Amaliy mashg‘ulot (geografiya)

0

Amaliy mashg‘ulot (geografiya). Амалий машғулот (география).


Havoning sutkalik o‘rtacha haroratini aniqlash. Sizga ma’lumki, havo harorati sutka davomida termometr yordamida har 3 soatda, ya’ni 8 marta o‘lchanadi (22-§ ga qarang). Har uch soatda o‘lchangan natijalarini qo‘shib, 8 ga taqsim qilinsa, havoning sutkalik o‘rtacha harorati aniqlanadi.

Havo haroratining quyidagi o‘lchash natijalari asosida o‘rtacha sutkalik haroratni aniqlang: soat tungi 1 da +4 °C, soat 4 da +3 °C, soat ertalab 7 da +4 °C, soat 10 da +10 °C, kunduzi soat 13 da +15 °C, soat 16 da +16 °C, kechqurun soat 19 da +8 °C va kechasi soat 10 da +4 °C.

Havoning oylik o‘rtacha harorati va yillik amplitudasini aniqlash.

Buning uchun oy davomidagi sutkalik o‘rtacha haroratlarni qo‘shib, shu oydagi kunlar soniga bo‘linadi. Darslikning 53-rasmida Toshkent shahrida havoning yil davomidagi 12 oydagi o‘rtacha haroratlari tas- virlangan. Siz grafikdan 12 oyning har birida havoning o‘rtacha oylik harorati qancha daraja bo‘lganini aniqlang.

Shundan keyin eng issiq oy (iyul)dagi o‘rtacha havo haroratidan eng sovuq oy (yanvar)dagi o‘rtacha havo haroratini ayirib, havo haroratining yillik amplitudasi (farqi)ni topasiz.

Havo harorati va bosimining balandlikka bog‘liq holda o‘zgarishi. Darslikning 22-paragrafidagi ma’lumotlardan foydalanib, quyidagi masa- lalarni yeching:

  1. Yer yuzasidan har 100 metr balandlikka ko‘tarilganda havo bosimi 10 mm Hg ga pasayishini bilamiz. Toshkentda (dengiz sathidan balandligi 400 metr) havo bosimi 720 mm Hg ga teng bo‘lganda Qorjontov tog‘ida (o‘rtacha balandligi 2400 m) havo bosimi necha mm Hg ga teng bo‘ladi?
  2. Toshkentda havo harorati +35 °C bo‘lganda Nurota tog‘ida (o‘rtacha balandligi 1400 m) havo harorati necha daraja bo‘ladi (havo harorati har 1000 metr yuqoriga ko‘tarilganda 6 °C ga pasayadi)?
  3. B nuqtaning mutlaq balandligi 400 m, u yerdagi havo harorati +36 °C, havo bosimi 720 mm Hg bo‘lsa, undan 300 metr balandlikdagi C nuqtadagi havo bosimini; 2000 metr balandlikdagi D nuqtadagi havo haroratini; 3000 metr balandlikdagi havo bosimini aniqlang.
Previous articleHavo harorati va bosimi
Next articleKonstitutsiya olamiga sayohat