8-§. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)

0

Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi). Инсон ва фуқароларнинг иқтисодий ва ижтимоий ҳуқуқлари (амалиёт дарси). Инсон ва фукароларнинг иктисодий ва ижтимоий хукуклари.

Инсон ҳуқуқларидан қайси бири энг муҳими? Мулкдор бўлиш ҳуқуқи / хукуки, меҳнат эркинлиги ва фаолият турини эркин танлаш ҳуқуқи, ишсизликдан ҳимояланиш ҳуқуқи. Ижтимоий таъминот олиш ҳуқуқи. Малакали тиббий хизматдан фойдаланиш ҳуқуқи. Таълим олиш ҳуқуқи. Техник ижод эркинлиги ҳуқуқи, маданият ютуқларидан фойдаланиш ҳуқуқи.


Mavzu ustida ishlash natijasida:

  • kishilar hayotida iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning ahamiyati, ularni ta’minlashda davlatning roli to’g’risida;
  • jamiyatni taraqqiy ettirishda mehnat va ta’limning muhimligi haqida bilib olasiz.
  1. Inson huquqlaridan qaysi biri eng muhimi?
  2. Mulkdor bo’lish huquqi, mehnat erkinligi va faoliyat turini erkin tanlash huquqi, ishsizlikdan himoyalanish huquqi.
  3. Ijtimoiy ta’minot olish huquqi.
  4. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi.
  5. Ta’lim olish huquqi.
  6. Texnik ijod erkinligi huquqi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.

Inson va fuqaroning asosiy huquq va erkinliklarining alohida guruhini iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar tashkil etadi. Ularga quyidagilar kiradi:

iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari


1. Inson huquqlaridan eng muhimi qaysi biri hisoblanadi?

Tasavvur qiling, Siz – Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo’lgan inson huquqlari to’g’risidagi bahs-munozara ishtirokchisisiz. Ushbu munozara ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini baholang va xulosa chiqaring: qaysi huquqlar eng muhimlari?

1-topshiriq

Birinchi (qatnashchi): Men Konstitutsiyaga faqat shaxsiy va siyosiy huquqlar kiritilishi lozim deb hisoblayman. Bular – yashash huquqi, so’z, fikr, axborot erkinligi, vijdon, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish erkinligidir. Biz hozircha mehnat qilish, bilim olish huquqi, hamma uchun turar joy kabi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlashga qodir emasmiz. Agar biz bu huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo’yishga uringudek bo’lsak, unda hukumat fuqaroviy va siyosiy huquqlarga kerakli darajada e’tibor berolmaydi.

Ikkinchi: Men bu ta’kidni ma’qullamayman. Eng avvalo, iqtisodiy huquqlar ta’minlanishi lozim, deb hisoblayman. Kishilarning, basharti, ularning yeydigan hech vaqosi bo’lmasa, odamlarning ishi va turar joyi bo’lmasa, qanaqa siyosiy erkinliklar xususida so’z borishi mumkin?

Uchinchi: Bularning hammasi to’g’ri, ammo siz davlat hammani ish bi- lan ta’minlay oladi, deb hisoblaysizmi? Menimcha, buning imkoni yo’q.

To’rtinchi: Fikrimcha, iqtisodiy huquqlarni kafolatlash mushkuldir. Ammo hukumat kam ta’minlanganlarga (pensionerlar, mehnat layoqatini yo’qotganlar va hokazolarga) imtiyozlar berishga majburdir.

Beshinchi: Men har bir odam o’zi va o’z yaqinlari hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojni davlatning yordamisiz ishlab topishi kerak, deb hisob- layman. Davlat esa bor kuch-g’ayratini atrof-muhit muhofazasiga qaratishi lozim.

Beshta guruhga bo’lining. Ushbu muhokamada qanchalik ko’p har xil qarash- lar va nuqtayi nazarlar bayon etildi? Qaysi fikr-mulohazalar, argumentlar Sizga ancha ishonarli tuyuldi? Nega? Ushbu muammoni hal etish yo’li borasida o’z fikringizni bildiring.

Bahs yuritish barcha huquqlar inson uchun nechog’liq muhim ekanligini, ular bir-biri bilan uzviy bog’liqligini, biri boshqasini qay yo’sinda to’ldirishini ko’rsatadi.

Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan qanday ajratib olish mumkin? O’z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar sog’lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butunlay tushunarli, negaki, ijtimoiy himoya qilinmagan inson o’zining siyosiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini ro’yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir.

Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog’liqligi shundan iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijo- biy yoki salbiy) ko’rsatadi.

2-topshiriq

Guruhlarda qoling. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mus- tahkamlab qo’yilgan fuqarolarning huquqlarini sanab o’ting. Inson ha- yoti va uning huquqlari himoyasini yetarli darajada ta’minlash uchun ularning zarurligini konkret misollarda asoslab bering.


