Registon majmuasi haqida. Регистон мажмуаси ҳақида / хакида.
Registon deyilganda Sharq mamlakatlarida, shu jumladan, O‘zbekistonda ham shaharning markaziy maydoni tushunilgan. Tarixda bunday maydonlarda turli tadbirlar — bayramlar, sayllar, tomoshalar o‘tkazilgan. Maydon o‘yilib ketmasligi uchun uning ustiga mayda tosh yotqizilgan.
Keyinchalik Registon maydonida Ulug‘bek, Sherdor va Tillakori madrasalaridan iborat me’moriy majmua bunyod etildi.
Ulug‘bek madrasasi XV asrda qurildi. U ikki qavatli bo‘lib, atrofi hujra va darsxonalar bilan ohalgan. Madrasalarning qolgan ikkitasi — Sherdor va Tillakori madrasalarini XVII asrda Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir qurdirgan. Sherdor madrasasi Ulug‘bek madrasasining ro‘parasida joylashgan.

Madrasa to‘rt burchakli va ikki qavatli qilib qurilgan. Peshtoqqa qizg‘ish zarhal tusli sher oq ohuni quvib borayotgani tasvirlangan. Quyosh esa bodomqovoq, qiyiq ko‘zli qilib tasvirlangan. Peshtoqning ikki tomonida gumbazli darsxona va masjid joylashgan.
Tillakori (tilla bilan ishlangan) madrasasi dastlab Yalangto‘shbiy kichik madrasasi deb nomlandi. Madrasa binosidan o‘rin olgan masjidning bezagiga ko‘p miqdorda oltin sarflangani uchun madrasa Tillakori nomini oldi.
Samarqand shahrining 2750 yilligi munosabati bilan Tillakori madrasasida ham katta ta’mirlash ishlari amalga oshirildi.
Bugungi kunda Registon maydonida mashhur «Sharq taronalari» xalqaro musiqiy festivallari o‘tkazilib kelinmoqda. Bu xalqaro festivalning ahamiyati haqida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov bunday degan edi: «Sharq taronalari» musiqa festivali xalqlarimiz madaniyatlarini o‘zaro boyitadi…, xalqlarimizni … bir-biriga yaqin- lashtiradi».