Xristianlik Yo‘nalishlari (Turlicha xato)

0

Xristianlik Yo‘nalishlari (Turlicha xato). Христианлик Йўналишлари (Турлича хато).


1054-yilda xristianlik doirasida bo‘linish ro‘y berishi natijasida pravoslav (Sharqiy xristianlik) va katolik (G‘arbiy xristianlik) cherkovlari yuzaga keldi.


Turlicha xato qilish mumkin, ammo to‘g‘ri yo‘l esa bitta. Shu sababli ham to‘g‘ri yo‘ldan ko‘ra xato qilish oson; mo‘ljalga tegishdan ko‘ra tegmaslik o‘ng‘ay. Arastu


Tarixan xristianlikning sharqiy yo‘nalishi sifati da shakllangan pravoslavlik, asosan, Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq va Bolqon yarim oroli mamlakatlarida tarqalgan.

Pravoslavlik ta’limoti asoslarini Muqaddas kitob (Bibliya) va Muqaddas rivoyatlar tashkil etadi. Pravoslavlikda sirli marosimlar muhim o‘rin egallaydi. Cherkov ta’limotiga ko‘ra, ular davomida Xudo tomonidan alohida savoblar nozil bo‘ladi. Cherkov yetti sirli marosimning barchasini tan oladi. Buyuk bayramlar ichida Pasxa birinchi o‘rinni egallaydi.

Nikeya va Konstantinopolda o‘tkazilgan Butun Jahon Soborlarida qabul qilingan «E’tiqod timsolida» xristianlikning ta’limot asoslari 12 bandda belgilandi, bular:

1. Olamni yaratgan yagona Ota­Xudo — Muqaddas Uchlikning birinchi yuzi haqida;

2. O‘g‘il­Xudo, ya’ni Iso Masihga ishonish haqida;

3. Ilohiy mujassamlashuv, ya’ni Iso Xudo bo‘la turib, bokira Bibi Maryamdan tug‘ilgan va inson qiyofasiga kirganligi haqida;

4. Gunohlar kechirilishi — Isoning tortgan azoblari va o‘limi tufayli Xudo tomonidan insoniyatning barcha gunohlari kechirilishi haqida;

5. Isoning qayta tirilganligi haqida;

6. Isoning osmonga ko‘tarilishi haqida;

7. Isoning kelajakda ikkinchi marotaba yerga qaytishi haqida;

8. Muqaddas Ruhga ishonish haqida;

9. Cherkovga yagona, muqaddas, havoriylar (apostollar) cherkovi sifatida munosabatda bo‘lish haqida;

10. Cho‘qintirish sirli marosimining gunohlardan forig‘ qilishi haqida; 11. O‘lganlarning ommaviy tirilishi haqida;

12. Abadiy hayot haqida.

TARIXGA NAZAR

Katoliklik tarixida XI–XIII asrlardagi salb yurishlari, «Xudo tobuti» va Muqaddas Yerni, ya’ni Falastin hududini, «g‘ayridin»lardan ozod qilishga da’vatlar bo‘lgan. Din, e’tiqod bayrog‘i ostida sodir etilgan bu harakatlar aslida Papalar ta’sirini mustahkamlash va kengaytirish hamda boylik orttirish maqsadida uyushtirilgan.

Pravoslavlik cherkovi bayramlar va ro‘za tutishlarga katta ahamiyat beradi. Odatda, katta cherkov bayramlari arafasida ro‘za tutiladi. Uning mohiyati inson ruhining poklanishi va yangilanishi, diniy hayotdagi muhim hodisaga tayyorlanishdan iborat.


Batafsil >> Xristianlik ta’limoti. Xristianlik marosimlari

Previous articleXristianlik muqaddas manbalari va marosimlari
Next articleKatoliklik (Xristianlik) dini