Taniysanmi shu jajji qizni? (Mehrobdan chayon)

0

Taniysanmi shu jajji qizni? (Mehrobdan chayon). Танийсанми шу жажжи қизни? (Меҳробдан / мехробдан чаён).


Falakmi kajraftor[1], turmishmi bemaza, harholda Anvarlar ning toleyi yana pastlik qildi. Bir kun Anorbibi biravnikida yumish qila turib to‘sindan og‘rib qoldi, bir soatning ichida tilidan ham ayrildi. Zanbilga solib o‘z uyiga keltirib tashladilar. Bolalarning fi g‘oni falakka chiqdi. Kuyavi tabibga yugurdi. Natijada yurak falajiga yo‘liqqani ma’lum bo‘lib, shu kun kechasi hatto uch go‘dagi to‘g‘risida bir og‘iz vasiyat qilolmay vafot etdi. Mozorg‘a eltdilar. Tobut oldida ikki og‘asi bilan olti yoshliq Anvar ham yig‘lab bordi.

O‘n bir yoshliq Temur, to‘qquz yoshliq Qobil va Anvarlarni tarbiya qilish og‘irlig‘i Nodiraning ustiga tushdi. Marhuma onasi ning yodgorlari bo‘lg‘an bu uch bolani begonalar qo‘lida xor qilib qo‘yishni Nodira istamasa ham, erining faqirlig‘i bunga mone’ edi. Taziya kunlari o‘tkandan keyin o‘g‘ulliqqa deb so‘rag‘anlarg‘a ikki bolani berib yubordi va Anvarni o‘zi bilan olib, onasining qaqir-ququrlarini bir aravaga ortib eri ning uyiga keldi.

Nodira onasi o‘rnig‘a Anvarning boshini siladi, yuvibta radi va Anvarning istiqboli uchun qayg‘urdi. Otasi va erining kasblariga yaxshi baho bermagani uchun Anvarni boshqa kishi qilmoq fi kriga tushti. Uni o‘qutmoqchi, hatto madrasalarga yubormoqchi va shu yo‘sun mullaliq darajasiga yetkuzib, otasining uyiga charog‘chi qilmoqchi edi. Anvarni o‘zlari turg‘an mahalladan bir guzar nari bo‘lg‘an Solih maxdumning maktabiga berdi. Anvar «taxta»dan o‘qush boshladi, zehnining tiniqlig‘idan bo‘lsa kerak, o‘n bir yoshida savodi chiqayozdi. Biroq o‘qishda qancha baxtli bo‘lsa, peshanada o‘shancha baxtsiz edi. Shundog‘ki, Nodira ikki bolaliq bo‘lg‘an edi. Eri: «Ukangga yediribkiydiraymi yoki o‘z bolalaringnimi? Ukangni kishiga shogird berib yubor», – deb Nodirani qistashga turdi. Bechora Nodira og‘ir holda Anvarni kishiga shogird berib, o‘qushini zoye’ qilishg‘a ko‘zi qiymaydir, eriga muqobala[2] uchun hech bir mantiq topolmaydir. Chunki eri ning holi o‘ziga ma’lum. Shu yo‘sun yana bir yil o‘tib, Anvar to‘g‘risida eri bilan achchig‘-tiziq bo‘lg‘an bir kun paranjisini yopinib ko‘chaga chiqdi va to‘g‘ri Solih maxdumning uyiga bordi. Shu vaqtlarda Solih maxdumning onasi Marg‘ilong‘a ketmagan edi.

Nodira Mohlar oyimg‘a yig‘lab hasrat qildi. Hamma sarguzashtlarini birma-bir so‘zladi. Shu bola uchun eridan chekkan izolarini chizib:

– Ulug‘ dargohlaringizga shu yatim bolaning umri zoye’ bo‘lmasmikin, o‘qushi juvanmarg qilinmasmikin, deb keldim. Bir parcha nonlaringizni ayamay, yatim boshini silasalaringiz, deb keldim, – dedi.

«Qush tilini qush biladir» deganlaridek, Nodiraning sami miy arzi bandachiligi Mohlar oyim bilan Nigor kelinning yuraklarini ezdi va shu onda Mohlar oyim maktabxonadagi bolalar ichidan Anvarni chaqirtirib oldi. Anvar ke lishkan, do‘ndiq bola edi.

– Domlasi maxtaydirg‘an o‘zimning zehnlik bolam- ku, – dedi Mohlar oyim Anvarni ko‘rish bilan va Nodiraga taskin berdi.

– Xub, qizim, xub, pochchasi boqmasa boqmasin, men o‘zim boqaman, o‘qutib katta mulla qilaman.

Anvar pochchasining keyingi kunlardagi dag‘al muomalalari sababini o‘ylab, xafalanib yurar edi. Mohlar oyim ning haligi so‘zi bilan masalaga tushundi va yatimona boshini quyi soldi. Bu holdan opasi ta’sirlanib, ko‘ziga yosh oldi.

– Yig‘lamang, juvon, – dedi Mohlar oyim, – yo‘qliq qur sin – yo‘qliq. Pochchasi kambag‘al bo‘lsa, unda ham gunoh yo‘q, hamma gap taqdiri azaldan. Yaxshi: bu kundanoq bola siznikiga bormaydir, o‘z yonimda o‘g‘lim bo‘lib yotadir. Otin g nima, katta yigit?

