O‘zbekistonning tarixiy shaharlari

0

O‘zbekistonning qadimgi shaharlari, tarixiy yodgorliklari. O‘zbekistonning tarixiy shaharlari. Samarqand shahri. Buxoro shahri. Xiva shahri. Shahrisabz shahri. Qarshi shahri. Termiz shahri. Ўзбекистоннинг қадимги шаҳарлари, тарихий ёдгорликлари. Ўзбекистоннинг тарихий шаҳарлари. Самарқанд шаҳри. Бухоро шаҳри. Хива шахри. Шаҳрисабз шаҳри. Қарши шаҳри. Термиз шахри.


Samarqand shahri

Samarqand O‘zbekistonning eng qadimgi shahridir.

Yodda tuting!

2007-yilda Samarqandning 2750 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. Samarqand shahri Vatanimizning yuksak mukofoti — «Amir Temur» ordeni bilan taqdirlandi.[1]

Sug‘d yozma manbalarida shahar Smarakand nomi bilan qayd etilgan. Qa- dimgi Yunoniston tarixchilari esa Sa- marqandni Marokand nomi bilan yozib qoldirganlar. Marokand dastlab atrofi mudofaa devori bilan o‘ralgan qal’a- qo‘rg‘on edi.

Samarqand miloddan avvalgi IV asrdan Sug‘d davlatining poytaxti bo‘lgan. Keyinchalik chet ellik bosqin- chilarning hujumi natijasida shahar bir necha bor vayron etildi.

Samarqandning gullab-yashnashi, dunyoning eng mashhur va go‘- zal shaharlaridan biriga aylanishi buyuk bobomiz Amir Temur nomi bilan bog‘liqdir.

Samarqand Amir Temur saltanatining poytaxti sifatida jahonga mashhur bo‘ldi va «abadiy shaharlar» qatoriga qo‘shildi.

Yodda tuting!

Samarqand nihoyatda go‘zal shaharga aylantirilganligi uchun «Dunyo- ning husni» deb ham uluglangan.

Samarqandda 70 dan ortiq yirik tarixiy me’moriy yodgorliklar mavjud. Bu yodgorliklar 2001-yilda xalqaro YUNESKO tashkilotining qarori bilan «Jahon madaniy merosi» ro‘yxatiga kiritildi.

Davlatimiz mustaqilligi yillarida O‘zbekistonning eng qadimgi shahri bo‘lgan Samarqandning qiyofasi yanada go‘zallashdi.


Buxoro shahri

Buxoro ham O‘zbekistonning eng qadimiy va hami- sha navqiron, mashhur shaharlari qatorida turadi. 1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.

Ayrim tarixchi olimlarning taxminicha, shaharning nomi «Tangri jamoli» degan ma’noni anglatadi. Buxoroni ajdodlarimiz «Ezgulik shahri» deb ham ataganlar. Buxoro dastlab IX—X asrlarda, keyin XVI asrdan boshlab poytaxt maqomiga ega bo’ldi.

Buxoro arki
Buxoro arki

Bugungi kunda Buxoro shahrida yuzdan ortiq у ink tarixiy me’mo- riy yodgorliklar saqlanib qolgan. Buxoro arki (hukmdorlar qarorgohi), Ismoil Somoniy maqbarasi, Minorayi Kalon, Mir Arab va Ulug‘bek madrasalari kabilar ularning eng mashhurlaridir.

Qadimgi Buxoro ayni paytda navqiron shahar hamdir. Musta- qillik yillarida shaharning ko‘rinishi tanib bo‘Imas darajada o‘z- gardi. Shahar yanada go‘zallashdi. Ayniqsa, 107 gektardan iborat «Buxoro madaniy markazi» O‘zbekistonning har bir fuqarosida Vatan bilan faxrlanish hissining yanada ortishiga xizmat qilmoq- da. 2010-yilda bu markazda «Ko‘hna va boqiy Buxoro» monumenti bunyod etildi.


Xiva shahri

Xiva hozirgi Xorazm viloyatidagi shahar. U yosh jihatdan Buxoro bilan tengdosh. 1997-yilda Xivaning ham 2500 yilligi nishonlandi. Shahar Sharqning durdonasi hisoblanadi. Unga nisbatan «Ming gumbaz shahri» iborasi ham ishlatiladi. Xiva Ichan qal’asi oldingi holati butunligicha saqlanib qolgan yagona shahar boTgan- ligi uchun 1967-yildayoq qohiqxona-shahar deb e’lon qilindi. 1990-yilda esa «Jahon madaniy merosi» ro‘yxatiga kiritildi.

Ba’zi olimlarning fikricha, shaharning nomi «qumloqdan iborat joy», «qal’a» ma’nolarini anglatadi. Xiva XVII asr boshlarida Xiva xonligining poytaxtiga aylandi. Shaharning bu maqomi 1920-yilga- cha davom etdi. Ilgarigi zamonlarda Xivaning butun tevarak-atrofi suvli xandaq bilan o‘rab olingan edi. Shaharga maxsus qurilgan ko‘prik orqali kirilgan. Bu ko‘prik kechalari ko‘tarib qo‘yilgan.


