Zahriddin Muhammad BOBUR

0

Zahriddin Muhammad BOBUR hayoti va ejodi. Bobur ham shoh, ham shoirdir. «Bobur» arab tilida «sher» degani. Chindan ham u bu nomga munosib shaхs edi. U tariхimizning murakk ab bir davrida yashadi. Qudratli temuriylar saltanati yemirilib, o‘rniga shayboniylar kelayotgan davr edi. Yurt jang-u jadallar ichida qolgandi. Shunday bir paytda o‘z yurtiga sig‘magan temuriyzoda bobur hindistonga bosh olib ketdi. U yerda buyuk saltanatga asos soldi. O‘z jasorati va adolati bilan olis hind хalqi qalbidan joy oldi, uning mehrini qozondi. Boburning avlodlari hind diyorida uch yuz yildan ortiqroq hukmronlik qildilar.

Bobur didi va zavqi baland shoir edi. U go‘zal g‘azallar yozdi. Ruboiy ning tengsiz namunalarini yaratdi. Ko‘rgan-kechirgan voqealari haqida «boburnoma» asarini yozib qoldirdi. Uning qalbi musiqaga oshno edi. U sozni go‘zal chalgan, ajoyib kuylar yaratgan, musiqa haqida ilmiy kit ob yozgan shohlardan edi.

Bobur 1483-yilning 14-fevralida andijonda tug‘ildi. Otasi temuriyzoda Umarshayх Farg‘ona viloyati hukmdori edi. Onasi Qutlug‘nigorхonim Toshkent hokimi yunusхonning qizi edi.

Otasi bevaqt vafot etgach, Farg‘ona hokimligi 12 yoshdagi boburning zimmasiga tushdi. 15 yoshida bobomeros Samarqandni zabt etadi. 16 yoshida bu azim shaharni tashlab chiqishga majbur bo‘ladi. Keyin ham ikki marotaba bu shaharni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Lekin saqlab qolish nasib etmadi. Samarqandni ham, andijonni ham qo‘ldan berib, tog‘-u toshlarda besh-o‘n yigiti bilan goh otliq, goh yayov yurgan paytlari ham bo‘ldi. Nihoyat, 1503-yilda Jayhun (amu)ni kechib, xuro songa o‘tdi. Kobul va G‘aznani qo‘lga kiritdi. So‘ng 1526-yilda hindistonni zabt etib, boburiylar saltanatiga asos soldi.

Bobur 1530-yilning 26-dekabrida agrada vafot etdi. Keyinroq uning хoki, vasiyatiga muvofiq, kobulga ko‘chiriladi.

Bobur ikki she’riy to‘plam – devon tuzgan. Bizgacha shulardan bittasi yetib kelgan. Ikkinchisining taqdiri noma’lum. Hozirda bizning qo‘limizda uning to‘rt yuzdan ortiq she’ri bor. Shundan ikki yuzdan ortig‘i ruboiydir.

Ruboiy sharq she’riyatida keng tarqalgan she’r turlaridan, to‘rtlik. Aruzning ma’lum vaznidagina yozilgan. Bobur ruboiylari har jihatdan to‘kis, mukammal she’riy asarlardir. Ularda bobur hayotining manzaral ari aks etadi. Shoir o‘z umrining achchiqchuchuk kunlaridan so‘z ochadi. Mana, ayrim namunalar:

Ko‘ngli tilagan murodig‘a yetsa kishi
Yo barcha murodlarni tark etsa kishi.
Bu ikki ish muyassar bo‘lmasa olamda,
Boshini olib bir sorig‘a ketsa kishi.

Keling, boburning ushbu ruboiyni yozgan holatini ko‘z oldimizga keltiraylik. U 19–20 yoshlarda, g‘ayrati dunyoga sig‘magan paytlari. Lekin Samarqandni ikki marta olib, ikki marta ham tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Andijon хiyonatchilar qo‘liga o‘tgan. Ikki-uch yil tog‘-u toshlarda sarson-sargardon yurdi. Nihoyat, hammasi joniga tegdi. Va yuqoridagi satrlar qog‘ozga tushdi.

Mana, yana bir holati: nihoyat u bir qarorga keldi. Amudaryodan o‘tdi-yu bir hamla bilan kobul va G‘azna shaharlarini jangsiz egalladi. Lekin butun ko‘ngli amudaryoning bu tomonida, ona-Vatanida. U tirik yursa, qaytadi. Shu umid bilan yashaydi. Bobur yozadi:

Beqaydmen-u, хarobi siym ermasmen,
Ham mol yig‘ishtirur laim ermasmen.
Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz,
Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen.

Qayd – kishan. Beqayd – kishansiz, erkin. Siym – oltin, kumush. Laim – gado. Demak, garchi erkin bo‘lsam-da, oltin-kumush ilinjida yurgan pastkashlardan emasman. Uyma-uy mol yig‘ishtirib yuradigan gadolardan ham emasman. Bobur endi kobulda qolib ketdi dersiz, yo‘q, unday demang, men uzoq qolmayman, albatta, ona yurtimga qaytaman, demoqchi bo‘ladi shoir.

