Alisher Navoiy haqida malumot. Алишер Навоий ҳақида малумот. Алишер Навоий хакида малумот.

Alisher Navoiy (1441 – 1501)
Muhtaram o‘quvchi! Oldingi sinflarda siz buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, o‘zbek adabiy tilining asoschisi Alisher Navoiy tarjimayi holi, u yozgan o‘lmas asarlar, ulardan ba’zilarining mazmun-mohiyati, badiiy jozibasi bilan atroflicha tanishgan edingiz.
Yaxshi bilasizki, Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda temuriylar hukmronligida bo‘lgan Xuroson davlatining poytaxti Hirot shahrida saroy amirlaridan bo‘lmish G‘iyosiddin Kichkina xonadonida tavallud topdi. Kichik yoshidan ta’lim olib, maktabda o‘qib yurgan kezlari forsiy tildagi tasavvufiy adabiyotning asoschilaridan biri hisoblanmish Farididdin Attorning mashhur «Mantiq ut-tayr» («Qush nutqi») dostonini sevib, berilib o‘qidi. Ota-onasi mazkur asarga yoshlayin bu qadar mashg‘ul bo‘lib ketganidan qo‘rqib, kitobni undan olib, yashirishdi. «Biroq, – deydi oltmish yoshlarida shu dostonga javob tariqasida yozgan «Lison ut-tayr» («Qush tili») asarida shoir, – men «Mantiq uttayr» matnini to‘liq yodlab olgan edim…»
Siyosiy vaziyatlar taqozosi bilan Navoiylar oilasi Mashhad shah riga ko‘chib, bir necha yil o‘sha yerda yashaganidan ham xabardorsiz.
1466–1469-yillari yosh shoir Samarqand shahridagi madrasalarda ta’lim oldi. Davlat ishlarida xizmatda ham bo‘ldi, faol ijod ham qildi. 1469-yilning bahorida do‘sti temuriyzoda Husayn Boyqaro Hirot taxtini egallaganidan so‘ng shoirni yoniga chaqirdi.
Ulug‘ qalam sohibi bir necha yil Husayn Boyqaro saroyida oliy martabali lavozimlarda xizmatda bo‘ldi. U buyuk amallardan iste’foga chiqib, erkin ijodiy ishlar bilan mashg‘ul bo‘lgan kezlarida ham ijtimoiy-siyosiy faoliyatdan chetlashgan emas. Unga Husayn Boyqaro «Muqarrabi shohiy», ya’ni shohning eng yaqin kishisi martabasini bergan edi. Bu sharafli martabaning hukmdor oldidagi imtiyozi shu ediki, u podshohga bir masala yuzasidan ketma-ket yetti martagacha murojaat qilish huquqiga ega edi.
1483–1485-yillari shoirning eng buyuk asari – besh dostondan iborat «Xamsa» yaratildi.
Umrining so‘nggi o‘n yili mobaynida ham Navoiy juda ko‘p badiiy, ilmiy, tarixiy asarlar bunyod etdi.
Bu ulug‘ zot 1501-yilning 3-yanvari kuni Hirotda vafot etdi. O‘sha kuni butun mamlakat motam tutdi. Qabri – Hirot da. O‘zbekiston hukumati bobokalon shoirimiz qabrini obod qi lish rejasini tuzyapti. 1991-yilning 26-sentabr kuni mamlakatimiz poytaxtidagi O‘zbekiston milliy bog‘ida Alisher Navoiy ning ulug‘vor haykali qad rostladi. Xalqimiz vakillari, dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan mehmonlar shoir haykali poyiga guldasta-yu gulchambarlar qo‘yadi. Haykal ustida bino qilingan baland toq girdiga uning bir g‘azalidan olingan:
Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgaki, erur yorlig‘ ish, –
degan misralari yozib qo‘yilgan. U butun bashariyatga qarata aytilgan shior yanglig‘ jaranglaydi.
Zahiriddin Muhammad Bobur to‘g‘ri ta’kidlaganidek, tarixda hech kim turkiy tilda Navoiychalik «ko‘p va xo‘b (yaxshi)» asarlar yozgan emas.
Shoir butun turkiy adabiyotda eng katta lirik merosga ega qalamkash hisoblanadi.
Keyingi yillarda Tokio, Moskva va Boku shaharlarida ulug‘ o‘zbek shoiri haykali qad rostladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch» asarida Alisher Navoiy haqida shunday deyilgan: «Agar bu zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir».