– Anvar…

– Oh, oting ham o‘zingga o‘xshash chiroylik ekan… Manovi do‘ndiq qizni taniysanmi?

Shu o‘rtada o‘ynab yurg‘an olti yoshlar chamaliq Ra’no yugurib kelib, Mohlar oyimning bag‘rig‘a kirdi. Anvar o‘zidan ham do‘ndiqroq Ra’noga qarab kuldi:

– Ra’noxon, – dedi.

Mohlar oyim Ra’noni bag‘ridan chiqarib buyurdi:

– Bor, Anvar akangga salom qil!

Ra’no kelinlarcha Anvarga salom qildi va jazb qiling‘an dek Anvarning yaqinig‘a borib to‘xtadi.

– Ko‘rish, Anvar! – dedi oyim.

Anvar Ra’noni bag‘riga olib quchoqladi. Shu holda Mohlar oyim kulimsidi.

– Agar o‘lmasam, shu do‘ndiq qizimni berib, Anvarni o‘zimga kuyav qilaman.

Anvar uyalib bag‘ridagini bo‘shatib yubordi. Xotinlar kulishdilar. Shu yo‘sun Nodira Mohlar oyimdan juda xursand bo‘lg‘ani holda uyiga qaytib ketdi.

O‘z uyida bir nonxo‘r ortishi maxdumga, albatta, yoqmas edi. Biroq onasining ra’yini qaytarishdan ham ojiz edi.

Shundoq ham bo‘lsa, «tomog‘i-ku, yengil, kiyimi og‘irroq. Kiyi mini opasining ustiga qo‘ymabsiz-da», – dedi. Mohlar oyim: «Kiyimi bir gap bo‘lar. Kishilar masjid, madrasa solg‘anda, biz bir yatim boqsaq, arzimaydimi? Senga og‘irliq qilsa, o‘z bisotimdan kiyintirarman, bolam», – dedi.

Anvar o‘n ikki yoshida uchunchi oilani ko‘rdi. Lekin bu oxirg‘isi Anvar uchun har jihatdan ham qulay bo‘ldi: o‘qushini davom etdirar, qorni panjshanbalik nonlar bilan to‘q, ust-boshi yamoq bo‘lsa ham, yalang‘och emas edi. Bu uchunchi oilaga ko‘chishda Anvarni eng xursand qilg‘an narsa maktabdagi bolalarning ozor berishlaridan qutulishi va domlaning asrandi o‘g‘li maqomini olishi bo‘ldi. Bolalar uni ehtirom qilmasalar ham, unga burung‘icha yomon muomala qilishdan hayiqib qoldilar. Anvarga bu uyda ortiqcha yumush ham yo‘q, chunki har qancha uy xizmatlari maktab bolalaridan ortmas, o‘qushdan bo‘shag‘an vaqtini Ra’noni o‘ynatib kechirar edi.

O‘n uch yoshida maktab pro‘g‘rammasini bitirib, yosh bo‘lsa ham xalfalik, ya’ni domlag‘a ko‘makchilik qila boshladi. Va har kun bolalar ozod bo‘lg‘andan keyin maxdum unga qofi yadan[3] dars berar va «Guliston»i Sa’diydan bir necha band o‘qutib, ma’nosi bilan yodlatar edi.

O‘n besh yoshida maktabni yolg‘iz o‘zi idora qilish darajasiga yetkanidek, yaxshig‘ina forsiyxon va bir daraja arab tiliga oshno bo‘ldi. Maxdum mundan bir necha vaqt ilgarilar Anvarni madrasaga uzatish to‘g‘risida so‘zlanib yursa ham, hozir bu gapni og‘zig‘a olmay qo‘ydi. Chunki maktab ishida yalqovlanib Anvarga suyanib qoldi va madrasa masalasini unut dirish maqsadida arab, fors nahvsarfi dan[4] o‘zi dars be rishka tirishdi.

Maxdum Anvarga shu jihat bilan inoq edi. Ammo Mohlar oyimning Anvar bilan muomalasi xolis va samimiy bo‘lib, ul Anvarga o‘z bolasidek mehribon va har vaqt: «Ko‘nglingni buzma, Anvar yigit, ko‘rasanmi shu jajji qizni? Albatta, senga berdiraman!» – der edi. Lekin Mohlar oyim va’dasiga yetalmadi. Maxdumdan arazlab Marg‘ilon ketishka majbur bo‘ldi. Biroq ketar chog‘ida ham Anvarni unutmadi. Nigor kelinni o‘z yonig‘a chaqirib: «Kuyavlik uchun Anvardan yaxshiroq yigitni topolmassiz, Ra’nog‘a Xudoyim umr berib bo‘yi yetsa, albatta, Anvarga berdirgin», – dedi.


  • [1] Kajraftor – egri yuruvchi.
  • [2] Muqobala – qarshi.
  • [3] Qofiya – arab tili grammatikasi. Aslida «Kifoyat».
  • [4] Nahv – sintaksis, sarf – morfologiya.
Previous articleBaxmalbofda faqir bir oila. «Mehrobdan chayon» romanidan boblar
Next articleChin o‘rtoq (Mehrobdan chayon)