2. Mulkdor bo’lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 36-moddasida har bir odam mulkdor bo’lish huquqiga ega ekanligi haqida so’z yuritiladi. Bu narsa, basharti, inson mol-mulkka egalik qilsa, undan hech kim bu mol-mulkni tortib olishi mumkin emasligini anglatadi va bu insonga o’ziga ishonch hamda mustaqillik hissini baxsh etadi. Mulkdorda o’z mulkini qandaydir bir ishga sarflab ko’paytirish, ya’ni o’ziga tanish faoliyat sohasida serg’ayratlik namoyish etish imkoniyati bo’ladi.

Konstitutsiya bilan kafolatlangan mehnat qilish huquqi, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqi davlatimiz zimmasiga ishsizlik darajasi iloji boricha past bo’lishi, ishsiz qolgan inson esa nafaqa olishi va shu davrda o’ziga ish qidirib topishi uchun barcha vositalarni ishga solish majburiyatlarini yuklaydi. Konstitutsiyada majburiy mehnat, ya’ni xizmat burchi doirasiga kirmaydigan ishlarni bajarishga majburlash taqiqlanishi alohida qayd etilgan.

Asosiy qonun belgilaydi

Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida ishlash va qonunda ko’rsatilgan tartibda ishsizlikdan himoyalanish huquqiga egadir.

Sud hukmi bilan tayinlangan jazoni o’tash tartibidan yoki qonunda ko’rsatilgan boshqa hollardan tashqari majburiy mehnat taqiqlanadi.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 37-modda.

Normativ hujjat!

Sizga ma’lummi, ya’ni…

Ishga kirayotgan odamdan, avvalo, yoshi haqida so’raladi, chun- ki O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga muvofiq korxo- na ma’muriyati voyaga yetmaganlarni faqat 16 yoshdan boshlab ishga qabul qilishga haqlidir. Mehnatga tayyorlash maqsadida (O’zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi, 77-modda) o’quvchilar 15 yoshdan boshlab, o’qishdan bo’sh vaqtda ishga qabul qilinishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar faqat ota-onalarining yozma roziligi bilan ishga joylashishlari mumkin, chunki ota-onalar mehnat sharoitini bilishlari va bu haqda kelishishlari shart. Shuningdek, o’smir salomatligi to’g’risidagi tibbiyot ma’lumotnomasi ham majburiydir.

Voyaga yetmaganlar uchun shunday taqiqlangan kasblar ham mavjud- ki, ular sog’liq uchun zararli bo’lgan mehnat sharoitiga ega. Masalan, gazpayvandchi, shaxtyor, temirchi singari kasblar.

O’quvchilar salomatligiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim jarayonini buzmaydigan yengil ishlarga jalb etilishi mumkin. Shuningdek, voyaga yetmaganlarni tungi, qo’shimcha ishlarga va dam olish kunlaridagi ishlarga jalb etish ham taqiqlanadi.


3.Ijtimoiy ta’minot olish huquqi

O’zbekistonda munosib turmush darajasini saqlab turish uchun ko’p bolali va kam ta’minlangan oilalarga, yolg’iz onalarga va boshqa yolg’iz kishilarga, shu jumladan, imkoniyati cheklangan bolalarga turli ko’rinishdagi ijtimoiy yordam ko’rsatilmoqda, nafaqalar va qarilik pensiyalarining miqdori muntazam oshirib borilmoqda.

iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari

Asosiy qonun belgilaydi

Har kim qariganda, mehnat layoqatini yo’qotganda, shuningdek, boquvchisidan mahrum bo’lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot olish huquqiga ega.

Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam boshqa turlarining miqdori rasman belgilab qo’yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan oz bo’lishi mumkin emas.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 39-modda.


4. Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi

Malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi har bir odamga havola etilgan. Mamlakatda ko’plab aholi bepul davolanadigan davlat tibbiyot muassasalari mavjud.

Keyingi vaqtlarda bir talay xo’jalik hisobidagi, shuningdek, pullik poliklinikalar va shifoxonalar paydo bo’ldiki, qayerda davolanishni tanlash imkoniyati ham yaratildi.

Sog’lom avlod – millat salomatligi garovidir. Keyingi vaqtlarda mamlakatda «Sog’lom avlod uchun» singari turli dav- lat dasturlari hamda faoliyati yosh avlod salomatligini mustahkamlashga yo’naltirilgan jamoat birlashmalari tashkil etildi.

Asosiy qonun belgilaydi

Har bir inson malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqiga ega.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 40-modda.