Shahrisabz shahri

Shahrisabz hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatidagi Shahrisabz tumanining markazidir. Shahar o‘tmishda Kesh nomi bilan atalgan. Yam-yashil bog‘lar va ko‘zga quvonch baxsh etuvchi gulzorlari bilan kishilarni maftun etganligi uchun Shahrisabz (yashil shahar) nomi berilgan. Bu shaharga yaqin Xoja Ilg‘or qishlog‘ida buyuk bobomiz Amir Temur tug‘ilgan. Amir Temur davlatiga kelgan Ispaniya qirolligi elchisi Klavixo o‘z esdaliklarida shaharda ko‘plab mahobatli binolar va masjidlar qurilganligini, ularning eng mashhuri Oqsaroy ekanligini qayd etgan.

Afsuski bu mahobatli va go‘zal Oqsaroy yodgorligi to‘la saqlanib qolmagan. Shunday boTsa-da Mustaqillik yillarida saroyda katta ta’mirlash ishlari oTib borildi.

Oqsaroyning bugungi holati
Oqsaroyning bugungi holati

1996-yilda Shahrisabz Amir Temur bobomiz tavalludining 660 yilligi munosabati bilan «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi. Shaharda buyuk bobomizning mahobatli haykali o‘rnatildi. 2002-yilda shaharning 2700 yilligi nishonlandi va Shahrisabz «Jahon madaniyati merosi» ro‘yxatiga kiritildi.[2]


Qarshi shahri

Shahar dastlab Naxshab, keyinchalik Navtaka va Nasaf nomlari bilan atalgan. XIV asrdan boshlab esa Qarshi deb atala boshlangan. «Qarshi» so‘zi saroy, qasr ma’nolarini bildiradi.

Yodda tuting!

«Naxshab» — suv obod qilgan manzil, «Navtaka» esa yangi bino degan ma’nolarni anglatadi. Arablar Naxshabni «Nasaf» deb talaffuz qilganlar.

Shahar milloddan avvalgi VII asrda bunyod etildi.

Qarshi shahri bugungi kunda Qashqadaryo viloyatining markazi- dir. O‘zbekiston mustaqilligi yillarida Qarshi shahrida ham katta bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. 2006-yilda shaharning 2700 yilli- gi nishonlandi.


Termiz shahri

O‘zbekistoimmg yana bir qadimgi shahri Termizdir. Bu nom qadimgi baqtriya tilida «narigi sohildagi manzil» degan ma’noni bildiradi. Shahar O‘rta Osiyoning yirik hunarmandchilik va savdo markazi bo‘lgan. O‘tmishdagi Buyuk ipak yo‘lining markazida joylashgan bu shahar turli xalqlarni va ularning madaniyatini o‘zaro bog‘lab turgan.

Dunyoga mashhur allomalar, muhaddis Imom at-Termiziy va sufiylik faylasufi Hakim at-Termiziylar ham shu zaminda tug‘ilshgan. Shahar o‘z tarixida bir necha bor bosqinchilar hujumiga uchradi va vayron qilindi. Termiz shahri bugungi kunda Surxondaryo viloya- tining markazidir. 2002-yilda shaharning 2500 yilligi xalqaro miqyosda nishonlandi. 2014-yilda esa «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlandi.


O‘zingizni sinang

  • 2500 yilligi nishonlangan shaharlar … .
  • «Amir Temur» ordeni bilan mukofotlangan shaharlar … .
  • Mamlakat poytaxti bo‘lgan shaharlar … .

Atamalar mazmunini bilib oling

Muhaddis — hadislarni to‘plash, saralash va sharhlash bilan shug‘ullanuvchi shaxs.


1 Q. Rajabov va bosh. JTMS. – T.: «Sharq» NMAK. 2011. 412-bet.

[2] Q. Rajabov va bosh. JTMS. – T.: «Sharq» NMAK. 2011. 394-bet.


Savol va topshiriqlar

  1. Samarqand shahri haqida nimalarni bilib oldingiz?
  2. Buxoro shahri haqida olgan bilimlaringizni so ‘zlab bering.
  3. Buxoro va Xiva shaharlari haqidagi ma ’lumotlarni taqqoslang: о ‘x- shash va o‘ziga xos tomonlarini aniqlang.
  4. Samarqand va Buxoro shaharlari haqidagi ma ’lumotlarni taqqoslang: о ‘xshash va о ‘ziga xos tomonlarini aniqlang.
  5. Shahrisabz, Qarshi va Termiz shaharlari tarixi haqida nimalarni bilib oldingiz?

Previous articleSovet imperiyasi nima? Совет империяси нима?
Next articleSamarqand shahri haqida. Самарканд шахри хакида