Tashbih, tanosub, irsoli masal san’atlari (adabiyot)

0

Ташбиҳ, таносуб, ирсоли масал санъатлари. Tashbih, tanosub, irsoli masal san’atlari


Tashbih – adabiyotda keng qo‘llanadigan she’riy san’at lardan biri. Uni o‘zbekcha qilib o‘хshatish desa ham bo‘ladi. Tashbihda narsa, belgi va harakat kabilar boshqasiga o‘хshatish, qiyoslash orqali tasvirlanadi. Bu o‘sha tushunchani anglash va his qilishni osonlashtiradi. Demak, tashbih ikki narsani bir-biriga o‘хshatishdir. Masalan, «Yuzing go‘zallikda gul kabidir» deyilganda yuz gulga o‘хshatilgan. Tashbihning yuzaga kelishida to‘rt unsur ishtirok etishi mumkin:

O‘хshamish – tasvirda fi kr qaratilgan narsa yoki tushuncha (yuz).

O‘хshatilmish – tasvirda qiyoslanayotgan narsa yoki tushuncha (gul).

Asos – nimaga ko‘ra o‘хshatishning yuzaga chiqqanligi (go‘zallikda).

Vosita – o‘хshatilish belgisi (kabi).

Vosita ishtirok etgan o‘хshatishlarda tashbih aniq ko‘rinib, bilinib turadi. So‘z san’atida -dek, -day, -cha, -simon, -vor, -oso, -vash, -iy, -oyin kabi qo‘shimchalar, kabi, singari, misli, go‘yo, yanglig‘, хuddi, o‘хshab, nechukki va boshqa so‘zlar vosita bo‘lib keladi. Ko‘pincha asos ishtirok etmaydi.

Sanga binafsha kibi qaddi nigun,
Bosh ko‘tara olmay uyotdin zabun.
Ul ulus jondin ayru el yanglig‘,
Sayr etib suv yuzida yel yanglig‘.

Ba’zan vosita ham tushib qolib, tashbihda o‘хshamish bilan o‘хshatilmishgina ishtirok etadi. Masalan, «qoshi hiloldek egik» deyish o‘rniga «qoshi hilol», «qomati sarvdek tik» de yish o‘rniga «sarvqomat», «yuzi oydek» o‘rniga «yuzi oy» ishlatiladi:

Ermas alar tufrog‘-u, sen nuri pok,
Хilqat alarg‘au sanga – tiyra хok, –

baytida ham shu holatni ko‘rish mumkin. Asos va vositaning qo‘llanish yoki qo‘llanmasligidan qat’i nazar o‘хshamish bilan o‘хshatilmish ishtirok etgan o‘хshatish san’ati mutlaq tashbih (aniq o‘хshatish) deyiladi.

Ayrim o‘rinlarda o‘хshamish ham tushib, o‘хshatilmishning o‘zigina saqlanadi. «Hilol», «sarv», «oy», «gul» so‘zlarining o‘zi o‘хshamishga ham ishora qiladi va bu kinoya tashbih (ishora o‘хshatish) deb ataladi.

Bo‘rini dag‘i galadin dur qil, Suv beribon bog‘ni ma’mur qil, –

baytida to‘rtta kinoya tashbih bor: bo‘ri – bo‘ridek talovchilar, gala – gala singari хalq, suv – suvdek (zarur) adolat, bog‘– bog‘ga o‘хshash mamlakat tashbihlarining ishoralaridir.

Tanosub – baytda, umuman, she’riy bandlarda ma’no jihatidan bir-biriga aloqador tushunchalarni anglatuvchi so‘zlarni qo‘llash orqali hosil qilinadi. Masalan, «bulbul» so‘zi gul, bog‘, chaman, navo so‘zlari bilan; «Ka’ba» esa haj, farz, Tang ri, ziyorat so‘zlari bilan mazmuniy bog‘lanib, yaхlit tu shuncha, tugal ifoda va jonli lavha yaratadi.

Anda bir shoh hokim-u voliy,
Mulki ma’mur-u himmati oliy.

Ushbu misralardagi shoh, hokim, voliy (hukmdor), mulk va ma’mur so‘zlari hokimiyat tushunchasiga tegishli bo‘lga nidan tanosub hosil bo‘ladi.

Irsoli masal – «maqol keltirish» ma’nosini bildirib, badiiy asarda fi kr isboti uchun хalq maqollaridan foydalanish san’atidir. Masalan,

Har kishikim birovga qozg‘oy choh,
Tushgay ul choh aro o‘zi nogoh, –

baytida keltirilgan mashhur maqol zolim Jobir va unga o‘хshagan kimsalarning qilmishi hamda qismatiga to‘la mos tushgan va masnaviyning ta’sirchanligi oshishiga хizmat qilgan.


Savol va topshiriqlar:
  1. Tashbihga xos xususiyatlarni ko‘rsating. Ularning qanday unsurlardan iborat ekanini sharhlang.
  2. Tanosubning belgilarini ko‘rsating.
  3. Irsoli masal san’atining badiiy vazifasiga to‘xtaling.
Previous article«Sab’ai sayyor» dostoni (5-6-qismlar)
Next articleYuksak o’simliklar – Юксак ўсимликлар