5. Ta’lim olish huquqi

O’zbekiston Respublikasida har bir inson bilim olish huquqiga ega- dir. Oilaning daromadidan qat’i nazar har qaysi bolada bepul bilim olish imkoniyati mavjud. Bu mamlakatning Asosiy qonuni bilan kafolatlangandir.

Asosiy qonun belgilaydi

Har kim bilim olish huquqiga ega. Bepul umumiy ta’lim olish dav- lat tomonidan kafolatlanadi. Maktab ishlari davlat nazoratidadir.

O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, 41-modda.

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 25-yanvardagi Farmonida quyidagilar belgilab qo’yilgan: 2018/2019 o’quv yilidan boshlab majburiy umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim umumta’lim maktablarida, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan maktablarda, ixtisoslashtirilgan san’at va madaniyat maktab-internatlarida, ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatlarida hamda akademik litseylarda uzluksiz va 11 yillik muddatda amalga oshiriladi. 2018/2019 o’quv yilidan boshlab kasb-hunar kollejlariga o’qishga qabul qilish umumta’lim maktablarining 11-sinflari bitiruvchilari hisobidan, ixtiyoriylik asosida, tegishli mutaxassislikka (kasbga) ega bo’lish uchun 6 oydan 2 yilgacha bo’lgan o’qitish muddatlarida amalga oshiriladi.

3-topshiriq

1-vaziyat.

Ko’plar har bir odam uchun majburiy bo’lgan o’rta maxsus yoki kasb-hunar ta’limi shart emas, umumiy o’rta ta’lim ham kifoyadir, deb hisoblashadi. Go’yo, hech qanday ma’lumotsiz ham binoyidek ishlab pul topish mumkin emish. Siz bunga qanday qaraysiz?

2-vaziyat.

Kimda bilim ko’p bo’lsa, egallagan bilimini hayotda qo’llay olsa, unga talabgor ko’proq bo’ladi va muvaffaqiyat qozonish imkoniyatlari ko’p bo’ladi, degan fikrni ma’qullaysizmi?

3-vaziyat.

Nima deb o’ylaysiz, maktabni tugatgach, qaysi fanlar ko’proq asqatadi?


6. Ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi va madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi

Konstitutsiyaning 42-moddasida shunday yozilgan: har kimga ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi, madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi kafolatlanadi. Davlat jamiyatning madaniy, ilmiy va texnikaviy rivojlanishiga g’amxo’rlik qiladi.

Mazkur huquqlar o’z mazmun-mohiyatiga ko’ra bilim olish huquqiga juda yaqin, negaki, ta’lim, madaniyat, ilmiy-texnikaviy yuksalish o’zaro bog’liq tushunchalardir. Bu huquqlar madaniyat hamda fan boyliklari va qadriyatlari ochiqligi bilan ta’minlanadi. Har kim muzey, teatr, madaniy va ilmiy-texnikaviy markazlarga tashrif buyurishi, kutubxona, radio va televideniye xizmatidan foydalanishi mumkin.

4-topshiriq

Iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarga putur yetkazilishiga doir sahna ko’rinish- larini tayyorlang va namoyish qiling. Qanday huquqbuzarliklarga yo’l qo’yilganini aniqlang. Bu huquqlarni himoya qilish uchun nima qilmoq kerak?

Yakunlarni chiqaramiz


Ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar:

  • davlatning vazifasi – aholi turmushini munosib darajada ta’minlash;
  • mulkdor bo’lish huquqi;
  • mehnat qilish va dam olish huquqi;
  • ishga qabul qilish – 16 yoshdan, 15 yoshdan ham yo’l qo’yi- i ladi;
  • ijtimoiy ta’minot olish huquqi;
  • malakali tibbiy xizmatdan foydalanish huquqi;
  • bilim olish huquqi;
  • ilmiy va texnikaviy ijod erkinligi huquqi;
  • madaniyat yutuqlaridan foydalanish huquqi.

O’zingizni sinang!

  1. Insonning qaysi huquqlari ijtimoiy-iqtisodiy huquqlar jumlasiga kiradi?
  2. Mulkdor bo’lish inson hayotida qanday rol o’ynaydi va mulk insonga qanday ustunliklar beradi?
  3. Qaysi tartib sizga adolatli tuyuladi: mulkdor bo’lish huquqiga faqat bir guruh odamlar ega bo’lgandami yoki har bir odam ega bo’lgandami?
  4. Qanday fikrdasiz, munosib turmush darajasini saqlab qolish uchun insonga nima zarur?
  5. Ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar qay tarzda o’zaro aloqada bo’ladi va bir-biriga ta’sir ko’rsatadi?
Previous articleDunyoviy davlat nima? Дунёвий давлат нима?
Next articleInson huquqlaridan eng muhimi qaysi biri hisoblanadi?