Sa’diy Sheroziy

0

Sa’diy Sheroziy hayoti va ejodi. U kishining ismi sharifi Shayх muslihiddin Sa’diy Sheroziydir. «Shayх» deb ko‘proq so‘fiylar boshlig‘iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taхallusidan ma’lum bo‘lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan.

Sa’diy nomini dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G‘arbda ham bu shoirning e’tibori shuncha baland.

Sababi nimada? Sababi shundaki, u ajoyib g‘azallar yozdi. Bu g‘azallar hikmatli fikrlarga boy edi. Go‘zal o‘хshatishlarga, ta’sirli man zaralarga to‘la edi. Masalan:

Ey sarbon, ohista ron k-oromi jonam meravad, –

deb boshlanar edi bir g‘azali.

Tuya yetaklovchini, karvonboshini «sarbon» deydilar. Oshiq shoir unga qarata iltijo etmoqda:

Ey sarbon, ohista yur, oromijonim boradur,..

Ko‘z oldingizga keltiring. Bepoyon sahro, karvon ohista yo‘lga tushmoqda. Ilojsiz oshiq uning atrofida parvonadek aylanadi, karvonni qo‘yib yuborgisi kelmaydi. Chunki bu karvonda uning joni, jahoni ketib bormoqda. Forschadagi «sarbon – ohista ron, oromi jon» so‘zlaridagi ohangdoshlik – ichki qofiya shu bir satrning o‘zidayoq nolakor musiqa yaratadi. Ayni paytda, qalqib-qalqib bora yotgan tuyalar qatori, ular o‘rkachi ustida bir maromda tebranayotgan mahofalar (odam o‘tirib ketishga mo‘ljallangan, avtomobil kabinasini esga tushiruvchi moslama uychalar). Bir satrda shuncha ma’no, shuncha ohang, shuncha dard bor edi. Shuning uchun ham shoirni Eronda qanchalar sevsalar, Turkistonda ham shuncha sevadilar. Eron-u Turkistonni qo‘ying, fransuz Volter, ne-  mis Gyotelar ham o‘z asarlarida uning she’rlariga murojaat qilgan.

Ayniqsa, shoirning «Guliston» va «bo‘ston» nomli ikki asari uning nomini butun dunyoga tanitdi. Bu asarlar haqida gapirishdan oldin ikki og‘iz muallifning hayoti haqida ma’lumot beraylik. Chunki bu ikki asar uning o‘z ko‘rgan-kechirgan, eshitgan-bilgan voqealari asosida maydonga kelgan.

U Sherozda o‘ziga to‘q va ma’rifatli bir хonadonda o‘sib ulg‘aygan. Uzoq umr ko‘rgan. Tug‘ilgan yilini har хil (1184, 1189, 1203, 1210) ko‘rsatadilar. 1292-yilda vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko‘p rog‘i sayohatda o‘tgan. Afrikadan xitoygacha, hindistondan Faran gis tongacha kezib chiqqan. Musofirlikning, hatto asirlikning azob larini ko‘rgan. Bu sayohatlari davomida ko‘rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab «bo‘ston» (1257-yilda yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlariga iхcham hikoyalar qilib kiritgan.

«Bo‘ston»da shunday bir hikoyat keltiriladi: Shahar qozisi bir guruh olim-u fozillarni suhbatga chaqiradi. Qimmatbaho liboslarga burkangan kazo-kazolar «o‘tsinlar-o‘tsinlar» bilan to‘rdan joy oladilar. Poygakda eski to‘n kiygan bir darvesh qisinibgina o‘tirardi. Suhbat boshlanadi. Shariat va tariqatdan fiqh-u hadislarga o‘tadilar. Bahs, muhokama, munozara avj oladi. Bir masala ustida qattiq talashib qoladilar. O‘tirganlar baqir-chaqir qilishar, lekin hech biri ishonchli bir dalil bilan isbotlab bera olmasdi. Shunda o‘sha eski to‘n kiygan darvesh so‘z olib, masalani burro til, oydin dalil bilan isbot qilib beradi. Hamma hang-u mang bo‘lib qoladi. Qozi o‘rnidan turib, salla-to‘nini darveshga in’om etib, to‘rga taklif qiladi. Darvesh to‘nni ham, to‘rni ham rad etadi. Gap insonning salla-to‘nida emas, ilm-u donishda, agar kiyimda bo‘lsa edi, salla ilingan qoziq yoki to‘qim urilgan eshak eng e’tiborli bo‘lardi, deb qozining uyini tark etadi. «o‘sha darvesh men o‘zim edim», – deb tugatadi Sa’diy hikoyasini.

«Guliston» asarida esa biz shoir boshiga tushgan ajab savdolarga duch kelamiz.