X, x va H, h harflari. Ayrim harflar izohi

0

Х, х  ва  Ҳ, ҳ ҳарфлари. Айрим ҳарфлар изоҳи.


1-topshiriq. Bahor, hokim, goh-goh so‘zlaridagi h harfining qanday tovushni ifodalashini ayting.

2-topshiriq. Xon, xor, hovuch, hol so‘zlaridagi x va h harflari ifodalagan tovushlarning talaffuzdagi farqini izohlang.


X, x harfi q, g‘ tovushlari bilan bir xil o‘rinda, tilning orqa qismida hosil bo‘ladigan undosh tovushni ifodalaydi.

H, h harfi esa bo‘g‘izda hosil bo‘ladigan undosh tovushni ifodalaydi.


417-mashq. O‘qing, x va h undoshlarining talaffuziga e’tibor bering.

Paxta, xatar, shox, no‘xat, taxta, baxt, shaxta, sinfxona, xil-xil.

Ogoh, harf, shoh, halol, havaskor, hayvonot, hayot, suhbat, hil-hil.

*418-mashq. Shox va shoh, uxlamoq va uhlamoq so‘zlarining ma’nosidagi farqni tushuntiring hamda ular ishtirokida gaplar tuzing.

419-mashq. Nuqtalar o‘rniga x yoki h harflaridan talab qilinganini qo‘yib, ko‘chiring.

1. Kechga borib, No‘…atpolvon o‘rnidan turib, u yoq-bu yoqqa pildirab yura boshlabdi. (Mirza Karim) 2. Ogo…lik – davr talabi. 3.Bolalarim, …alol va …aromning farqiga boringlar, – derdilar bobom. (Gazetadan) 4. Alifboda 26 ta …arf va 3 ta …arflar birikmasi bor. 5. Ro…at kelinoyi cho‘pchakka usta, ajoyib gapdon …otin. (Gazetadan)


Savol va topshiriqlar

  1. X, x va H, h harflari ifodalagan tovushlar talaffuzda qanday farq qilishini ayting.
  2. X, x va H, h harflarining birini ikkinchisi o‘rnida qo‘llaganda, ma’noga ta’sir qiladigan so‘zlarni keltiring.
Previous articleJ, j harfi va j, dj tovushlari. Ayrim harflar izohi
Next articleF, f undoshining talaffuzi va imlosi. Ayrim harflar izohi