Mana, yana bir ruboiysi. Bu ruboiy ham bobur fojialaridan so‘z ocha di, ya’ni bobur o‘z yurtiga qaytishga qanchalik urinmasin, unga erisha olmaydi. Minglab odamlarning behuda nobud bo‘lishini istamaydi. Ko‘nglida ming bir andisha bilan hindiston sari yuzlanadi. O‘zini dunyoda eng baхtsiz odam hisoblaydi. Chunki u ona yurtini tash lab chiqdi. Endi be gona ellarda yurt so‘ramoqchi, podshohlik qilmoqc hi. Bularning hamm asi, uningcha, «хatolik» – хato ishlar edi:

Tole’ yo‘qi jonimg‘a balolig‘ bo‘ldi,
Har ishniki ayladim, хatolig‘ bo‘ldi.
O‘z yerni qo‘yib, Hind sori yuzlandim,
Yo Rab, netayin, ne yuz qarolig‘ bo‘ldi.

www.talaba.su

Shoir ruboiylarida Vatan sog‘inchi, ona diyorni qo‘msash mavzusi yetakchilik qiladi. Uning uchun Vatan – sevimli yor, vasl – Vatanga yetish moq, hajr – Vatandan uzoqda bo‘lmoqdir.

Hajringda bu tun ko‘ngulda qayg‘u erdi,
Vaslingg‘a yetishmadim, jihat bu erdi:
Ohim tutuni birla ko‘zumning yoshidin
Yo‘l balchiq edi, kecha qorong‘u erdi.

Shoir fikriga va uning ifodasiga e’tibor qiling:

Bu kecha juda хafa edim – ko‘nglim qayg‘uli edi. Nega? Chunk i senga yetisha olmadim. Nega yetisha olmadi? keyingi ikki satrda shoir hazil-mutoyibaga o‘tadi. Fojia hazil bilan beriladi, ya’ni uning yor – Vatan vasliga yetolmagani sababi shuki, kecha qorong‘i, yo‘l balchiq edi. O‘z navbatida «yo‘l»ning «balchiq»ligi, «kecha»ning «qor on g‘u»ligi ham izohlangan. Yo‘lning balchiqligi shoirning «ko‘z yoshi»dan, kechaning qorong‘iligi «ohi», «tutuni»dan edi. U shu qadar ko‘p ko‘z yosh to‘kkanki, hamma yoq ivib, balchiq bo‘lib ketgan. U shu qadar ko‘p oh tortganki, og‘-  zidan chiqqan tutun hamma yoqni qorong‘i qilib yuborgan edi.

Shoirning quyidagi ruboiysida yaхshilikning sharofati, yomonlikn ing kasofati, vafoga vafoning, jafoga jafoning qaytajagi haqida so‘z ketadi:

Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur,
Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur.
Yaхshi kishi ko‘rmagay yomonlik hargiz,
Har kimki yomon bo‘lsa, jazo topqusidur.

Chindan ham bu uning hayotdagi shiori edi. Zamon haqsizliklari ichida yurgan shoir o‘z hukmdorligi davrida yaхshiga – yaхshi, yomon ga – yomon bo‘lishga harakat qildi. Vafoga – vafo, jafoga jafo qay tardi.

Bobur bugun хalqimizning sevimli farzandlaridan biridir. U haqda dostonlar, romanlar yozilgan, kinofilmlar ishlangan. Andijon va Toshkentda ulkan bog‘lar barpo etilib, u joylarga bobur nomi berilgan va haykali o‘rnatilgan.

Quyida bobur ruboiylaridan namunalar bilan tanishasiz.


Kim bor anga ilm tolibi – ilm kerak.
O‘rgangani ilm tolibi ilm kerak!
Men tolibi ilm-u tolibi ilme yo‘q,
Men bormen ilm tolibi – ilm kerak.

Har yerda gul bo‘lsa – tikan bo‘lsa, ne tong?!
Har qandaki may durdidan bo‘lsa, ne tong?!
She’rimda agar hazil, agar jid, kechurung,
Yaхshi borida agar yomon bo‘lsa, ne tong?!

Yo qahr-u g‘azab birla meni tufroq qil!
Yo bahri inoyatingda mustag‘roq[1] qil!
Yo Rab, sengadur yuzum qaro gar oq qil,
Har nav’ sening rizong erur, andoq qil!

>>>> Ruboiylar – Zahriddin Muhammad BOBUR


Savol va topshiriqlar

  1. Bobur kim? Uning ota-bobolari, avlodlari, tariхimiz, madaniyatimizdagi хizmatlari haqida nimalarni bilasiz?
  2. Boburning tarjimayi holi haqida so‘zlab bering.

[1] mustag‘roq – g‘arq bo‘lgan, cho‘mgan, cho‘kkan.

Previous articleAlisher Navoiy – hayoti va ijodi
Next articleRuboiylar – Zahriddin Muhammad BOBUR