Yahudiylik dini bayramlari

0

Yahudiylarda Rosh Ashona, Yom Kipur, Pesax, Shavuot, Sukkot, Simxa Tora, Purim, Hanukka va boshqa diniy va milliy bayramlar (ibr. — Yom tov — yaxshi kun) mavjud.

Rosh Ashona (ibr. — «yil boshi») yahudiy milliy taqvimiga ko‘ra yangi yil bayrami tishre (sentabr-oktabr) oyining birinchi va ikkinchi kunlarida nishonlanadi.

Yahudiylik ta’limotiga ko‘ra, bu kunda ilk inson Odam yaratilgan va Xudo tomonidan berilgan taqiqni buzib, jannatdan chiqarilgan.

O‘n kun davom etadigan Rosh Ashonaning oxirgi kunida Yom Kipur bayrami nishonlanadi. Bu kuni hech qanday ish qilinmay, faqat ibodat bilan mashg‘ul bo‘linadi. Yahudiylar Yom Kipurda ro‘za tutishlari, sinagogada nadomatlar bilan yig‘lab, qilgan gunohlariga tavba qilishlari shart.

Pesax (Pasxa) yillik bayramlar orasida eng e’tiborlisi hisoblanadi. U nisan (mart-aprel) oyining o‘n beshinchi kunidan boshlanib, sakkiz kun davom etadi. Ushbu bayram yahudiylarning Misrdagi qullikdan ozod bo‘lganlari munosabati bilan nishonlanadi va mazkur kunlarda xamirturushsiz non — «matsa» iste’mol qilinadi.

Shavuot (Sheviot) (ibr. — haftalar) Pesaxdan keyingi 50-kuni nishonlanadi. Shavuot dastlab dehqonchilik bayrami bo‘lgan, keyinchalik Sinay tog‘ida Musoga «Tavrot»ning berilishi munosabati bilan nishonlangan.

Sukkot      (chodirlar       bayrami)        yahudiylar Misr dagi qullikdan ozod bo‘lganlaridan so‘ng, cho‘lda chodirlarda kun kechirganlarini xotirlab o‘tkaziladigan marosim. Qadimda yahudiylar mazkur marosim kunlarida Quddusga ziyoratga borganlar. Bugunga kelib bu an’ana tusidan chiqqan.

Milliy xususiyatga ega Purim (Shirinlik bayrami) adar (fevral-mart) oyining 14-kuni nishonlanadi. Ushbu bayram Quddusda 1 kun, boshqa joylarda esa 2 kun davom etadi.

Bu bayram Ester ismli qiz tufayli yahudiylarning Eronda qatliomdan qutulib qolishlari sharafiga bag‘ishlanadi va unda ko‘ngilochar bazmlar uyushtirilib, shirinliklar tarqatiladi.

Hanukka   (ibr. — «yangilanish», «yoritish») yahudiylarning Suriya qiroli Antiokas ustidan qozongan g‘alabalari sharafiga bag‘ishlangan bayram hisoblanadi.

Kislav (noyabr-dekabr) oyining yigirma beshinchi kunidan boshlanib 8 kun davom etadigan bu bayramning odatiy kunlardan birgina farqi hanukkiya deb nomlangan to‘qqiz shoxli shamdondan har kuni bittasining yoqilishidir.

Yahudiylik marosimlari va oqimlari. Yahudiylik ta’limoti

Previous articleYahudiylik Ibodat va marosimlari
Next articleYahudiylikda dafn marosimi