Oqsaroy haqida. Оқсарой ҳақида. Оксарой хакида.
Oqsaroy obidasi hozirgi Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida joylashgan. Uni buyuk bobomiz Amir Temur o‘z onasining sharafiga qurdirgan. Obida naqshlariga berilgan ranglar oy yorug‘ida jilolanib, oqarib turganligi uchun Oqsaroy deb atalgan. U o‘z davrining eng go‘zal va salobatli me’moriy inshooti edi. Bu obida tepasiga aylanma zinalar orqali chiqilgan.
Oqsaroy devonxonasi peshtoqiga Quyosh, Arslon va Amir Temur davlatining uch halqa shaklidagi tasviri tushirilgan. Ayniqsa, Oqsaroy tomi tepasiga barpo etilgan hovuz saroyning eng noyob jihati edi. Bu hovuzga suv dovondan qo‘rg‘oshin quvurlar orqali olib kelingan. Hovuzdagi ortiqcha suv sharshara hosil qilish yo‘li bilan pastga oqizilgan.
Hozirda Oqsaroy me’moriy majmuasi restavratsiya qilinib (qayta tiklanib) markaziy maydonda Amir Temur haykali o‘rnatildi.
Oqsaroyning go‘zalligi va salobati hatto chet elliklarni ham hay ratga solgan.
E’tibor bilan o‘qing!
Hatto mohir ustalari jahonga mashhur bo‘lgan Parijda ham bu ish juda go‘zal hisoblangan bo‘lar edi.
Gonzales de Klavixo — Ispaniya qirolligi elchisi.
O‘z davrida dunyoni lol etgan Oqsaroydan hozirgi kunda ulkan peshtoqning ikki chekkasidagi minora va poydevorining bir qismigina saqlanib qolgan, xolos.