Xayriddin Saloh hayoti va ijodi (Хайриддин Салох)

0

Xayriddin Saloh (1934 –1969). Хайриддин Салоҳ ҳаёти ва ижоди. Хайриддин Салох хаёти ва ижоди. Xayriddin Saloh sherlari.


Xayriddin Saloh hayoti va ijodi (Хайриддин Салох)
Xayriddin Saloh hayoti va ijodi (Хайриддин Салох)

G’oyat qisqa umri davomida bir qator yorqin she’riy asarlar yozib qoldirishga ulgurgan jo’shqin shoir Xayriddin Saloh (Salohiddinov) 1934-yilning 15-yanvarida Toshkentda tug’ildi. Maktabda o’qib yurgan paytlaridayoq badiiy so’zga bo’lgan qiziqish Xayriddinni keksa shoir

G’ayratiy rahbarlik qilgan adabiyot to’garagiga boshlab keldi. To’garakda bo’lajak shoir Erkin Vohidov, Yusuf Shomansur, Sayyor singari tengdoshlari bilan ijod sirlarini o’rganadi.

X. Salohning ilk she’ri 1950-yilda bosilib chiqdi va ko’p chilikning e’tiborini tortdi. O’rta maktabni tugatgan Xayriddin Toshkent davlat pedagogika instituti (hozirgi

Pedagogika universiteti)ning tarix-filologiya fakultetiga o’qishga kirdi va uning kechki bo’limini 1957-yilda tugatdi. Shundan so’ng shoir «O’zbekiston madaniyati» gazetasi, «G’uncha», «Gul xan» jurnallarida adabiy xodim bo’lib xizmat qildi.

Turli yillarda Xayriddin Salohning «Chashma» (1959), «Ikkinchi imtihon» (1961), «Ishqim va rashkim» (1965), «Tug’yon», «Na’matak» (1969), «Izlar va hislar» (1974), «Shu’lalar qo’shig’i» (1975), «Lirika» (1985) singari she’rlar to’plamlari bosilib chiqdi.

Iqtidorli shoir Xayriddin Saloh yirik she’riy janrlarda ham ijod qilib, «Laylo», «Yangroq hayot», «Toshkent bilan suhbat» dostonlarini yaratdi. Uning tarjimonlik borasida qilgan xizmatlari ham e’tiborga loyiq. X. Saloh Bayron, Heyne, Lermontov, Shevchenko, Hamzatov singari olamga mashhur shoirlarning ko’plab asarlarini o’zbek tiliga tarjima qilgan.

Serqirra ijodkor Xayriddin Saloh 1969-yilning 5-iyunida vafot etgan.

Previous articleMirtemir Betobligimda she’ri
Next articleXayriddin Saloh she’rlari (dostonlari, asarlari)