Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari

0

Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari. Инсон ва фуқароларнинг асосий ҳуқуқлари, эркинликлари ва бурчлари. Инсон ва фукароларнинг асосий хукуклари, эркинликлари ва бурчлари.


Konstitutsiyaning II bo’limi to’liq inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag’ishlangan. O’z mazmuni bo’yicha har bir inson va fuqaro huquqlari bir-biriga mos keladi, lekin fuqarolikka ega bo’lgan shaxs- larning huquqlari va fuqarolikka ega bo’lmagan shaxslar huquqlari bir-biridan ko’lami jihatidan farq qiladi. Fuqarolikka ega bo’lgan shaxslarning huquqlari ko’lami davlat organlariga saylash va saylanish, davlat muassasalarida mas’ul lavozimlarda ishlash huquqiga, ayni shu davlat armiyasida xizmat qilish burchiga ega bo’lmagan shaxslarnikiga qaraganda kattaroqdir.

Davlat fuqarolarning Asosiy qonunda ko’rsatilgan huquq va erkinliklarini kafolatlashi to’g’risidagi qoida Konstitutsiyada mustahkamlab qo’yilgan.

Fuqarolarning barcha huquq va erkinliklari O’zbekiston Res- publikasi Konstitutsiyasining 18-46-moddalarida mustahkamlab qo’yilgan va ular shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy, madaniy huquqlarga bo’linadi.

1-topshiriq

Sizningcha, o’zimizni erkin va mustaqil inson deb his etishimiz uchun biz qanday huquq va erkinliklarga ega bo’lishimiz kerak?

Har qanday davlat aholisi nafaqat ana shu davlat fuqarolaridan, qola- versa, u yoki bu sabablarga ko’ra unda vaqtincha yashab turgan yoki doi- miy yashayotgan kishilardan ham iborat bo’ladi. Xorijiy fuqarolar yoki o’zining xorijiy davlatga mansub ekanligini isbotlay olmagan fuqaroligi bo’lmagan shaxslar (apatridlar) ana shular jumlasiga kiritiladi. Garchi bu shaxslar fuqarolikka ega bo’lmasa-da, ular ham xalqaro va milliy huj- jatlarda mustahkamlab qo’yilgan barcha huquqlardan foydalanadilar.

O’zbekistonning Asosiy qonuni barcha fuqarolarning bir xildagi huquqlari va erkinliklarini, qonun oldida ularning tengligini mustahkamlab qo’ygan. Bu huquqlar Konstitutsiyada daxlsiz, ya’ni hech kim mahrum etishga haqli bo’lmagan huquqlar sifatida ta’riflangan.

2-topshiriq

Bir kishining huquqlari boshqa bir kishining huquqlari boshlanadigan nuq- tada cheklanadi, degan ta’kidga qo’shilasizmi? O’z fikringizni asoslash borasi- da daliliy misollar keltiring.

3-topshiriq

Pantomima (so’zsiz xatti-harakat) orqali inson huquqlarining buzilishini tasvirlab bering va bunda aynan qanday huquqlar buzilganini sinfdagilar aytib berishini so’rang.


Batafsil >>

Previous articleHokimiyat nima? (Ҳокимият нима?)
Next article6-7-§§. Inson va fuqarolarning shaxsiy huquqlari va erkinliklari (amaliyot darsi)