Inson va tabiat. Ekologik muammolar

0

Inson va tabiat. Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’siri. Ekologik muammolar. Инсон ва табиат. Инсоннинг табиатга ижобий ва салбий таъсири. Экологик муаммолар.


Insonning tabiatga ijobiy va salbiy ta’siri

Odam barcha tirik organizmlar singari tashqi muhitdan kislorod va ozuqani qabul qiladi. Odamlar dastlab o’simlik mevasi va urug’lari, ildizmevalari bilan oziqlangan, xom go’sht iste’mol qilgan. Keyinchalik baliq ovlash, yovvoyi hayvonlarni tutishni osonlashtirish uchun turli qu- rollar yasay boshlagan. Qadimgi odamlar iqlimning sovib borishi natijasida isinish va ovqat tayyorlash uchun olovdan foydalanish- gan. Dehqonchilik va chorvachilikning rivojlanishi odamning doimiy yashash joyiga ega bo’lishiga sabab bo’lgan.

Odam yashash sharoitini yaxshilash maqsadida tabiatga doi- mo ijobiy yoki salbiy ta’sir ko’rsatib kelgan. Ijobiy ta’sirga odam tomonidan o’simlikning yangi navlarini yaratilishi, hayvonlarning yangi (go’shtdor, sersut va hokazo) zotlarini olinishi, oziq-ov- qat mahsulotlarining ko’paytirilishi misol bo’ladi (76-rasm).

76-rasm. Insonning tabiatga ijobiy ta’siri.
76-rasm. Insonning tabiatga ijobiy ta’siri.
77-rasm. Insonning tabiatga salbiy ta’siri.
77-rasm. Insonning tabiatga salbiy ta’siri.

Salbiy ta’sirga yovvoyi hayvonlarni ko’plab ovlash natijasida ularning qirilib ketishi, o’rmondagi daraxtlarning keragidan ortiq kesilishi, at- mosfera havosining chiqindilar bilan iflos- lanishi, cho’llarning o’zlashtirilishi natijasida daryo va dengizlarning qurib qolishi kiradi (77-rasm).


Ekologik muammolar

Odamning tabiatga salbiy ta’siri ortgani sari turli ekologik muammolar kelib chiqadi. Masalan, odam tomonidan cho’llarning o’zlashtirilishi, tuproqning sho’rini yuvish va cho’l zonalari- da o’stiriladigan o’simlik, masalan, g’o’zani sug’orish natijasida Orol dengizi quriy boshladi. Transport vositalarining ko’payishi, yonilg’idan ko’p miqdorda foydalanish atmosferadagi karbonat angidrid miqdorini oshirib, havo haroratining ko’tarilishiga, bu esa o’z navbatida muzliklarning erib, ayrim joylarda suv toshqini bo’lishiga olib keladi.

Hozirda, muzlatkich va konditsionerlardan ajraladigan modda atmosferaning himoya qobig’iga salbiy ta’sir ko’rsatishi aniqlangan. Ozon qatlamida tuynuklarning paydo bo’lishi atmosferadagi ayrim zararli nurlarining yer- gacha yetib kelishiga sabab bo’lmoqda. Shuningdek, quyoshning zararli nurlari o’simlik va hayvonlarga halokatli ta’sir ko’rsatmoqda va odamlarda terining xavfli o’sma kasalligini kelib chiqishiga sabab bo’lmoqda.

O’rmonlarning keragidan ortiq kesilishi, dengiz va daryo suvlari- ga noto’g’ri munosabat, yovvoyi tabiatni odam tomonidan uzluksiz o’zlashtirilishi, yovvoyi o’simlik va hayvon turlarining qirilishi – bularning hammasi tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishiga va ekologik muammolarning ko’payishiga sabab bo’lmoqda.

Odamning tashqi muhitga salbiy ta’sirini kamaytirishda bizga biologiyadan olgan bilimlarimiz yordam beradi.


  • salbiy ta’sir
  • ijobiy ta’sir
  • ekologik muammo

Savollar

  1. Insonlarning tabiatga ijobiy ta’sirini aytib bering.
  2. Odam tabiatga qanday salbiy ta’sir ko’rsatadi?
  3. Ozon tuynugining tirik organizmga qanday zarari bor?
  4. Qanday ekologik muammolarni bilasiz?
  5. Ekologik muammolarning oldini olish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozim?
Previous articleBiotsenoz nima? Биоценоз нима?
Next articleTabiatni muhofaza qilish