Inson huquqlaridan eng muhimi qaysi biri hisoblanadi?

0

Inson huquqlaridan eng muhimi qaysi biri hisoblanadi? Инсон ҳуқуқларидан қайси бири энг муҳими? Инсон хукукларидан кайси бири энг мухими?


Tasavvur qiling, Siz – Konstitutsiyaga kiritilishi lozim bo’lgan inson huquqlari to’g’risidagi bahs-munozara ishtirokchisisiz. Ushbu munozara ishtirokchilarining fikr-mulohazalarini baholang va xulosa chiqaring: qaysi huquqlar eng muhimlari?

1-topshiriq

Birinchi (qatnashchi): Men Konstitutsiyaga faqat shaxsiy va siyosiy huquqlar kiritilishi lozim deb hisoblayman. Bular – yashash huquqi, so’z, fikr, axborot erkinligi, vijdon, bir joydan ikkinchi joyga ko’chish erkinligidir. Biz hozircha mehnat qilish, bilim olish huquqi, hamma uchun turar joy kabi ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarni ta’minlashga qodir emasmiz. Agar biz bu huquqlarni qonun bilan mustahkamlab qo’yishga uringudek bo’lsak, unda hukumat fuqaroviy va siyosiy huquqlarga kerakli darajada e’tibor berolmaydi.

Ikkinchi: Men bu ta’kidni ma’qullamayman. Eng avvalo, iqtisodiy huquqlar ta’minlanishi lozim, deb hisoblayman. Kishilarning, basharti, ularning yeydigan hech vaqosi bo’lmasa, odamlarning ishi va turar joyi bo’lmasa, qanaqa siyosiy erkinliklar xususida so’z borishi mumkin?

Uchinchi: Bularning hammasi to’g’ri, ammo siz davlat hammani ish bi- lan ta’minlay oladi, deb hisoblaysizmi? Menimcha, buning imkoni yo’q.

To’rtinchi: Fikrimcha, iqtisodiy huquqlarni kafolatlash mushkuldir. Ammo hukumat kam ta’minlanganlarga (pensionerlar, mehnat layoqatini yo’qotganlar va hokazolarga) imtiyozlar berishga majburdir.

Beshinchi: Men har bir odam o’zi va o’z yaqinlari hayot kechirishi uchun zarur ehtiyojni davlatning yordamisiz ishlab topishi kerak, deb hisob- layman. Davlat esa bor kuch-g’ayratini atrof-muhit muhofazasiga qaratishi lozim.

Beshta guruhga bo’lining. Ushbu muhokamada qanchalik ko’p har xil qarash- lar va nuqtayi nazarlar bayon etildi? Qaysi fikr-mulohazalar, argumentlar Sizga ancha ishonarli tuyuldi? Nega? Ushbu muammoni hal etish yo’li borasida o’z fikringizni bildiring.

Bahs yuritish barcha huquqlar inson uchun nechog’liq muhim ekanligini, ular bir-biri bilan uzviy bog’liqligini, biri boshqasini qay yo’sinda to’ldirishini ko’rsatadi.

Haqiqatan ham, siyosiy huquqlarni ijtimoiy va iqtisodiy huquqlardan qanday ajratib olish mumkin? O’z navbatida, ijtimoiy va iqtisodiy huquqlar sog’lom muhitda yashash huquqisiz ma’no kasb etmaydi. Bu narsa butunlay tushunarli, negaki, ijtimoiy himoya qilinmagan inson o’zining siyosiy, iqtisodiy va boshqa huquqlarini ro’yobga chiqarishi ehtimoldan yiroqdir.

Shunday qilib, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarning bog’liqligi shundan iboratki, ijtimoiy farovonlik huquqi moddiy jihatga (nafaqa, pensiya) ega, insonning iqtisodiy huquqi esa bevosita yoki bilvosita, ayni paytda yoki vaqti kelganda, albatta, jamiyat hayotining ijtimoiy tomoniga ta’sir (ijo- biy yoki salbiy) ko’rsatadi.

2-topshiriq

Guruhlarda qoling. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mus- tahkamlab qo’yilgan fuqarolarning huquqlarini sanab o’ting. Inson ha- yoti va uning huquqlari himoyasini yetarli darajada ta’minlash uchun ularning zarurligini konkret misollarda asoslab bering.


Batafsil >> Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)

Previous article8-§. Inson va fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlari (amaliyot darsi)
Next articleMulkdor bo’lish, mehnat qilish, mehnat faoliyatini erkin tanlash va ishsizlikdan himoyalanish huquqlari