Yashash huquqi qanday huquq. Яшаш ҳуқуқи / хукуки.
Mamlakatda demokratiyaning mavjudligini aniqlaydigan insonning eng muhim shaxsiy huquqi — bu yashash huquqidir.
Asosiy qonun belgilaydi Yashash huquqi har bir insonning uzviy huquqidir. Inson hayotiga suiqasd qilish eng og’ir jinoyatdir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 24-modda. |
Davlat va jamiyatning asosiy burchi – ana shu huquqni qo’l ostidagi barcha vositalar bilan kafolatlashdir. Bu huquqni ro’yobga chiqarish davlat va jamiyat demokratik rivojlanishining muhim sharti – sog’lom yashash huquqi, normal hayot sharoiti va hokazolar bilan chambarchas bog’liq. Davlat uni quyidagi majburiyatlarni bajarishda kafolatlaydi:
Normativ hujjat! O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «O’zbekiston Respublikasida o’lim jazosini bekor qilish to’g’risida»gi 2005-yil 1-avgustdagi Farmoniga muvofiq va insonning jahon hamjamiyati tomonidan tan olingan yashash huquqi prinsiplari, normalari hamda O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalaridan kelib chiqqan holda, shuningdek, jinoiy javobgarlikni liberallashtirish bo’yi- cha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida: «2008-yil 1-yanvardan O’zbekiston Respublikasida jinoiy jazo sifatida o’lim jazosi bekor qilinsin va uning o’rniga umrbod qamoq yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi kiritilsin», – deb belgilab qo’yilgan. |