–X asrlardayoq o‘zlarining ilmiy asarlarida kimyoviy moddalardan turmush ehtiyojlarida va turli xil xastaliklarni davolashda foydalanish yo‘llari haqida dastlabki qimmatli ma’lumotlarni kel tirganlar.

Abu Ali ibn Sino dorivor moddalarni ma’lum tarkibda bo‘lishini ta’rif- lash orqali tarkibn ing doimiylik qonuniga, ularni sodda va murakkab dorilarga toifalash orqali atom-molekular ta’limotning dastlabki tushunchalari shaklla nishiga asos solganligi yurtimizda kimyoviy bilimlar bilan shug‘ullanish tar ixi chuqur ildizlarga ega ekanligidan dalolat beradi.

O‘rta asrlarga kelib, Yevropadagi rivojlanish kimyo sohasida ham o‘z aksini topdi. XVII asrda nemis olimi G.Shtal flogiston nazariyasini yaratdi. XVIII asrda rus olimi M.Lomonosov moddalar haqidagi element va korpuskulalar to‘g‘risidagi fikrlarini bayon qilish orqali atom-molekular ta’limot to‘g‘risidagi tushunchalarni rivojlantirdi. Fransuz olimi A.Lavuazye yo nish va oksidlanish jarayonlari haqida ilmiy nazariyalarni yaratdi. Ingliz olimi J.Dalton o‘z tajriba lariga asoslanib, atomistik nazariya asoslarini bayon etgan bo‘lsa, 1869-yilda rus olimi D.Mendeleyev tomonidan o‘sha davrgacha ma’lum bo‘lgan kimyoviy elementlarni sinf lash muvaffaqiyatli amalga oshi rilib, elementlar Davriy jadvali yaratildi. Shu davrda rus olimi A.Butlerov organik moddalarning tuzilish nazariyasi asoslarini bayon etdi. Kimyo fani rivojiga G.Devi, N.Bor, M.Svet, sE.Franklend, A.Kekule, V.Markovnikov, M.Faradey, Sh.Vyurs, GeyLyussak, S.Arrenius, E.Rezer ford, M.Skladov skaya-Kyuri, P.Kyuri, N.Zelinskiy, N.Zinin, M.Kucherov, A.Favorskiy, P.Shorigin, N.Semyonov, A.Nesmeyanov, N.Kochetkova, V.Sergeyev, I.Azer bayev, A.Quatbekov, O.Sodiqov, S.Yu nus ov, H.Usmo nov, M.Nabiyev, X.Oripov, S.Sobirov, Q.Uteniyazov va boshqa taniqli olim lar o‘z hissalarini qo‘shdilar.

XX asr oxirlariga kelib, kimyo fani yanada jadal sur’atlar bilan rivojlandi.

1991-yilda O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, kimyo fani va kimyo sanoati rivojl anishi uchun juda katta imkoniyatlar ochildi. Natijada, Mingbuloq, Ko‘kdumaloq, Sho‘rtan va boshqa neft-gaz konlarining ochilishi va ular negizida kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida O‘zbekistonda neft va neft mahsulotlarini chetdan olib kelishga barham berish bilan birga, ularni chet mamlakatlarga eksport qilish imkoniyatlari yaratildi.

Shuningdek, yerosti foydali qazilmalari zaxiralaridan oqilona foydala- nish orqali sa noat uchun qimmatbaho bo‘lgan o‘nlab kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Asakada ishlab chiqarilayotgan «Damas», «Spark», «Neksiya», «Matiz», «Lasetti», «Epica», «Captiva», «Malibu», «Cobalt», «Orlando» hamda Samarqandda ishlab chiqarilayotgan «Otayo‘l», «MAN» rusumli avtomobillarning Toshkentda ishlab chiqarila yotgan traktor va samolyotlarning o‘nlab ehtiyot qismlari sintetik kimy oviy mahsulotlardir. Ularning barchasi O‘zbe kistonda tayyorlanayotganligi kimyo fani yutuqlari ning natijalaridandir.

Previous articleOila budjeti nima? Оила буджети нима?
Next articleO‘zbekiston kimyogar olimlarining kimyo faniga qo‘shgan hissalari