Quyosh — Yerga eng yaqin bo‘lgan qizib yotgan yulduz — olov shardir. U Quyosh sistemasining o‘rtasida joylashgan. Quyosh — Yerdagi yorug‘lik va issiqlik manbayi. Uning atrofida 8 ta sayyora aylanib turadi. Bular: Merkuriy, venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun sayyoralaridir (6-rasm). Sayyoralarning yulduzlardan farqi shuki, ular nur sochmaydi, Quyoshdan tushgan nurni qaytara- di xolos. Olimlar murakkab asboblar, har xil teleskoplar yordamida sayyoralar va ularning yo‘ldoshlari asosan bir xil moddalardan tu- zilganini aniqlashgan. Ular ham Yerda uchraydigan moddalardan tuzilgan ekan. Sayyoralarning yulduzlardan yana bir farqi shuki, ular osmondagi o‘z o‘rinlarini ancha o‘zgartirib turadi.
Oy — Yerning tabiiy yo‘ldoshi. Oy o‘zidan nur sochmaydi, Qu¬yoshdan tushgan nurni qaytaradi. Oy Yer atrofini deyarli bir oyda bir marta aylanib chiqadi. Yer, Quyosh va Oyning osmonda bir- biriga nisbatan joylashgan o‘rniga qarab u bizga har xil ko‘rinadi.

Bizga Oyning Quyosh nuri bilan yoritilgan qismigina ko‘rinadi. Agar diqqat bilan qarasangiz, yangi Oy o‘roq shaklida bo‘ladi. Endi eslab qoling: yangi Oy kechqurun Quyosh botganda g‘arb tomonda ko‘rinadi, eski, tugayotgan Oy esa erta tongda, Quyosh chiqmasdan sharq tomonda ko‘zga tashlanadi (7-rasm).

Agar Oy doira shaklida ko‘rinsa, to‘lin Oy deyiladi. Oyning 14—15-kunlari to‘lin Oy bo‘ladi. Oy tutilishi to‘lin Oy kuniga to‘g‘ri keladi. Oy, Yer, Quyosh osmonda bir chiziqqa to‘g‘ri kelib qolganda Oy tutiladi.
Quyosh va Oyning Yerni tortishi natijasida dengiz hamda okeanlarda davriy ravishda suv qalqishi, ya’ni suvning ko‘tarilib, pasayishi ro‘y beradi. Suvning ko‘tarilib qaytishi Quyosh tortishiga nisbatan Oy tortganda ikki baravar kuchli bo‘ladi. Odamlar osmon jismlarini kuzatish natijasida Oy va Quyosh taqvimlarini tuzishgan, quruqlik va okeanlarda turgan joylarini aniqlashgan.