Mirtemir Betobligimda she’ri

0

Mirtemir Betobligimda she’ri. Миртемир Бетоблигимда шеъри.


Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Qovrilmay to g’ashlik alangasida.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Nafasimni rostlay ko’lankasida.

Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Qushlar ovoziga quloq solayin.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Xayol og’ushida orom olayin.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Shu kungacha o’zni men cheklab bo’ldim.
Majnuntol tagiga o’tqazing meni,
Men uchun yig’lasin, men yig’lab bo’ldim.

Mirtemir


Savol va topshiriqlar:

  1. She’rning birinchi bandida shoirning qanday kayfi yati aks etgan?
  2. «Qovrilmay to g’ashlik alangasida» misrasida shoirni qan day g’ashlik qovurmoqchi deb o’ylaysiz?
  3. Betob shoirning «Xayol og’ushida orom olayin» tarzidagi istagini sharhlang.
  4. She’rning uchinchi bandiga alohida e’tibor qiling.
  5. Shoirning: «Shu kungacha o’zni men cheklab bo’ldim» tar zidagi iqrorini izohlang.
  6. So’nggi misradan siz nima ilg’adingiz?
  7. She’rni yod oling.
Previous articleMirtemir Toshbu she’ri
Next articleXayriddin Saloh hayoti va ijodi (Хайриддин Салох)